O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»


Okean tagi relefi va geologik tuzilishi



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə134/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Okean tagi relefi va geologik tuzilishi 
Atlantika okeani litosfera plitalari nazariyasiga ko‘ra yosh okean hisoblanadi. 
Hozirgi davrda mavjud bo‘lgan okean tagi relef shakllari geologik tuzilishining va
tektonik harakatlarining muayyan hosilasi bo‘lib, ularning murakkabligi va 
strukturasi Atlantika okeanining batimetrik haritasida to‘liq ifodasini topgan.
Atlantika okeani tagi relefining harakterli xususiyatlaridan biri - ulkan suv 
osti tog‘ tizimining mavjudligidir. Bu tog‘ tizimi okeanning o‘rta qismida
joylashgan bo‘lib, O‘rta Atlantika suv osti tog‘ tizmasi deb ataladi. U shimolda 
Islandiya orolidan boshlanib, janubda Buve oroligacha yetib boradi va okeanni ikki
qismga G‘arbiy va Sharqiy Atlantikaga bo‘ladi. Tizmaning qirralari juda qattiq 
tog‘ jinslaridan - bazalt va gabrolardan tarkib topgan. Eng janubda O‘rta Atlantika
tog‘ tizmasi Antarktida materik yonbag‘ridan Afrika-Antarktida botig‘i orqali 
ajralib turadi.
O‘rta Atlantika suv osti tog‘ tizmasi ikki qismga - Shimoliy va Janubiy 
Atlantika tizmalariga bo‘linadi. Ular bir-biridan ekvator kengligidagi Lomansh
tektonik yorig‘i orqali ajralib turadi. Shimoliy Atlantika tog‘ tizmasi yoy shakli 
bo‘ylab cho‘zilgan bo‘lsa, Janubiy Atlantika tog‘ tizmasi meridian bo‘ylab
cho‘zilgan. Suv osti tog‘lari ko‘plab tektonik yoriqlar bilan kesilgan. Shimoliy 
Atlantika tog‘ tizmasi Gibs, Kurchatov, Okeanografer, Atlantis, Keyn, Yashil
burun, Vima, San-Paulu tektonik yoriqlari bilan kesilgan bo‘lsa, Janubiy Atlantika 
tog‘ tizmasi Vozneseniya, Avliyo Yelena, Riu Grandi, Folklend kabi tektonik
yoriqlar bilan qismlarga bo‘lingan. 
Okean tagi relef shakllarini tarkib topishida yirik-yirik tektonik botiqlar ham
faol ishtirok etadi. G‘arbiy Atlantikadagi botiqlar Labrador (4180 m), Nyufaunlend 
(4685 m), Shimoliy Amerika (6594 m), Gviana (4830 m), Braziliya (6059 m),
Argentina (6212 m) kabilardan iborat. Bulardan tashqari uncha katta bo‘lmagan 


Meksika (3822 m), Venesuela va Kolumbiya botiqlari ham mavjud. Sharqiy


Atlantikadagi G‘arbiy YYevropa (5668 m), Iberiya (5100), Kanar (6501m), Yashil 
burun (7297 m), Serra Leone (6040 m), Gvineya (5215 m), Angola (5699 m), Kap
(5457 m) kabi botiqlar juda katta suv osti makonlarini egallab yotibdi. Barcha 
botiqlar bir-biridan suv osti tog‘lari, balandliklari va platolari bilan ajralib turadi.
Atlantika okeanida juda chuqur suv tagi cho‘kmalari ham uchraydi. 
Chuqurligi jihatdan birinchi o‘rinda Puerto-Riko cho‘kmasi turadi. Uning
maksimal chuqurligi 9207 m bo‘lib Miluoki dengiz qa’ridir. Ikkinchi o‘rinda
Janubiy Atlantikadagi Janubiy Sanichev (8428 m) cho‘kmasi turadi. Uchinchi
o‘rinda ekvatorga juda yaqin joylashgan Romansh (7370 m) cho‘kmasi egallaydi. 
Shuni ta’kidlash joizki, Atlantika okeanida suv «tagi chuqur cho‘kmalari» Tinch
okeaniga nisbatan juda kam uchraydi, borlari ham okeanning fakatgina g‘arbiy 
qismigagina harakterlidir. Binobarin, suv tagi chuqur cho‘kmalarining siyrak
tarqalishi okean tagining geologik strukturasini tektonik jihatdan nisbatan 
mo‘’tadil faolligi bilan chambarchas bog‘liqdir.



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin