O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti kadrlarni innovatsion boshqarish


V. Chorvachilikni rivojlantirish sohasida



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə105/106
tarix20.11.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#165243
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106
Samarqand davlat universiteti kadrlarni innovatsion boshqarish-fayllar.org

V. Chorvachilikni rivojlantirish sohasida

19.

Jaydari “merinos” zotli qo‘y va “angor” zotli echkilarning sermahsul genotiplarini yaratish, go‘shtdor va jundor qo‘ylarning genofondini saqlash va ko‘paytirish.

1. Loyihani amalga oshirish uchun asosiy materiallar, shu jumladan, seleksiya va genetika amallari uchun zarur uskuna va jihozlarni xarid qilish.


2021-yil 1-oktabr


Ilmiy loyihalarga ajratilgan davlat budjeti, Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamg‘armasi, mahalliy budjet mablag‘lari


Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,


Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Toshkent viloyati hokimligi

2. Toshkent viloyati Ohangaron tumanida go‘shtdor va jundor qo‘ylarning genofondini tahlil qilish asosida jaydari zotli qo‘y va “angor” zotli echkilarning sermahsul genotiplarini yaratishning seleksiya usullarini ishlab chiqish.


2022-yil 1-aprel


3. Reproduktiv funksiya va hayotiylik darajasining pasayishi, anomaliyalar tarqalishining sabablarini tahlil qilish orqali ularning oldini olishning ilmiy asoslangan tizimini ishlab chiqish.


2022-yil 1-avgust


4. Go‘shtdor va jundor (“merinos”) qo‘ylarning sonini 25 ming boshga, iqtisodiy samaradorligini 32 foizga, sof jun miqdorini 65tonna/yil, go‘sht va sut mahsuldorligini 30 — 32 foizga oshirish.


2022-yil 1-oktabr


5. Jaydari zotli qo‘y va “angor” zotli echkining molekulyar genetik�si laboratoriyasini yaratish, qishloq xo‘jaligi hayvonlarida molekulyar genetik va tsitogenetik tadqiqotlar boshlash va shu asosda hayvonlarning genetik monitoringini yo‘lga qo‘yish.


2022-yil 1-iyul


20.

Sut mahsulotlarini ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda innovatsion yashil gidroponika ozuqasini yetishtirishni tashkil qilish.

1. Loyihani amalga oshirish uchun asosiy materiallarni xarid qilish.


2021-yil 1-sentabr


Ilmiy loyihalarga ajratilgan davlat budjeti mablag‘lari, loyiha tashabbuskorlari mablag‘lar


Innovatsion rivojlanish vazirligi,


loyiha tashabbuskori

2. Qurilish-montaj ishlarini tashkillashtirish.


2021-yil 1-sentabr


3. Innovatsion yashil gidroponika uskunasini sertifikatsiyadan o‘tkazish.


2022-yil 1-fevral


4. Innovatsion yashil gidroponika ozuqasini yetishtirish.


2022-yil 1-may


21.

Yuqori oqsilli va kompakt ko‘rinishdagi silos tayyorlash texnologiyasini joriy qilish.

1. Loyihani amalga oshirish uchun asosiy materiallar, shu jumladan ozuqa-em tayyorlash uchun zarur uskunalar hamda materiallar xarid qilish.


2021-yil 1-noyabr


Ilmiy loyihalarga ajratilgan davlat budjeti mablag‘lari, loyiha tashabbuskorlari mablag‘lari


Innovatsion rivojlanish vazirligi,


loyiha tashabbuskorlari

2. Ozuqa ekini yetishtiriladigan yer maydonlarini tayyorlash.


2021-yil 1-noyabr


3. Amarant, makkajo‘xori va vigna o‘simliklari ekishni tashkillashtirish.


2022-yil 1-aprel


4. Amarant, makkajo‘xori va vigna o‘simliklari birlashmasidan granulalangan yem-ozuqa tayyorlashni yo‘lga qo‘yish. Bunda yangi silosning an’anaviy silosga nisbatan ozuqa miqdori kamida 8-marta va hajmi 3-marta yuqori bo‘lishiga erishish.


2022-yil 1-noyabr


5. Yangi ishlab chiqarilgan ozuqani belgilangan tartibda sertifikatsiyadan o‘tkazish.


2022-yil 1-dekabr


22.

Turli tuproq-iqlim sharoitlarida kasalliklar va zararkunandalarga chidamli ozuqabop lavlagining “O‘zbekiston-85” navi birlamchi urug‘chiligini tashkil qilish.

