O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»


Tropik-Atlantika va Tropik-Hind-Tinch okean oblastlari



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə122/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Tropik-Atlantika va Tropik-Hind-Tinch okean oblastlari ekvatorial,
subekvatorial va tropik zonalarda joylashgan. Ular tabiiy sharoiti jihatidan bir-
biriga o‘xshash, suv yuzasi Arktika va Antarktika oblastlariga nisbatan yorug‘likni
ko‘p oladi, harorat yil bo‘yi yuqori bo‘lib, 200 S dan pastga tushmaydi. Bu yerda 


organik hayotning zichligi boreial oblastlariga nisbatan pastroq, lekin faunasining


tur tarkibi xilma-xilroq. Tropik-Atlantika oblasti faunaga boyligi jihatidan ikkinchi 
o‘rinda turadi. Tropik oblastlarning pelagial zonasida akulalar, tuneslar,
tutashjag‘lilar, lappak baliqlar, uchar baliqlar, dengiz toshbaqalari, bental zonasida 
marjon riflari, kraplar, langustalar, qorinoyoqli va ikki tabaqali molyuskalar,
sohillarida mangra chakalakzorlari ko‘p uchraydi. Tropik-Hind-Tinch okean 
oblastining faunasi xilma-xil, qadimiy turlarga boy, endemiklar ko‘p,
hayvonlarning sof tropik turlari keng tarqalgan. Sut emizuvchilardan kichik 
kashalotlar, delfinlar, dyugonlar harakterli. Har ikala oblastda o‘ziga xos litoral
biotsenozlarni vujudga keltirgan marjon koloniyalari yaxshi rivojlangan.


Antarktika oblasti tabiiy sharoiti jihatidan Arktika oblastiga o‘xshash bo‘lib,
suvining harorati doimo past, muzlik rejim uzoq davom etadi va h.k. Uning janubiy 
qismi Sirkum qutbiy kichik oblastiga, shimoliy qismi Notal – Antarktika kichik
oblastiga qaraydi. Antarktika suvlaridan dengiz olabug‘asi, kit, kasholot, kasatkalar 
ovlanadi. Baliqlar va sut emizuvchilar keng tarqalgan qisqichbaqasimon krilllar
bilan oziqlanadi. Antarktika uchun pingvinlarning bir necha turlari harakterli. 
Qirg‘oqqa yaqin joylarda dengiz mushugi, dengiz fili, dengiz qoploni, tyulenlar
yashaysdi. Janub kiti, kichik kit, kurak oyoqlilarning ayrim turlari endemik 
hisoblanadi.
Dunyo okeanida o‘simliklarning geografik tarqalishi ham biogeografik 
oblastlarning tabiiy sharoiti bilan chambarchas bog‘liq. Tropik oblastlarda sargasso
va turli xil ohakli suv o‘tlari rivoj topgan, Shimoliy Tinch okean oblastining 
shimoliy qimida va Antarktika oblastining Notal-Antarktika kichik oblastida
diatom suv o‘tlari, Shimoliy Tinch okean va Antartika oblastlarida laminariy suv 
o‘tlari keng tarqalgan.






Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin