Moliyalashtirish manbalari
| |
Mas’ul ijrochilar
| |
I. Biotexnologiyalarni rivojlantirish sohasida
|
1.
|
Biotexnologik yo‘l bilan O‘zbekiston sharoitida koronavirus infeksiyasiga qarshi mahalliy vaksina yaratish.
|
1. Biotexnologik yo‘l bilan koronavirus infeksiyasiga qarshi yangi avlod vaksinalarini yaratishga yo‘naltirilgan texnologiyalarni ishlab chiqish uchun ilmiy izlanishlarni olib borish.
|
2021-yil 1-iyul
|
Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga ajratilgan mablag‘lar, ijrochilar mablag‘lari, davlat budjeti mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlar
|
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Fanlar akademiyasi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Genomika va bioinformatika markazi,
O‘simlik moddalari kimyosi instituti,
Mikrobiologiya instituti,
Bioorganik kimyo instituti,
Immunologiya va inson genomikasi instituti,
Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti,
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi
|
2. Vaksinalarning laboratoriya sharoitida tajriba namunalarini ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish, vaksina samaradorligi va xavfsizligini aniqlash bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish.
|
2021-yil 15-sentabr
|
3. Yaratilgan vaksinalarning tajriba namunalarini ishlab chiqish va ilmiy-texnikaviy hujjatlarni shakllantirish.
|
2021-yil 1-dekabr
|
4. Yaratilgan vaksinal�rning klinik sinovlarini o‘tkazish.
|
2022-yil 1-dekabr
|
5. Biotexnologik yo‘l bilan yaratilgan mahalliy vaksinalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish.
|
2022-yil 1-mart
|
2.
|
Yuqumli kasalliklarni aniqlash uchun yangi tashxislash test-tizimlari — gepatit V virusi DNKsini aniqlash uchun sezuvchanligi 99 foizdan kam bo‘lmagan PZR diagnostikum ishlab chiqish.
|
1. Gepatit V virusi genomining genetik strukturasini tahlil qilish, PZR tahlilini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan sintezlangan va tozalangan praymer hamda fluoresent zondlarning eritmalarini tayyorlash.
|
2021-yil 1-sentabr
|
Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga ajratilgan mablag‘lar
|
Fanlar akademiyasi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
O‘simlik moddalari kimyosi instituti
|
2. Gepatit V virusining DNKsi PZR tahlilini laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazish va natijalariga ko‘ra gepatit V virusining DNKga nisbatan yuqori aniqlik va sezuvchanlikka ega bo‘lgan praymyerlar va fluoresent zondlarini tanlab olish.
|
2022-yil 1-mart
|
3. Ishlab chiqilgan diagnostikumni tibbiyot muassasalarida klinik sinovlardan o‘tkazish va uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun texnik hujjatlarni tayyorlash.
|
2022-yil 10-avgust
|
4. Sezuvchanligi 99 foizdan kam bo‘lmagan va 100 foiz o‘ziga xoslikka ega PZR diagnostikumini ishlab chiqish, uni PZR tahlillari yordamida klinik namunalarda gepatit V virusi DNKsini aniqlash uchun qo‘llash.
|
2022-yil 15-sentabr
|
5. Diagnostikumni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.
|
2022-yil 15-noyabr
|
3.
|
Zamonaviy post-genomik texnologiyalar asosida o‘simliklarning yangi genotiplari — makkajo‘xorining qurg‘oqchilikka, sho‘rxoklikka va sovuqqa bardoshligi yangi navlarini yaratish.
|
1. Qishloq xo‘jaligi ekinlarida qurg‘oqchilikka aloqador nomzod genlar ro‘yxatini tuzish. NCBI, Ensemble Plants databazalaridan nomzod genning makkajo‘xoridagi ortologini izlab topish. Vektor konstruksiya tayyorlashda foydalaniladigan oraliq vektorlarni ko‘paytirib olish.
|
2021-yil 1-dekabr
|
Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga ajratilgan mablag‘lar
|
Fanlar akademiyasi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Genomika va bioinformatika markazi
|
2. To‘qima kulturasi va somatik embriogenez usullarini qo‘llagan holda genetik konstruksiyani makkajo‘xori hujayrasiga kiritish.
|
2022-yil 1-noyabr
|
3. Genomida CRISPR/CAS9 vektor konstruksiya o‘tirgan T0 o‘simliklardan T1 avlod olish va fitotron sharoitida dastlabki morfologik belgilarni aniqlash.
|
2022-yil 15-dekabr
|
4. Zamonaviy genlarni tahrirlovchi texnologiyalardan foydalangan holda qurg‘oqchilik, sho‘rxoklik va sovuqqa bardoshli yangi makkajo‘xori navlarini yaratish, ko‘pgina resurslarni, xususan, suv, mineral o‘g‘itlar va ko‘plab ishchi kuchini tejab, ko‘proq hosil olishga erishish.
|
2022-yil 21-dekabr
|
4.
|
“Gene pyramiding” texnologiyalari asosida tola sifati yuqori bo‘lgan, qurg‘oqchilik va sho‘rxoklikka chidamli, yuqori hosildor paxta navini yaratish.
|
1. Tola sifati va vilt kasalligiga chidamli bo‘lgan bir nechta QTL (Quantitative trait locus-miqdoriy belgilar lokuslari) lokuslarini genlarni piramidalash usuli bilan bir genotipga jamlangan avlod duragaylarini olish uchun ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish.
|
2021-yil 10-dekabr
|
Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga ajratilgan mablag‘lar
|
Fanlar akademiyasi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Genomika va bioinformatika markazi
|
2. Qurg‘oqchilik va sho‘rxoklikka chidamli bo‘lgan g‘o‘za liniyalari asosida yangi avlod duragay namunalarini olish.
|
2022-yil 15-noyabr
|
3. Olingan yangi avlod duragaylarida laboratoriya tahlillarini o‘tkazish hamda urug‘larini tayyorlash.
|
2022-yil 1-dekabr
|
4. Yangi avlod duragaylari laboratoriya tahlillarini davom ettirish hamda urug‘larini tayyorlab dala sharoitida ko‘chatzorlar tashkil etish uchun ekish.
|
2022-yil 1-dekabr
|
5. Qurg‘oqchilik, sho‘rlanishga chidamlilikni ta’minlovchi va tola sifati belgilariga genetik birikkan yangi g‘o‘za navini belgilangan tartibda sinovdan o‘tkazish. Taqdim etilgan yangi g‘o‘za naviga patent olish choralarini ko‘rish.
|
2022-yil 15-dekabr
|
|