1. Loyihani amalga oshirish uchun asosiy materiallar va zarur uskunalarni xarid qilish.


2021-yil 1-oktabr


Ilmiy loyihalarga ajratilgan davlat budjeti mablag‘lari, loyiha tashabbuskorlari mablag‘lari


Innovatsion rivojlanish vazirligi,


loyiha tashabbuskorlari

2. Ozuqabop lavlagining “O‘zbekiston-85” navi ekiladigan yer maydonlarini tayyorlash.


2021-yil 1-noyabr


3. Ozuqabop lavlagining “O‘zbekiston-85” navini Ohangaron tumanida ekishni tashkillashtirish. Bunda ildizmeva hosildorligini 900 ts/ga (amalda 500 ts/ga), undagi qand miqdorining 9 foizga hamda sut mahsuldorligini 15 foizga oshirishni ta’minlash.


2022-yil 1-aprel


4. Onalik ko‘chatzorlarda 25 tonna ildizmevalar va urug‘lik ko‘chatzorlaridan 2 tonna urug‘lik tayyorlanishini yo‘lga qo‘yish.


2022-yil 1-noyabr


5. Chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarini elita urug‘lik materiallari bilan ta’minlashni yo‘lga qo‘yish.


2022-yil 1-dekabr


23.

Qashqarbedani boshoqli ekinlar bilan aralash holda yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish.

1. Loyihani amalga oshirish uchun asosiy materiallar va zarur uskunalarni xarid qilish.


2021-yil 1-oktabr


Ilmiy loyihalarga ajratilgan davlat budjeti mablag‘lari, loyiha tashabbuskorlari mablag‘lari


Innovatsion rivojlanish vazirligi,


loyiha tashabbuskorlari

2. Qashqarbeda ozuqa ekinini “Oqjo‘xori-8” bilan “qo‘sh ekin” texnologiyasi asosida ekiladigan yer maydonlarini tayyorlash.


2021-yil 1-noyabr


3. Qashqarbeda va “Oqjo‘xori-8” ozuqa o‘simliklarini ekishni tashkillashtirish. Bunda hosildorlikni 430 ts/ga (amalda 200 ts/ga) yetkazish.


2022-yil 1-aprel


4. Qashqarbeda o‘simligi hosilidan 62 tonna elita urug‘ tayyorlash.


2022-yil 1-noyabr


5. Yangi ishlab chiqarilgan ozuqani belgilangan tartibda sertifikatsiyadan o‘tkazish.


2022-yil 1-dekabr


24.

Ozuqabop o‘simliklar yetishtirish va qayta ishlash asosida yem-ozuqa ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish.

1. Loyihani amalga oshirish uchun asosiy materiallar va zarur uskunalarni, shu jumladan granulalashtiradigan uskunalarni xarid qilish.


2021-yil 1-oktabr


Ilmiy loyihalarga ajratilgan davlat budjeti, loyiha tashabbuskorlari mablag‘lari


Innovatsion rivojlanish vazirligi,


loyiha tashabbuskorlari

2. 25 turdagi ozuqabop ekinlar yetishtiriladigan yer maydonlarini har bir o‘simlik xususiyati asosida tayyorlash.


2021-yil 1-noyabr


3. Yer tuproq-iqlim sharoitini inobatga olib, ozuqa ekinlarini ekishni tashkillashtirish. Bunda hosildorlikni 30 tonna/ga (amalda 15 tonna/ga) yetkazish agrotexnik choralarini ko‘rish.


2022-yil 1-aprel


4. 25 turdagi ozuqabop ekinlar hosilidan chorvachilik uchun oqsilga boy granulalangan tayyor mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish.


2022-yil 1-noyabr


5. Yangi ishlab chiqarilgan ozuqa mahsulotlarini belgilangan tartibda sertifikatsiyadan o‘tkazish.


2022-yil 1-dekabr


25.

O‘zbekistonning yagona milliy qoramol zoti — “Bushuyev” zotli qoramollarning genetik pasportini yaratish, uning mahsuldorlik va pushtdorlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash.

1. Turli genotipdagi “Bushuyev” zotli qoramollardan qon namunalarini olish va ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish.


2021-yil 1-avgust


Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga ajratilgan mablag‘lar


Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,


Innovatsion rivojlanish vazirligi

2. “Bushuyev” zotli qoramollarning qon oqsil polimorf tizimlarini o‘rganish va tahlil etish orqali zotning molekulyar panelini ishlab chiqish hamda genetik pasportini yaratish.


2022-yil 10-avgust


3. Turli genotipdagi “Bushuyev” zotli qoramollarning mahsuldorlik ko‘rsatkichlari ular qon, oqsil, polimorf tizimlariga bog‘liq ravishda o‘rganish orqali genetik markyerlar asosida zotning mahsuldorlik va pushtdorlik ko‘rsatkichlarini aniqlash.


2022-yil 15-sentabr


4. Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida “Bushuyev” zotli qoramollarni aholi xonadonlarida ko‘paytirish, uning mahsuldorlik va pushtdorlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha tadqiqotlarni amalga oshirish.


2022-yil 1-dekabr







Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin