hayvonlarini ovlashda Shimoli-G‘arbiy rayondan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.
Okeandan anchouslardan tashqari losossimonlar, seldsimonlar, treskasimonlar,
skumbriya, sayra, tuneslar va kambalasimonlar ko‘plab ovlanadi. Suvdan
ovlanadigan
hayvonlarning
ancha
qismini
mollyuskalar,
qisqichbaqalar,
krevetkalar, krillar tashkil etadi. Yaponiya dengizi tagida mollyuskalar va
suvo‘tlarini yetishtirishni keng yo‘lga qo‘ygan.
Okean shelfida neft va tabiiy gaz qazib olish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Bu
xavzadan Indoneziya, Malayziya, Yaponiya, AQSH, Avstraliya Ittifoqi va Yangi
Zelandiya davlatlari har yili 60 mln. tonnadan ziyod neft qazib olishadi, jumladan,
AQSH 25 mln. tonna, Avstraliya 15 mln. tonna, Yaponiya 10 mln. tonna va
boshqalar. Avstraliya shelfidan sutkasiga 49 ming tonna neft va 6,3 mln. m3 gaz
qazib olinadi. Kaliforniya shelfidan yaqin kelajakda yiliga 50-60 mln. tonna neft va
15-20 mlrd. m3 gaz qazib olish mo‘ljallanmoqda. Hozir Janubiy Xitoy va Yava
dengizlari bag‘rida 3000-4000 m chuqurlikda neft va gazning katta zahirasi borligi
aniqlangan. Toshko‘mir Avstraliya va Yangi Zelandiya shelfi bag‘ridan qazib
olinadi. Yaponiyada qazib olinadigan toshko‘mirning 30% dengiz shelfiga to‘g‘ri
keladi. Fosforit Kaliforniya, Yaponiya, Filippin, Avstraliya, Meksika va Peru
kirg‘oqlari yaqinidan topilgan, Kaliforniya shelfidagi fosforit zahirasi 1 mlrd t ga
yaqin. AQSH San-Fransisko qo‘ltig‘idan yiliga 1,2 mln. t osh tuzi, Xitoy va Yapon
dengiz suvidan 10 ming t dan ko‘proq kaliy tuzi oladi. Shelfda sochilma oltin va
platina konlari ham topilgan.
Tinch okean orqali muhim dengiz yo‘llari o‘tgan. Uning transport yo‘llari
Yevrosiyo, Amerika, Avstraliya materiklarini bir-biri bilan bog‘laydi. Okeanlararo
transport yo‘li Shimoliy Muz okeaniga Bering bo‘g‘ozi, Atlantika okeaniga
Panama kanali, Hind okeaniga Malakka, Zond va Torresov bo‘g‘ozlari orqali
o‘tadi. Okeanning tabiiy sharoiti yil davomida kemalarning qatnovi uchun juda
qulay bo‘lganligi sababli yiliga qariyb 1,5 mlrd. t yuk tashiladi.
Insonning xo‘jalik faoliyati Tinch okeanda biologik resurslarning ayrim
turlarini yo‘qlib ketishiga sababchi bo‘lmoqda. Masalan, XVIII asrning o‘rtalariga
qadar sutemizuvchi hayvonlardan dengiz sigirlari ko‘p miqdorda yashagan va shu
asrning oxirlariga kelib kirib tashlangan. XX asr boshlarida qimmatbaho mo‘ynali
hayvonlar - dengiz mushuklari va dengiz suvsarlari ov qilinishi natijasida qirilib
ketish arafasida edi, kitlar soni kamayib ketgan. Hozirgi vaqtda bularni ovlash
chegaralangan.
Okean suvining zavod, fabrika, shahar, atom sanoati chiqindilari va neft
mahsulotlari bilan ifloslanishi ekologik muhitga katta xavf tug‘dirmoqda. AQSH,
Yaponiya va Rossiya qirg‘oqlari yaqinida suv ayniqsa ko‘p ifloslangan. Tirik
organizmlarga zararli bo‘lgan moddalar oqimlar yordamida sohillardan butun
okeanga tarqatilmoqda. Bu zararli moddalarning hatto Antarktida qirg‘oqlari
yaqinidagi dengiz organizmlari tarkibida borligi aniqlangan. Agar suvning
ifloslanishi shu tariqa davom etaversa va unga qarshi choralar ko‘rilmasa, tuzatib
bo‘lmaydigan halokatga olib keladi.