aloqadorligini, suv va quruqlikning taqsimlanishini o‘rganganlar. Tinch okeanni
oshirdilar. S.O.Makarov okean suvining sho‘rligi, termik xususiyatlari, iqlimi,
dengiz oqimlari to‘g‘risida qimmatbahr ma’lumotlar to‘pladi hamda ularni rus va
fransuz tillarida chop etilgan "Vityaz" va "Tinch okean" ilmiy asarida yoritdi.
Sovet davrida ham Tinch okeanni kompleks tadqiq, qilish muntazam ravishda
davom etdi. 1959 yildan «A.I.Voyeykov», 1960 yildan «YU.M.Shokalskiy», 1970
yildan boshlab "Akademik Sergey Korolyov" kemalaridagi
ekspeditsiyalar uzoq
yillar davomida keng ko‘lamda ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordilar. Okeanni
tabiiy xususiyatlarini va xilma-xil resurslarini o‘rganishda AQSH, Buyuk
Britaniya, Yaponiya, Meksika, Peru, Chili va boshqa davlatlarning xizmati katta.
Ayniqsa Xalqaro geofizika yili (1959) va Xalqaro geofizika hamkorligi dasturlari
asosida olib borilgan tadqiqotlar va qo‘lga kiritilgan yutuqlar alohida ahamiyatga
ega.
Keyingi yillarda Tinch okeanni kompleks o‘rganish borasida ko‘p ishlar
qilindi. Okean tabiatining xususiyatlari to‘g‘risida yangi ma’lumotlar to‘plandi,
dengiz
oqimlari dinamikasi, suv tagi relefi va geologik tuzilishi muhammal
o‘rganildi, ko‘plab chuqur joylar aniqlandi, chuqur botiqlardagi organik hayot
tadqiq qilinib, tirik organizmlarning bir necha yangi turlari kashf etildi.
Tinch
okeanni tadqiq qilishning uchinchi bosqichida to‘plangan materiallar uning yangi
materiklar va dengiz navigatsiyasi haritalarini tuzishga asos bo‘lib xizmat qildi.
Dostları ilə paylaş: