5.
|
Namangan va Toshkent viloyatlarida mobil laboratoriyalar tarmog‘ini tashkil etib, tuproqdagi mavjud foydali va zararli moddalarni aniqlash asosida qishloq xo‘jaligi ekinlarining agrokimyoviy xaritalarini ishlab chiqish.
|
1. Namangan va Toshkent viloyatlarida mobil laboratoriyalar tarmog‘ini tashkil etish.
|
2021-yil 1-dekabr
|
Ilmiy loyihalarga ajratilgan davlat budjeti mablag‘lari, mahalliy budjet mablag‘lari
|
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Namangan viloyati hokimligi,
Toshkent viloyati hokimligi
|
2. Mobil laboratoriyalar va qishloq xo‘jaligi korxonalari hamkorligida ekin yerlari tuprog‘ida mavjud foydali va zararli moddalar darajasini baholash ishlarini tashkil etish.
|
2022-yil 1-fevral
|
3. Mobil laboratoriyalarda agrokimyoviy xaritalarni ishlab chiqish va ular asosida tavsiyalar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish.
|
2022-yil 1-mart
|
6.
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan, Farg‘ona, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida tanlab olingan pilot yer maydonlarida tuproqlarning sog‘lomlik darajasini baholovchi tuproq-ekologik xaritalarini ishlab chiqish.
|
1. Tuproqning sog‘lomlik darajasini baholovchi indekslarni va uslubiy ko‘rsatmani ishlab chiqish.
|
2021-yil 1-sentabr
|
Ilmiy loyihalarga ajratilgan davlat budjeti mablag‘lari, mahalliy budjet mablag‘lari
|
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
Namangan, Farg‘ona, Surxondaryo va Toshkent viloyati hokimliklari
|
2. Tuproqning sog‘lomlik darajasini baholovchi indekslar asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan, Farg‘ona, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida tanlab olingan pilot yer maydonlarida dala tadqiqotlarini o‘tkazish va tuproq-ekologik xaritalarini ishlab chiqish.
|
2021-yil 1-dekabr
|
7.
|
Ishlab chiqilgan agrokimyoviy va tuproq-ekologik xaritalari asosida tanlab olingan pilot yer maydonlarida asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlarini sinovdan o‘tkazish.
|
1. Asosiy qishloq xo‘jaligi ekin turlarini aniqlab olish va ekilishini ta’minlash.
|
2022-yil 1-aprel
|
Ilmiy loyihalarga ajratilgan davlat budjeti mablag‘lari
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti
|
2. Vegetatsiya davrida har bir ekin turi bo‘yicha fenologik kuzatuvlarni olib borish, tuproq tarkibidagi zaharli elementlarni o‘simlik vegetativ organlariga va hosiliga ta’sirini o‘rganish.
|
2022-yil 1-oktabr
|
3. Olingan yakuniy ma’lumotlar asosida zaharli elementlarning tuproqqa, asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlariga va hosiliga salbiy ta’sirlari va tuproqni sog‘lomlashtirish tadbirlari yuzasidan uslubiy qo‘llanma ishlab chiqish.
|
2022-yil 1-dekabr
|
8.
|
Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani tuproqlarida agrokimyoviy xaritalar asosida tuproq resurslarini kompleks monitoring qilish va boshqarish tizimining informatsion ta’minotini ishlab chiqish.
|
1. Sun’iy intellekt va katta ma’lumotlar texnologiyalari asosida tahlil qilishning mavjud uslublarini o‘rganish va yangi mos uslublar ishlab chiqish hamda raqamli tuproqshunoslik asoslarini shakllantirish.
|
2021-yil 1-dekabr
|
Ilmiy loyihalarga ajratilgan davlat budjeti mablag‘lari
|
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
|
2. Mirzaobod tumani tuproqlarini kompleks tahlil qilish asosida tuproq holati ma’lumotlari bazasini shakllantirish.
|
2022-yil 1-iyul
|
3. Sun’iy intellekt texnologiyalarida katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish uslublaridan foydalangan holda tuproq holati, uning unumdorlik ko‘rsatkichlari hamda mazkur ko‘rsatkichlarning o‘zaro funksional bog‘lanishi asosida intellektual modellar ishlab chiqish.
|
2022-yil 1-sentabr
|
4. Ishlab chiqilgan modellar asosida tuproq resurslarini tezkor, aniq va samarali tahlil qilish, baholash, monitoring qilish hamda boshqarish yuzasidan ilmiy asoslangan tavsiyalar beruvchi interaktiv tizimni ishlab chiqish va joriy qilish.
|
2022-yil 1-dekabr
|
9.
|
Buxoro viloyati Buxoro tumanida geoaxborot tizimi texnologiyalari yordamida tuproqlar degradatsiyasini baholash va xaritalash.
|
1. Tuproqlar degradatsiyasini baholash uchun zarur indikatorlar tizimini ishlab chiqish.
|
2021-yil 1-may
|
FAO grant mablag‘lari, Ilmiy loyihalarga ajratilgan davlat budjeti mablag‘lari
|
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti,
Buxoro viloyati hokimligi
|
2. Buxoro tumani misolida tuproqlar degradatsiyasi holatini tahlil qilish va tanlab olingan degradatsiya indikatorlari asosida baholash.
|
2021-yil 1-oktabr
|
3. Geoaxborot tizimi texnologiyalaridan foydalangan holda pilot yer maydoni degradatsiyasi holatining 3D agrokimyoviy va tuproq ekologik xaritalarini ishlab chiqish.
|
2021-yil 1-dekabr
|
10.
|
Farg‘onaviloyatiFurqat tumanidagi pilot yer maydonlar misolida sug‘oriladigan sho‘rlangan qishloq xo‘jaligi yerlarining tezkor ma’lumotlari va ularni qayta ishlashga yo‘naltirilgan “Sho‘rlangan tuproq” mobil ilova yaratish
|
1. “Sho‘rlangan tuproq” mobil ilovasini yaratish maqsadida Farg‘ona viloyati Furqat tumanidan yer maydoni tanlash hamda dala tuproq tadqiqotlarini bajarish.
|
2022-yil 1-aprel
|
Ilmiy loyihalarga ajratilgan davlat budjeti mablag‘lari
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot instituti,
Farg‘ona viloyati hokimligi
|
2. Laboratoriya va kameral sharoitda tanlangan yer maydoni tuproqlarining umumiy holati bo‘yicha ma’lumotlarni olish.
|
2022-yil 1-avgust
|
3. Pilot yer maydoni tuproqlarining mexanik tarkibi, sho‘rlanish darajasi va tiplari, umumiy va zaharli tuzlar miqdori, tuproq muhitining ma’lumotlari bazasini yaratish.
|
2022-yil 1-noyabr
|
4. Sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlari sho‘rlangan maydonlarining geoserver xaritasidan foydalangan holda mobil ilovasini yaratish.
|
2022-yil 1-dekabr
|
5. Mobil ilovaga yerdan foydalanuvchilarning joylashgan o‘rnini aniqlash imkonini beruvchi “geolokatsiya” funksiyasini kiritish.
|
2022-yil 1-dekabr
|
6. Yerdan foydalanuvchilar uchun sho‘rlangan yerlardan samarali foydalanish tadbirlarini keng tatbiq qilish mavzularida ilmiy-amaliy roliklar tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida yoritish.
|
2022-yil 1-dekabr
|
|