254
rivojlanayotgan kompyuterlashtirish va avtomatlashtirish sohalari
Internet tarmogʻining aloqa funksiyasidan keng foydalanishga imkon
beradi. Internetga ulangan abonent uydagi yoki ishxonadagi kompyuter
orqali, aytaylik, AQSH, Avstraliya yoki Afrikadagi kompyuterlarga
kiritilgan xilma-xil mavzudagi maʼlumotlarni matn,
surat yoki
videotasvir koʻrinishida olishi mumkin. Bu maʼlumotlar Internet
tizimiga oldindan kiritiladi. Dunyoning turli chekkalarida joylashgan
maxsus ixtisoslashgan kompaniyalar qidiruvni tezlashtirishga yordam
beradi. Ular "qidiruv dvigateli" deb ataladi, maʼlumotlarning
mundarijasini maʼlumotnoma (spravochnik) kabi saqlaydi va oʻsha
maʼlumotlar joylashgan "Internet adresi"ni abonentga beradi. Mazkur
adres boʻyicha maʼlumotlar "Internet varaqchalari" da saqlanadi.
Abonent biror maʼlumotni, mas, "paxta" soʻzini qidiruv dvigateli orqali
qidirsa, shu soʻzga tegishli maʼlumotlarni, paxta bilan ish olib boradigan
kompaniyalar roʻyxatini yoki jahon birjasida paxtaning narxini abonent
kompyuterida chiqarib beradi. Internet varakchalari
shaxsiy va rasmiy
boʻlishi mumkin. Shaxsiy varaqchalar alohida shaxslar tomonidan
tuziladi va shu shaxslar haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Rasmiy
varaqchalar idoralar, tashkilotlar, kompaniyalarga tegishli boʻladi,
ularda hukumat idoralariga doir maʼlumotlar saqlanadi. Internet orqali
savdo-sotiq ishlari, kom-paniyalar xizmatlarini yoki mahsulotlarni
reklama qilishni keng yoʻlga qoʻyish, Internet
varaqchalarida suratlar
bilan berilgan mahsulotlarni harid qilish mumkin.
Xalqaro Internet tizimida Oʻzbekiston haqida ham maʼlumotlar
bor. Rasmiy varaqchalardan Oʻzbekiston hukumati varaqchalari,
Oʻzbekistonning AQSH dagi elchixonasi varaqchalari va b. koʻplab
rasmiy varaqchalar mavjud. Ularda Oʻzbekiston Respublikasiga tegishli
deyarli barcha maʼlumotlar bor. Bulardan tashqari, Oʻzbekistonga
taalluqli shaxsiy varaqchalar ham mavjud: "Umid" varaqchasi, oʻzbek
estradasi haqidagi varaqcha va boshqa 2000 yil fevral oyidan boshlab
Internet efiriga Oʻzbekiston televideniyesi (Oʻz TV)ning "Axborot"
dasturi chiqa boshladi, Oʻz TV sayti tuzilgan va takomillashtirilmoqda.
Informatsiya resurelariga oid koʻp masalalarni respublikadagi yirik
kutubxonalar shu sohadagi Internet tarmogʻi koʻlamiga suyangan holda
hal qiladi. Mas,
Tibbiyot kutubxonasi, Respublika ilmiy-texnika
kutubxonasi, Oʻzbekiston fanlar akademiyasining Asosiy kutubxonasi
va boshqa.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Internet"ning
xalqaro axborot tizimlariga kirib borishni taʼminlash dasturini ishlab
255
chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori (2001)
Oʻzbekistonning bu borada xalqaro miqyosda oʻz mavqeiga ega
boʻlishiga xizmat qiladi. Oʻzbekistonda maʼlumotlarni uzatish milliy
tarmogʻi OʻzPAK Davlat kompaniyasi va OʻzNET tarmogʻidan iborat.
Internetdan
foydalanuvchilar soni, mas, AQSH da 55 mln.,
Xitoyda 55 mln., Yaponiyada 8 mln.dan oshib ketdi. Keyingi oʻrinlarni
Angliya, Kanada, Germaniya davlatlari egallagan, RF millionli
chegarani egallamoqda. Oʻzbekistonning deyarli barcha hududlarida
xalqaro Internet tarmogʻiga ulanish Oʻz PAK Davlat kompaniyasining
xalqaro kanallari orqali taʼminlanadi. Respublikada 50 ga yaqin Internet-
provayder
roʻyxatga
olingan.
Oʻzbekistonda
Internetdan
foydalanuvchilar
soni
300000
dan
ortiq.
Internet
tizimida
Oʻzbekistonning 500 dan ortiq sayti faoliyat koʻrsatmoqda .
Dostları ilə paylaş: