O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti Ummtexnika fanlari va texnologialar kafedrasi


Tokni o‘lchash usullari va vositalari (davomi)



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə24/57
tarix14.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#178259
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   57
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s

Tokni o‘lchash usullari va vositalari (davomi)
Zanjirga ampermetr ulaganda, uning qarshiligi o‘zgaradi, natijada zanjirdagi tok ham o‘zgaradi. Agar zanjir qarshiligi R bo‘lib, unga berilgan kuchlanish U bo‘lsa, zanjirdagi tok bo‘ladi. Zanjirga ampermetr ulangandan so‘ng, zanjirning umumiy qarshiligi ampermetr qarshiligi RA miqdoriga ortadi. Natijada ampermetr ulangandan keyingi tok, ya’ni ampermetr o‘lchagan tok quyidagiga teng bo‘ladi: . Shuning uchun tokni o‘lchash usulining nisbiy xatoligi: . Toklarning qiymatini quyib, o‘lchash xatoligini hosil qilamiz: .
Ampermetrlarni o‘lchash chegarasini kengaytirish
Ampermetrlarning o‘lchash chegarasini oshirish uchun o‘zgarmas tok zanjirlarida shuntlar, o‘zgaruvchan tok zanjirlarida esa o‘lchash transformatorlari ishlatiladi.
7.2-masala. O‘zgarmas tok zanjiridagi tokni o‘lchash chegarasi , ichki qarshiligi Om bo‘lgan ampermetr bilan o‘lchash uchun shunt qarshiligi hisoblansin.
Echilishi. Ampermetrning o‘lchash chegarasini oshiruvchi koeffitsient:
. Shunt qarshiligi: Om.
Kuchlanishni o‘lchash usullari va vositalari
Kuchlanishni o‘lchash uchun zanjirning istalgan (kuchlanishi o‘lchanuvchi) qismiga voltmetr parallel qilib ulanadi. Voltmetr deganda shkalasi voltlarda darajalangan katta qo‘shimcha ichki qarshiligi nisbatan katta millivoltmetr tushuniladi. O‘zgarmas tok zanjirlarida kuchlanishni o‘lchash uchun, odatda, yuqori aniqlikdagi magnitoelektrik mexanizmli voltmetrlar ishlatiladi.



Shu bilan birga, o‘zgarmas tok zanjirlaridagi kuchlanishni o‘lchash uchun elektromagnit, elektrodinamik, aylantirgich va issiqlik sistemasidagi voltmetrlardan ham foydalansa bo‘ladi, ammo bunda o‘lchash aniqligi nisbatan pastroq bo‘ladi. O‘zgaruvchan tok zanjiridagi kuchlanishni o‘lchash uchun magnitoelektrik sistemadan boshqa barcha sistemadagi voltmetrlardan foydalansa bo‘ladi. Bunda albatta, voltmetr chastotasiga katta ahamiyat berish kerak, aks holda chastota bo‘yicha qo‘shimcha o‘lchash xatoligi vujudga kelishi mumkin. Yuqori chastotali (100 mGs) o‘zgaruvchan tok kuchlanishi issiqlik, aylantirgichli sistemalardagi voltmetrlar va elektron voltmetrlar yordamida o‘lchanadi.


Kichik o‘zgaruvchan kuchlanishlar (milli va mikrovoltlar) to‘g‘rilagichli va elektron millivoltmetrlar yordamida o‘lchanadi. Kichik o‘zgaruvchan kuchlanishlar (milli va mikrovoltlar) to‘g‘rilagichli va elektron millivoltmetrlar yordamida o‘lchanadi. Voltmetr zanjirga ulanishi bilan zanjirning qarshiligini o‘zgartirib, o‘lchash usulidagi xatolikni hosil qiladi. O‘lchash usulidagi xatolikni nolga teng yoki juda kichik (asbobning xatoligidan 5-10 marta kichik) bo‘lishi uchun voltmetr qarshiligi cheksiz yoki juda katta (bir necha o‘n, yuz kiloOm) bo‘lishi kerak.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin