O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə148/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Okean tagidagi zonalar 
Hind okeani Tinch va Atlantika okeanlariga nisbatan shimoldan janubga 
qarab kamroq, masofaga cho‘zilgan. Shuning uchun ham bu yerda okean tagi tabiat
zonalarining soni kam. Okean tagida ekvatorial-tropik janubiy mo‘’tadil, 
subantarktika va antarktika zonalari mavjud. Bu zonalarning yotqiziqlari bir-
biridan farq qiladi. Masalan, ekvatorial-tropik zonada radiolyariy va qizil loyqalari 
keng tarqalgan, janubiy mo‘’tadil zonada farominifer loyqasi ko‘p uchraydi.
Subantarktikada kremniyli diatom yotqiziqlari hukumronlik qilsa, antarktika 
zonasida aysberg yotqiziqlari katta maydonni egallaydi.


Okeanning xalk xujaligidagi ahamiyati 
Hind okeani boshqa okeanlar singari biologik kimyoviy, mineral, yonilg‘i va 
energetika resurslariga juda boy. Shunga qaramasdan ular hozirga qadar yetarli
darajada o‘rganilmagan va o‘zlashtirilmagan. Okeanning o‘rtacha biologik 
mahsuldorligi 35-40 kg/m2 ni, shelfda 350 kg/m2 ni va qirg‘oqbo‘yi pelagial
zonada 250 kg/m2 ni tashkil etadi. Dunyo okeanidan ovlanadigan baliqning atigi 
5% (3 mln.t ga yaqini) Hind okeaniga to‘g‘ri keladi. Atlantika okeanidan
ovlanadigan baliq esa 39% ni (22 mln. t atrofida) tashkil etadi. Olimlarning 
ta’kidlashicha hozirgi sharoitda biologik resurslarning maqsadga muvofiq
foydalanilsa, Hind okeanida baliq ovlashning yiliga 10-14 mln. t ga yetkazish 
imkoniyati bor. Okeanda eng ko‘p baliq ovlanadigan joy Arabiston dengizi va
Adan qo‘ltig‘i hisoblanadi. Bu yerda sardinella, skumbriya, bombilya, qilich baliq, 
anchous, akula kabi baliqlar ovlanadi. Shri-Lanka, Baxrayn orollari,
Avstraliyaning shimoli-g‘arbiy qirg‘oqlari yaqinidan marvarid va sadaf olinadi. 
Okean shelfi qazilma boyliklarga juda boy. Eng yirik neft va tabiiy gaz
konlari Fors qo‘ltig‘i tagidagi cho‘kindi jinslar orasida topilgan. Bu yerda 10,6 
mlrd. t neft zahirasi va 2,83 trln m3 gaz zahirasi borligi aniqlangan. Eng yirik kon
Safaniya-Xafj bo‘lib, unda 4,3 mlrd. t ga yaqin neft zahirasi bor. Fors qo‘ltig‘idan 


516 ta skvajina yordamida 1,35 mlrd. t neft qazib olinadi. yaqin kelajakda bu


qo‘ltiqdan yiliga 500 mln. t neft qazib olish mo‘ljallanmoqda. 
Avstraliyaning g‘arbiy sohillaridan 11 ta neft va gaz konlari topilgan.
Shularda Barrau neft koni va Nors-Ronkin gaz koni ishga tushirilgan. Birgina 
Barraudan yiliga 1,5 mln t neft qazib olinmoqda. Bu regionning gaz zahirasi 552
mlrd. m3 atrofida baholangan. Timor dengizi tagida ham 620 mlrd m3 va 70 mln t 
neft zahirasi borligi aniqlangan.
Okeanning shimoli-g‘arbiy sohilidagi chuchuk suvlari deyarli bo‘lmagan 
mamlakatlarda sho‘r suv chuchutilib foydalanilmoqda. Jumladan Quvayt dengiz
suvini chuchitish qurilmasi yordamida sutkasiga 212 ming m3 suvni chuchitib, 
mamlakatni ichimlik suv bilan ta’minlaydi. Saudiya Arabistonida ham dengiz suvi
chuchitib foydalaniladi. Hind okeani Osiyo, Afrika va Avstraliya mamlakatlarining 
asosiy dengiz yo‘li hsoblanadi. Dengiz yullari okeanning shimoliy qismida yaxshi
rivojlangan. Dunyo yuk oborotining 10% shu okeanga to‘g‘ri keladi. 
Hozirgi kunda neftni qazib olish va tashish okean suvi ifloslanishiga sabab
bo‘lmoqda. Okean akvatoriyasini ifloslanishdan saqlash, ularni oldini olish va 
muhofaza qilish olamshumul ahamiyatga ega. Chunki suvlarning ifloslanishi
ularning o‘simlik va hayvonot dunyosiga katta zarar yetkazadi, suvdan olinadigan 
oziq-ovqat xomashyolari zaharlanadi. Shuning uchun bunday ekologik
muammolarni hal etilishiga xalqaro tashkilotlar alohida e’tibor bermoqda. 







Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin