6
ketma-ket vazifalar:
texnik jihozlar, didaktik vositalarni yaratish, yangi
o‘quv texnologiyalarini ishlab chiqish va hokazolarni nazarda tutadi.
Darhaqiqat, XXI asrda axborot texnologiyalariga
oid bilimlarga
ega bo‘lmay turib hayotiy zarur ko‘nikma va malakalarni shakllantirib
bo‘lmaydi. Shunga muvofiq zamonaviy ta’limning maqsad va vazifalari
ham o‘zgarib, shaxsga yo‘naltirilgan ta’limustuvorlik kasb etmoqda.
Bunday yondashuv asosida o‘quvchi shaxsining to‘la rivojlanishi, tez
o‘zgaruvchan hayotga har tomonlama tayyor bo‘lishini ta’minlash,
mustaqil bilim olish ko‘nikmalari, ijodiy
fikrlash qobiliyatini
rivojlantirish, ulkan axborot makonida informatsiyani tanqidiy nuqtai
nazaridan to‘g‘ri izlash, tanlash, mauammolarni nafaqat ko‘ra bilish,
balki ularni ifodalash va hal eta olish layoqatini shakllantirish kabi
vazifalar mujassamdir. Bunday talab darajasidagi yosh avlodni kamolga
yetkazish uchun pedagoglar nafaqat faoliyatni osonlashtiruvchi dasturiy-
texnik vositalarni o‘zlashtirishi va amalda qo‘llashi,
balki fanga oid
intellektual va ijodiy masalalarni hal eta oladigan dasturlardan foydalana
olishi ham zarur.
Dostları ilə paylaş: