Pablik releyshnz (ing. public rlations ) – ommaviy axborotning barcha
vositalari (matbuot, radio, televidenie, Internet va boshqalar)ni keng jalb qilishga
ega reklama ishi shaklidan iborat mahsulot yoki innovatsiya sotuvchisi haqidagi
ijobiy jamoa fikrini shakllantirish bo’yicha faoliyat.
Paradigma (grek. paradigma – misol, namuna) – farazlar, kontseptsiyalar,
gipotezalar, modellar, nazariyalarning soddalashtirilgan majmuasi.
Partiya - o’yinni aniq amalga oshirilishini bildiruvchi o’yinning elementi,
belgilangan natijaga olib keluvchi qoidalarni amaliy qo’llanishi.
Proektsiya (lot. Proectio- oldinga tashlash) – kelajak haqida shartli bayon
qilish. Proektsiya odatda imkoniyatlarning qandaydir doirasini qamrab oluvchi bir
butun majmuadan bitta hodisaga nisbatan qilinadi.
Yolg’on innovatsiya – mahsulotdagi kichik, uning qurilmasini
o’zgartirmaydigan o’zgarishlar, shu jumladan rangi, dekaratsiyasidagi
o’zgarishlar.
Reproduktiy ishlab chiqarish – ko’paytirishga qodir ishlab chiqarish,
ya’ngi seriyali mahsulot ( tovar, xizmatlar)ni ommaviy ishlab chiqarish.
Retsipient (lot. recipientis (recipientis) qabul qiluvchi) – xo’jalik faoliyatiga
ushbu faoliyatni faollashtirish yoki yordam ko’rsatish uchun sarmoyalar
kiritiladigan korxona.
Retsipient (lot. recipientis (recipientis)- qabul qiluvchi) korxona – boshqa
xo’jalik yurituvchi sub’ekt, yakka tadbirkor yoki homiydan yordam oluvchi
korxona.
Selektiy (lot. Selektio- tanlov, tanlab olish) xatarlar – bu investitsion portfelni
shakllantirishda sarmoya kiritish, qimmatbaho qog’ozlar turlarini qimmat baho
qog’ozlarning boshqa turlariga nisbatan noto’g’ri tanlash xatarlari.
191
Sinektika - g’oyalarni kasb egalarining ixtisoslashgan guruhlari tomonidan
vujudga kelgan muammolarni har xil analogiyalar va assotsiatsiyalardan
foydalanish bilan hujum qilish yo’li bilan qidirib topish usuli.