O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org
ATLANTIKA OKEANI
Geografik o‘rni va chegaralari Atlantika okeani barcha okeanlar o‘rtasida maydonining kattaligi jihatidan
ikkinchi o‘rinda turadi. Uning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shimoldan janubga
qarab juda katta (16 OOO km) masofaga cho‘zilganligidir. Okeanning eng keng
joyi(13 ming km) mo‘’tadil va subtropik kengliklardagi dengizlarning materiklar
ichkarisiga kirib borgan joylarga to‘g‘ri kelib, Meksika qo‘ltig‘ining g‘arbiy
qirg‘og‘idan Qora dengizning sharqiy qirg‘og‘igacha bo‘lgan oraliqdadir. Eng
qambir joyi esa 2830 km bo‘lib, San-Roke burni va Afrika qirg‘og‘i oraligidadir.
Maydoni 91,5 mln km2 ga teng. O‘rtacha chuqurligi 3597 m. Suv hajmi 329,7 mln
km3. Atlantika okeanini g‘arbda Shimoliy va Janubiy Amerika qirg‘oqlari, sharqda
Yevropa va Afrika qirg‘oqlari o‘rab turadi. Janubi-g‘arbda u Tinch okeani bilan va
janubi-sharqda Hind okeani bilan tutashgan. Shimolda Atlantika okeani Kanada
arxipelagilari va Norvegiya dengizi orkali Shimoliy Muz okeani bilan bog‘langan.
Janubda Antarktida bilan chegaralanadi.
Atlantika okeani uzoq yillar davomida turli xil nomlar bilan atalib kelindi.
Strabon davridan boshlab Atlantika okeani haritalarda G‘arbiy okean deb
nomlangan. Ruf Fest Aviyen (IV asr) uni Atlantika okeani deb atagan.
Arxiyepiskop Medblanskiy (Amvrosiy, IV asr) okeanning sharqiy, Ispaniya va
Shimoliy Afrika qirg‘oqlarini yuvib turuvchi qismini Gaditan dengizi degan. O‘rta
Osiyolik qomusiy alloma Abu Rayxon Beruniy (XI asr) Atlantika okeanini
«Mudhish dengiz» nomi bilan ta’riflagan bo‘lsa, arab geografi va sayyohi Abu
Abdulloh Idrisiy (XII asr) "Qorong‘ilik dengizi" nomi bilan shohnoma yozgan.
Atlantika okeani nomi birinchi bor 1507 yilda Vald Zemyuller tomonidan to‘zilgan
haritalarda berilgan. Bu nom o‘sha davrdan boshlab barcha manbalarda keng
qo‘llanilib kelinmoqda. Atlantika okeanining qirg‘oq chiziqlari shimolda, ayniqsa
YYevropa va Shimoliy Amerika sohillarida kuchli parchalangan va murakkab
shakllarni hosil qiladi. Janubiy yarimsharda esa, Afrika va Janubiy Amerika
sohillarida qirg‘oq chiziqlari ancha sodda, kam parchalangan.