Multimedia vositalari-
bu apparat va dasturlar to‘plami bo‘lib, u
insonga o‘zi uchun tabiiy bo‘lgan turli-tuman muhitlarni: tovush, video,
grafika, matnlar, animatsiya va boshqalarni ishlatgan holda kompyuter
bilan muloqot qilish imkonini beradi.
Tasvirlarni yaratuvchi va ular bilan ishlovchi vositalar, raqamli
fotoapparat
Kanerlar
222
Tasvirlarni ko‘rish va ular bilan ishlash uchun mo‘ljallangan
dasturiy vositalarga Adobe Photoshop, Corel Photo-Paint, Paint Shop
Pro, Microsoft Picture It!, Visualizer Photo Studio, Pixel image editor,
PixBuilder Photo Editor, Fo2Pix ArtMaster lar kiradi.
Ovoz yozish va ovoz tahrirlash vositalari.
Ovozli fayllarni
kompakt diskka yozish, multimedia taqdimotlarini tayyorlash,
videokonferensiyalarni o‘tkazish, o‘yinlar o‘ynash, audio CD larni
eshitish uchun ovoz platasi yoki audioadapter (audio – bu «ovoz»,
adapter esa -manbadagi ma’lumotni kompyuterga o‘tkazuvchi texnik
qurilma) deb nomlanuvchi karta zarur bo‘ladi. Ushbu tovushni qayta
ishlovchi tovush platasi, tovush chiqarish vositasi, akustik tizimlar yoki
yakka tinglagichlar hamda audio ma’lumotlarni kiritish uchun xizmat
qiladigan mikrofon, ovozli kompakt-disk proigrыvatellari, ovoz
kolonkalari va b. qurilmalarga ulanadi. Tovush platasiga, shuningdek
magnitofon, elektr musiqa asboblari kabi audio komplektlar ham
ulanishi mumkin.
Audio adapter va uning bosh plataga ulanishi
Video yozish va video tahrirlash vositalari.
Video bilan
to‘laqonli ishlash uchun video ma’lumotni kompyuterga mos shaklga va
asliga qaytaruvchi moslama videokarta zarur. Unga videokamera,
videomagnitofon va televizor kabi moslamalar ulanishi mumkin.
Aksariat hollarda video elementlarni monitorda ifodalay olish etarli
223
bo‘ladi. SHunday masalani hal etish uchun har qanday zamonaviy
kompyuterda mavjud bo‘lgan video adapter va monitor etarlidir.
Video adapter va uning bosh plataga ulanishi
Dostları ilə paylaş: |