Arabiston-Hind tizmasi va uchinchisi janubi-sharqqa yo‘nalgan Markaziy Hind
tizmasidir. Oxirgi tizma Amsterdam platosigacha davom etib, platoda o‘tgandan
keyin yo‘nalishini o‘zgartiradi va Tinch okeangacha
Avstraliya-Antarktika
ko‘tarilmasi nomi bilan cho‘zilib boradi. Tinch okeanda bu ko‘tarilma Janubiy
Tinch okean va Sharqiy Tinch okean ko‘tarilmalari bilan almashinadi. O‘rtalik
tizmalar asosan manityaga yaqin qattiq jinslardan tarkib topgan.
O‘rtalik okean tog‘ tizmalari Yer yuzidagi eng yirik tizim bo‘lib, unga teng
keladigani materiklarda uchramaydi. Tizmalarning o‘q qismi uchun riftli struktura
harakterli. Rift tizmalari ko‘plab tektonik yoriqlar bilan parchalangan. Bu
yoriqlarda uzun cho‘kmalar, yoki rift vodiylari vujudga kelgan.
Ular tizmalarni
ko‘ndalang kesib o‘tib ko‘ndalang yoriq zonalarini hosil qiladi. O‘rtalik okean
tizmalari uchun intensiv vulkanizm va kuchli seysmik harakatlar ham harakterli.
Shuning uchun riftlarda yirik vulkan massivlari ko‘p uchraydi.
Vulkanizm
rivojlangan joylarda lavali platolar, vulkanik orollar keng tarqalgan.
Atlantika
okeanidagi Islandiya, Azor platosi, Tristan-da-Kunya va Gof orollari ana shunday
raYonlardan hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: