15.Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajarilayotgan ilmiy loyihalar va ularning natijadorligi A. Bajarilayotgan loyihalar. Ilmiy foliyatga oid davlat dasturlari doirasida (2020 yil sentyabr oyida) umumiy hajmi 417,6 mlrd. so’mlik 1307 ta, shundan, 78,8 mlrd. so’mlik 352 ta fundamental, 285,4 mlrd. so’mlik 861 ta amaliy, 31,9 mlrd. so’mlik 53 ta innovasion, 21,5 mlrd. so’mlik 41 ta maqsadli va xorijiy (qo’shma) loyihalar bajarilmoqda. Shu jumladan, 2019 yildan buyon yangi tizim asosida 118.3 mlrd. so’mlik 222 ta loyihalar moliyalashtirilgan.
B. E’lon qilingan tematik mavzular. 2020 yilning 9 oyi mobaynida ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida e’lon qilinadigan amaliy hamda innnovasion loyihalar tanlovi uchun vazirlik, idoralar, ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlardan jami 1453 ta tematik mavzular taqdim etilgan. Kelib tushgan takliflardan umumiy moliyalashtirish qiymati 352,7 mlrd. so’m bo’lgan jami 208 ta tematik mavzular loyihalar tanlovining 18-32-turlari davomida e’lon qilindi. Tanlov doirasida jami 336 ta ilmiy loyiha taqdim etildi.
Bugungi kunga qadar ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida e’lon qilingan 27 ta tur davomida 16 ta fan yo’nalishi bo’yicha umumiy qiymati 472,12 mlrd so’m bo’lgan jami 324 ta, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb muammolari bo’yicha esa umumiy qiymati 16,1 mlrd so’m bo’lgan 20 ta, umumiy qiymati 488,22 mlrd so’mlik 344 ta amaliy hamda innovasion loyihalar mavzulari e’lon qilindi.
Hozirgi kunda bajarilishi 2019-2020 yillarga mo’ljallangan moliyalashtirish hajmi 5,6 mlrd. so’mga teng bo’lgan 8 ta maxsus yo’nalishdagi ilmiy loyihalar ustida tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.
Davlat ilmiy texnik dasturlari doirasida kelib tushgan jami 1145 ta har bir tugallangan loyihaning samaradorligi tahlil qilindi. "Ilmiy texnik axborotning axborot-tahlil tizimini ishlab chiqish" ishlari olib borilmoqda.
Markaz o’rtasida kompleks xizmat ko’rsatish yuzasidan tuzilgan 1-sonli shartnomaga asosan, 2017-2020 yillarda mahhalliy olimlar tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot loyihalarining natijadorligini o’rganish, tijoriy jihatdan jozibador ilmiy ishlanmalarni aniqlash va baholash yuzasidan xo’jalik shartnomasi bajarilmoqda. Bugungi kunga qadar 276 ta tugallangan va 611 ta tugallanmagan ilmiy-tadqiqot loyihalari tahlil qilindi.
Markaz tomonidan 109 ta tijoriy jozibador loyihalar aniqlandi, ishlab chiqilgan metodologiya asosida Loyiha pasportlari ishlab chiqildi va Ilmiy ishlanmalar va texnologiyalarni tijoratlashtirish hamda transfer qilish boshqarmasiga va Innovasion ishlanmalarni joriy etish ilmiy amaliy markaziga “Ishlanmalar banki”ni yaratish maqsadida o’rnatilgan tartib asosida topshirildi.
Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2017-2019 yillarda bajarilgan loyihalar monitoringi natijalariga ko’ra 1542 ta loyiha ro’yxatga olingan. Davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirilgan ilmiy loyihalarning yillik hisobotlarining yagona elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish, 2017-2019 yillar kesimidagi hisobotlarni raqamlashtirish ishlari olib borildi va 1542 ta loyihaning 3100 ta yillik hisobotining elektron shakllari yig’ib olindi va yagona ma’lumotlar bazasiga joylashtirildi.