168
dastur sarlavha satri ustiga sichqoncha ko`rsatkichini
keltirib, chap
tugmani bosib turgan holda dastur oynasini siljitish mumkin. Dastur
oynasini yopish uchun yuqori o`ng burchakdagi X harfi ko`rinishidagi
tugma bosiladi (Alt+F4 kombinatsiyasi ham shu vazifani bajaradi).
Bundan tashqari Excel dasturida chiqish
uchun dastur yuqori chap
tomonida joylashgan Office bosh menyusini tanlab(
), uning eng
pastki qismidagi Выходиз Excel buyrug`i tanlanadi.
Exceldan tezkor
chiqish uchun shu tugmada sichqoncha chap tugmasini ikki marta tez
bosish ham yetarlidir.
Sichqoncha va klaviatura yordamida harakatlanish.
Sichqoncha qurilmasi Excel dasturida
ishlash uchun asosiy
vositalardan biri bo`lib, uning yordamida turli buyruqlarni berish amali
qulay tarzda bajariladi. Quyida sichqoncha
qurilmasi imkoniyatlarini
izohlab chiqaylik:
Chertish:
Sichqoncha chap tugmasini bir marta bosish.
Qo`sh chertish:
Sichqoncha chap tugmasini ikki marta tezlik bilan
bosish. Ba`zida bu amalni bajarish uchun shug`ullanish kerak bo`ladi.
Olib o`tish:
Biror ob`yekt ustida sichqoncha chap tugmasini bosib
turgan holda sichqoncha ko`rsatkichi kerakli joyga olib boriladi hamda
bu amalni tugatish uchun qo`yib yuboriladi.
Dostları ilə paylaş: