O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə142/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Dengizlari va orollari 
Hind okeanida dengizlar boshqa okeanlarga nisbatan uncha ko‘p emas.
Okeanning shimoli-g‘arbiy kdsmida Arabiston va Qizil dengizlari, Fors, Omon va 
Adan qo‘ltiqlari hamda Bob ul - Mandab bo‘g‘ozi joylashgan. Shimoli-Sharqiy
qismida esa okean akvatoriyasining tashqi qiyofasini Bengaliya va Manar 
qo‘ltiqlari hamda Andaman dengizi murakkablashtirib turadi. Avstraliyadan
shimol tomonda Hind okeanining eng chekka dengizlari Arafura va Timor 
dengizlari hamda Korpentariya qo‘ltig‘i, Janub tomoniday esa Katta Avstraliya
qo‘ltig‘i joylashgan. Hind okeanining eng janubida antarktik tabiiy sharoitga ega 
bo‘lgan va qish oylarida muz bilan qoplanadigan Riser-Larsen, Kostanavtlar,
Hamkorlik Deyvis, Mouson, Dyurvil kabi dengizlar va Pryuds qo‘ltig‘i mavjud. 
Hind okeanining eng yirik mustaqil suv havzalaridan biri Arabiston
dengizidir. U okeanning shimoliy qismida joylashgan bo‘lib, yarim berk dengiz 
hisoblanadi. G‘arbda Arabiston yarim oroli va Sharqda Hindiston yarim oroli bilan
chegaralanadi. Janubda okeanning asosiy akvatoriyasi bilan tutashib ketgan. 
Maydoni 3685 ming km2. O‘rtacha chuqurligi 2734 m. Eng chuqur joyi 5203 m.
O‘rtacha suv hajmi 10070 ming km3 ni tashkil etadi. Arabiston dengizi uchun 
tropik musson iqlim harakterlidir. Fevralda dengiz yuzasi suvining harorati
shimolda 20 °S dan janubda 25 °S gacha ko‘tariladi, may oyida esa 27°-29 °S dan 
ham oshadi. Dengizning g‘arbida atmosfera yog‘inlari 25 mm dan 125 mm gacha
tushadi. Sharqqa borgan sari yog‘in miqdori ortaborada va 3100 mm ni tashkil 
etadi. Suvning sho‘rlik darajasi 35,8-36,5‰. Oqimlar yozda g‘arbdan Sharqqa va
qishda Sharqdan g‘arbga qarab harakat qiladi. Dengizda uchar baliqlar, tuneslar, 


qilich baliq janubiy seld, rif baliqlari, parusniklar yashaydi. Asosiy portlari -


Bombay, Karochi, Aden va Kolombalardir. 


Hind okeanida dengizlar kam uchraganidek orollar ham uncha ko‘p emas.
Eng yirik orollari Madagaskar, Tasmaniya, Shri-Lanka va Sokotralar bo‘lib, ular 
qirg‘oqqa yaqin joylashgan va kelib chiqishiga ko‘ra materik orollari hisoblanadi.
Bulardan tashqari okeanda maydoni jihatdan uncha katta bo‘lmagan vulkan va 
marjon orollari ham uchraydi. Prins-Eduard, Kroze, Kergelen, Amsterdam, Sen-
Pol kabi orollar akvatoriyadan baland ko‘tarilib turgan vulkanlarning 
cho‘qqilaridir. Lakkadiv, Maldiv, Chagos, Kokos, Amirant, Farquar va boshqalar
marjon atollari tipiga xos bo‘lgan orollardir. Tevarak atrofi marjon riflari bilan 
o‘ralgan vulkanik orollar ham uchraydi. Bular Maskaren, Komor, Andaman,
Nikobar kabi orollardir. Seyshel orollari okean ichkarisida joylashgan bo‘lishiga 
qaramasdan kelib chiqishiga ko‘ra yer po‘stining granitlaridan tashkil topgan
materik tipidagi orollar guruhiga kiradi. Quyida Hind okeanining eng yirik 
orollaridan biri Madagaskar oroliga tabiiy geografik tavsif berib o‘tamiz.

Madagaskar oroli. Madagaskar Hind okeanining eng yirik oroli bo‘lib,
Afrikaning Sharqiy tomonida joylashgan. Materikdan kengligi 400 km keladigan 
Mozambik bo‘g‘ozi orqali ajralib turadi. Maydoni 590 ming km2. Orol shimoldan
janubga 1600 km va g‘arbdan Sharqqa 600 km masofaga cho‘zilgan. Qirg‘oq 
chiziqlari unchalik egri-bugri emas. Faqatgina shimoli-g‘arbiy qirg‘oqlari biroz
kesilgan.
Madagaskar oroli mezazoy erasida Afrika materigidan ajralgan qadimiy
kristall bo‘lak hisoblanadi. Bu bo‘lakning asosiy qoldig‘i orolning sharqiy qismini 
egallab yotgan Baland Plato tashkil etadi. Bu plato kristall (granit, diabaz) va
metamorfik (slyudali slanes, gneys, ohaqtosh, kvarsit) jinslardan tarkib topgan. 
Ular ayrim joylarda vulkanik jinslar bilan qoplangan. Platoning o‘rtacha balandligi
800-1200 m atrofida, sharqida esa 1500 m gacha boradi. Orolning eng baland 
nuqtasi uning shimoliy qismida Saratanana vulkanik massividagi Marumukutru
(2886 m) cho‘qqisi. Balandligi jihatidan ikkinchi o‘rinda Andringitra massividagi 
Bubu (2666 m) cho‘qqisi va uchinchi o‘rinda Ankaratra massividagi Siafadzauna
(2638 m) cho‘qqisi turadi.
Orolning iqlimi tropik, shimoli-g‘arbida ekvatoial mussonli. Sharqiy qismida
iqlim sernam va issiq. Shimolda eng sovuq oy iyulning o‘rtacha harorati +200, eng 
issiq oy yanvarning harorati +270. Janubda iyulning harorati +130 gacha pasayadi
va yanvarning harorati +330 gacha ko‘tariladi. Baland platoda yillik 
yog‘ingarchiliq miqdori 1500-3000 mm gacha yetadi. Orolning g‘arbida 500 mm
dan 1000 mm gacha, eng janubi-g‘arbida esa 400 mm atrofida yog‘in tushadi. 
Yirik va sersuv daryolari (Sufiya, Besibuxa, Siribixina, Manguki, Unilaxi)
orolning g‘arbiy qismida joylashgan. Tuproq qoplami lateritli qizil, qizil-sariq, 
lateritlashgan jigarrang-qizil, qo‘ng‘ir va unumdor qora tuproqlardan tarkib topgan.
O‘simlik olamida endemik turlar ko‘p uchraydi. Ravenela palmasi, anrekum 
orxideyasi endemik turlardir. Sohil bo‘ylarida palmazorlar, g‘arbda tikanli
daraxtlar va butazorlar keng tarqalgan. Orolning 13% hududi o‘rmon bilan 
banddir. Harakterli hayvonlardan lemur, tenrek, mangusta, Fossa va qushlarlar



yashil to‘ti, ko‘kkaptar, sesarka, sulton tovug‘i va boshqalar yashaydi. Hameleon


va timsohlar bor.

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin