O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə140/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

HIND OKEANI 

Geografik o‘rni va chegaralari 
Hind okeani maydonining kattaligi jihatidan Tinch va Atlantika 
okeanlaridan keyin uchinchi o‘rinda turadi. Mazkur okean to‘rtta materik
o‘rtaligida joylashgan. Shimol tomonda Yevrosiyo materigi bilan chegaralanadi. 
Sharqda Katta Zond orollari, Avstraliya materigi va Tasmaniya oroli meridiani
orqali Tinch okeandan, g‘arbda Afrika materigi va Igna burun meridiani orqali 
Atlantika okeanidan ajralib turadi. Janubda sayyoramizning eng sovuq materigi -
Antarktida bilan chegaradosh. Ana shu chegaralar doirasida joylashgan Hind 
okeani akvatoriyasining maydoni 76,2 mln km2 ga teng. Umumiy suv hajmi 282,7
mln.km2. Hind okeani boshqa okeanlardan o‘zining geografik joylashishi bilan 
ajralib turadi. Uning katta va keng maydoni janubiy yarim sharda va qambar
kichikroq qismi shimoliy yarim sharda joylashgan. 
Hind okeani qirg‘oqlari Shimoliy Muz okeani qirg‘oqlariga nisbatan kam
parchalangan. Faqatgina uning shimoli-g‘arbiy va shimoli-sharqiy qismlarida egri-
bugri qirg‘oq chiziqlarini uchratish mumkin.
Keyingi yillarda Antarktikani keng ko‘lamda kompleks tadqiq qilish 
munosabati bilan ayrim okeanshunos (B.S. Zalogin) olimlar tomonidan Dunyo
okeani tarkibida beshinchi okeanni - Janubiy okeanni ajratish masalasini yangidan 
taklif etaboshladilar. Bunga asos qilib Tinch, Atlantika va Hind okeanlarining
janubiy qismlarini umumiy gidrometeorolik xususiyatlarini o‘xshashligini hamda 
bu regionda okean va atmosfera-sirklyatsiyasi sxemasini umumiyligani
ko‘rsatmoqdalar. Janubiy okeanning" shimoliy chegarasini Afrika, Avstraliya va 
Janubiy Amerikaning eng janubiy chekka nuqtalarini shartli ravishda kenglik
bo‘ylab tutashtiruvchi chiziqdan yoki antarktika konvergensiya zonasidan 
o‘tkazishni taklif qilishmoqda, Ammo, tabiatda Janubiy okeanni Yerning boshqa
okeanlaridan ajratib turuvchi aniq geomorfologik chegara yuk. Binobarin, Hind 
okeanini yukorida ta’kidlanganidek to‘rtta materik o‘rtaligida joylashgan mustaqil
va bir butun geografik akvatoriya deb qarash maqsadga muvofiqdir. 

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin