O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə132/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Tekshirilish tarixi 
Atlantika okeani juda qadim zamondan kishilarga ma’lum bo‘lgan. U ilmiy 
tadqiqot etilishi jihatdan boshqa okeanlar o‘rtasida birinchi o‘rinda turadi. Bunga
asosiy sabab okean sohillarida ko‘plab iqtisodiy jihatdan rivojlangan 
mamlakatlarning joylashganligidir. Qadimgi davrdan boshlab okean va uning
dengiz qirg‘oqlarida dengizda suzishning markazlari Qadimgi Gresiyada, 
Karfagenda, Skandinaviyada vujudga kelgan.
Atlantika okeani eramizdan oldingi 2 minginchi yillarda O‘rtayer dengizidan 
keyin dengizda suzuvchilarning ikkinchi ob’ekti bo‘lib qoladi. Eramizdan oldingi
(VI asr) davrlarda finikiyaliklar, rimliklar okeaning Yevropa va Shimoliy Afrika 
qirg‘oqlari bo‘ylab suzishgan. Marsellik Pifey eramizdan oldingi IV asrda
Shimoliy Atlantika bo‘ylab suzishni amalga oshirdi. U suzish paytida bir qator 
punktlarning kengliklarini aniqladi, suvning ko‘tarilish jaryonini o‘rganib, uning
sababini Oy bilan Quyoshning o‘ziga tortish qonuniga bog‘liq ekanini birinchi 
bo‘lib isbotlab berdi. 1X-X asrlarda slavyan qabilalari Baltika dengizini o‘zlashtira



boshlaganlar. X asrda Leyf Erikson Atlantika okeanini so‘zib o‘tib, Nyufaundlend


oroli bilan tanishdi, 40° shimoliy kenglikgacha yetib borib Shimoliy Amerika 
qirg‘oqlarini tekshirdi.
Buyuk geografik kashfiyotlar davrida Atlantika okeani Yerning asosiy suv 
yo‘li bo‘lib qolgan edi. XV asrda Ispan va Portugal dengizchilari Hindiston va
Xitoyga boradigan dengiz yo‘llarini qidirib, okeanning ichkari qismlarigacha suzib 
borganlar. Shulardan portugal B. Diash (1487), X. Kolumb (1492, 1493, 1498 va
1502 yy), ingliz J.Kabot (1497) va portugal Vasko da Gamma (1498) sayyohotlari 
alohida e’taborga sazovor. X. Kolumb kemada suzish paytida Atlantika okeanining
Shimoliy ekvotorial oqimini birinchi bor tezligini o‘lchagan, tropik dovul 
shamolini tafsilotini bergan, Karib dengizi orollarigacha va Janubiy Amerikagacha
bo‘lgan masofani aniqlagan, magnitning og‘ish anomaliyasini toptan va okean 
chuqurligini o‘lchash ishlarini bajargan. 1519-1523 yillarda F. Magellan o‘zining
dunyo bo‘ylab qilgan birinchi sayohati paytida Atlantika okeanini kesib o‘tkan. J. 
Kuk (1772), I.F. Kruzenshtern (1803), F.F. Bellinsgauzen va M.P. Lazerov (1819-
1821) sayyohatlari okean haqida ko‘plab ilmiy ma’lumotlar berdi. 
Atlantika okeani tabiatini kompleks o‘rganish XIX asrning oxirida
boshlanadi. «Chellenjer» kemasidagi ingliz ekspeditsiyasi chuqurliklarni, suvning 
sho‘rligini o‘lchadi, okeanning suv massasi xususiyatlari haqida, organik dunyosi
to‘g‘risida materiallar to‘pladi. Okean tabiatini tadqiq etishga rus va sovet 
okeanografik ekspeditsiyalari ham katta hissa qo‘shdilar. Xalqaro geofizika yili
(1957-1958 yy) davrida okean hayotiga va tabiat komponentlariga taalluqdi juda 
ko‘p materiallar to‘plandi. Hozirgi vaqtda ko‘plab mamlakatlarning 40 ta
zamonaviy texnika asboblari bilan jihozlangan ilmiy kemalardan tarkib topgan 
ekspeditsiyasi suv massalari xususitlarini, okean tagi relefi va geologiyasini, tabiat
zonalarini tadqiq kilishni davom ettirmoqda. Okeanshunoslar okean bilan 
atmosferaning o‘zaro aloqadorligi va ta’sirini, Golfstrim, Shimoliy Atlantika
hamda Passat oqimlarning tabiatini o‘rganmoqdalar. 

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin