O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə128/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Organik dunyosi 
Tinch okean boshqa okeanlardan o‘zining o‘simlik va hayvonot dunyosining
boyligi, ularning turlarini xilma-xilligi va qadimiyligi bilan ajralib turadi. 
Okeanning bunday xususiyatlarga ega bo‘lishiga sabab, uning maydonini
nihoyatda kattaligi, tabiiy sharoitining xilma-xilligi, suvining iliqligi va qadimdan 
mavjudligidir. Okean endemik hisoblangan eng qadimiy organizmlarga ham boy.
Tinch okean fitoplanktoni asosan bir hujayrali suvo‘tlaridan tarkib toptan. 
Ularning turi 1300 atrofida bo‘lib, peridiney va diatomlar oilasiga kiradi. Okean
tagi ham o‘simliklarga boy. U yerda suvo‘tlarining 4 mingga yaqin turi va 
gullaydigan dengiz o‘tlarining 20 turi uchraydi. Sovuq va mo‘’tadil zonalarda
laminariyalar guruhiga kiruvchi qo‘ng‘ir suvo‘tlari ko‘p o‘sadi. Tropik 
kengliklarda fukuslar, yirik yashil suvo‘tlari, ohaqli qizil suvo‘tlari va marjon
poliplari yaxshi rivojlangan. 
Okeanning hayvonot dunyosi tur miqdoriga ko‘ra boshqa okeanlarga
qaraganda 3-4 marta boyroq. Ayniqsa tropik mintaqalar suvi fauna turlariga juda 


boy. Chunonchi, Indoneziya arxipelagi dengizlarida 2000 dan ziyod baliq turi


uchrasa, Shimolning Bering va Oxota dengizlarida 300 ga yaqin turi uchraydi. 
Huddi shunday Tinch okeanning tropik zonasida 6000 dan ortiq tur molyuskalar
yashasa, Barens dengizida atigi 200 ga yaqin tur yashaydi. Okean marjonlar 
faunasiga maksimal darajada boy. Uning ekvatorial va subekvatorial zonalarida
marjonlarning 200 dan ziyod turi mavjud. Umuman, Tinch okeanda yashaydigan 
hayvonlarning turi 100 mingdan ortadi.
Tinch okean hayvonlarning qadimiy turlariga ham boy. Bu yerda qadimiy 
baliqlarning iordan va gilbertid turlari, qadimgi dengiz tipratikonlarining sidarid
turi uchraydi. Sut emizuvchilardan dengiz mushugi, dengiz qunduzi, dyugon 
sivuch kabi hayvonlar Tinch okean uchun endemik bo‘lib, boshqa okeanlarda
uchramaydi. Dunyo okeanidagi losossimon baliqlarning 95% shu okeanda 
yashaydi. Amerika sohillariga yaqin joylar anchouslarga boy. Kitlar va akulalar
ko‘p tarqalgan. 
Tinch okean uchun ultraabissal fauna kompleksi ham harakterlidir.
Okeanning 8500 m chuqurlikdagi qismida bu faunaning 45 turi mavjud bo‘lib, 
shundan 70% endemik hisoblanadi. Bu yerda ultraabissal sharoitga moslashgan
goloturiyalar, polixetlar, ofiurlar, sipunkulidlar hayot kechiradi. 

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin