Firmaning narxi - firmaning bozordagi joylashgan o’rni va uni riyojlanishi
istiqbollari ko’rsatkichi.
Evristika (grek. hevriskop- topaman) – nazariy tadqiqot va haqiqatni
izlashning uslubiy qoidalari haqidagi mantiqiy usullarning yig’indisi.
Evristik bashorat – kelajak modeli asosida qilingan va oddiy
ekstropolyatsiya uchun talab qilinadiganga qaraganda bilimlarning kattaroq
darajasi mavjudligini ko’zda tutuvchi bashorat.
Ekzogenli (grek. Exog - tashqaridan) o’zgaruvchan- xulqini ushbu model
asosida ta’riflash mumkin bo’lmagan o’zgaruvchan.
Eksklyuziy (fr. Exlisif – nimanidir chiqarib tashlovchi)- favqulodda
predmetlarning cheklangan darajasiga tarqaluvchi.
Ekstropolyatsiya (ekstro- lot. Polire- silliq qilish, bezash) –
1) hodisaning bir qismini kuzatishdan olingan xulosalarni boshqa qismiga
tarqatishdan iborat ilmiy tadqiqot usuli;
2) egri chiziqli tekis - uzluksiz borishi taklifidagi parametrlarini bo’lg’usi
miqdorlarini vaqtli bog’liqlikda baholash.
Eleminatsiyalash (lot. Eliminare - … dan haydash)- o’chirish, bartaraf etish,
chiqarib tashlash.
Empirik (grek. Empiria - tajriba) modeli- hodisalarni to’g’ridan to’g’ri
kuzatish yoki eksperimental ma’lumotlarni tahlil qilish yo’li bilan olingan
ma’lumotlar asosida nisbatlarni belgilash yo’li bilan oldindan aytib berish
mumkin bo’lgan xulqning modeli.
Endogenli (lot. grek. Endon –ichki ) o’zgaruvchan xulqning dinamikasi-
belgilangan model, paradigma yoki ko’rib chiqilayotgan fandan kelib chiqqan
holda to’liq tushuntirilish va bayon qilishning mumkin bo’lgan o’zgaruvchanlik.
Yangilik kiritish – innovatsiyaning xuddi o’zi.
G’oya – yangi loyihaning taklifi, u texnik-texnologik asoslanishdan keyin
innovatsiyaga aylanishi mumkin.