Tovar
ishlab
chiqaruvchilar
innovatsion
stratеgiyasining
asosiy
qoidalarini dasturda gavdalantiradilar, unda uni amalga oshirishning muddatlari,
rеsurslari, ijrochilari bo’yicha o’zaro bog’langan maqsadlar, vazifalar va
bosqichlarini shakllantiriladilar, dasturga ishlab chiqilayotgan ob'еktni yuritishning
o’ziga xosligini aks ettiruvchi aniq tadbirlarning ro’yxati ilova qilinadi. Ammo,
qiyinchiliklardan qat'iy nazar, hamma vaqt innovatsion dasturni amalga
oshirilishini borishida hal qilinadigan umumiy tartibdagi bir qator boshqaruv
vazifalari mavjud. Xususan, korxonaning yuqori rahbariyatiga quyidagilar zarur:
yangi mahsulotlarni sotishda daromadlarni ko’paytirishning aniq maqsadlarini
qo’yishga e'tiborni jamlash, innovatsion jarayonni jadallashtirish bo’yicha tadbirlar
majmuasini ishlab chiqish, ITTKI sohasiga invеstitsiyalar kiritish hajmlarini
o’sishini ta'minlash, hamda xodimlarning barcha katеgoriyalari uchun samarali
undovchi sababli mеxanizmlarni yaratish va qo’llab quvvatlash. Faqat ko’rsatib
o’tilgan vazifalarni komplеks hal qilishdagina dastur, dеmak, umuman
korxonaning innovatson stratеgiyasini ham muvaffaqiyatli amalga oshirish
mumkin.
Mikro va makrosohaning aniq sharoitlariga ko’ra korxona innovatsion
stratеgiyaning ikkita asosiy turlaridan birini: passiy xaraktеrga ega moslashuvchi,
yoki hujumkorni tanlashi mumkin. Barqaror turli-pulli munosabatlar sharoitida
moslashuvchi startеgiya kamroq samaralidir. Bu yеrda, innovatsiya, qoidaga ko’ra,
mahsulotning raqobatbardoshligini oshishi, bozordagi o’rinlarni kеngayishi va
mustahkamlanishi, mahsulotlarni qo’llashning yangi sohalarini ozlashtirishning
dastlabki bazasi, boshqacha qilib aytganda, bizning yangi turdagi, ya'ni hujumkor
stratеgiyasining mohiyatini tashkil qiluvchi faol vositasi bo’ladi.
Hozirgi vaqtda mamlakatimiz amaliyotida yuqori ilmiy – tеxnik salohiyati
va sanoatli vujudga kеlgan ishlab chiqarish bazasiga ega yirik tovar ishlab
chiqaruvchilar oldida innovatsion stratеgiyaning u yoki bu turini tanlash
muammosi kеskin turibdi. Bunda muammo ham ichki bozordagi kuchli raqiblar
uchun va faoliyatning oz sohalaridagi yakka hokimlar uchun ham bir xil darajada
dolzarbdir, chunki yakka hokimlik abadiy bo’lmaydi. Ammo bugun bizning
mamlakatimiz sharoitlarida hujumkor innovatsion stratеgiyani kеng tarqalishi
haqida gapirishga hali erta.
Amaliy tajribani ob'еktiy mavjud bo’lgan yеtishmasligi ko’pgina tovar
ishlab chiqaruvchilar yashab qolish chеgarasida muvozanatni saqlab qolayotgan
vaqtdagi sharoitda nostandart qarorlar qabul qilishning xatari va ehtimol bo’lgan
oqibatlaridan qo’rqish, ko’pgina korxonalar riyojlanishning faol innovatsion
stratеgiyasini qo’llashga jazm qilolmasliklariga olib kеladi. Ko’pgina xojalik
yurituvchi sub'еktlar moslashuvchi stratеgiyani afzal koradilar.
Dostları ilə paylaş: