shaklga ega ekanligidadir. Afrika qirg‘oqlarida yagona Gvineya qo‘ltig‘i mavjud.
Atlatika okeanining eng janubiy qismida, Antarktida sohillarida
Ueddell, Lazarev
va Riser-Larsen dengizlari bor. Umuman yuqorida nomlari aytilgan dengizlarning
umumiy maydoni 10 mln km kv. atrofida bo‘lib Atlantika okeani akvtoriyasining
11% ni tashkil etadi.
Atlantika okeanida arxipelaglar va orollar keng tarqalgan. Ularning umumiy
maydoni 1 mln km kv. ga yaqinroq, lekin okeanning ochiq qismi orollarga juda
kambag‘al. Agarda suv yuzasini Tinch okeani bilan taqqoslasak, benihoyat bir
oxangda ko‘rinadi. Atlantikaning arxipelaglar va orollari materik yaqinlarida
joylashgan. Ular kelib chiqishiga ko‘ra materik orollari hisoblanadi. Kanada
arxipelagi, Buyukbritaniya, Folklend (Malvin), Islandiya va Irlandiya orollari
shular jumlasidandir. Markaziy Amerika qirg‘oqlari yaqinida Katta va Kichik Antil
orollari, Bagam orollari joylashgan. Janubiy Amerikaning eng janubiy sohillariga
yaqin joylarda mayda orollardan tarkib topgan Janubiy Georgiy, Janubiy Orkney,
Janubiy Sandvichev va Janubiy Shetland arxipelaglari bor. O‘rtayer dengizi
havzasi ham orollarga boy. Ochiq okean akvatoriyasida Bermud, Yan-Mayen,
Azor, Madeyra, Yashil burun, Asenshen, San-Paulu, Vozneseniya, Avliyo Yelena,
Tristan-da-Kunya, Gof, Buve kabi mayda-mayda vulkanik orollar guruhi uchraydi.
Dostları ilə paylaş: