Okean tagidagi zonalar
Shimoliy Muz okeani tagida ham uning yuza qatlamidagiga o‘xshash qutb
(Arktika) va qutbyoni (Subarktika) tabiat zonalari mavjud. Qutb zonasi juda katta
maydonni egallagan. U yerda ohak va organik moddalarga kambag‘al bo‘lgan
terrigen yotqiziqlari keng tarqalgan. Qo‘ng‘ir va kulrang loyqa tiplari hukmronlik
qiladi.
Shimoliy qutbyoni tabita zonasi bentosning ko‘p taraqqiy etganligi bilan farq
qiladi. Bentos ayniqsa materik shelfida ko‘p tarqalgan. Yotqiziqlar tarkibida
muzlarning erishi natijasida hosil bo‘lgan cho‘kindi loyqalar ham bor.
Okeanning xalq xo‘jaligida ahamiyati
Shimoliy Muz okeani Kanada, Rossiya, Shimoliy YYevropa mamlakatlari
iqtisodiyotida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Okean biologik resurslarga
uncha boy emas. Ressrlarning geografik tarqalishi regional harakterga ega bo‘lib,
biomassalarning asosiy qismi Shimoliy YYevropa havzasigna to‘g‘ri keladi.
Arktika havzasi esa aksincha biomassalarga juda kambag‘al. Shimoliy Muz
okeanidan ovlanadigan baliqlarning katta qismi Shimoliy YYevropa havzasigna
to‘g‘ri keladi. Barens va Norvegiya dengizlaridan, Islandiya qirg‘oqlari atrofidan
yiliga 12 mln t dan ziyod seld, treska, dengiz olabug‘asi, paltus, piksha va boshqa
baliqlar ovlanadi. Yevrosiyo, Kanada, Alyaska va Grenlandiyaning shimolida
yashaydigan xalqlar dengiz hayvonlarini ovlash bilan shug‘ullanadilar.
Okean tabiiy geografik sharoitning qiyin bo‘lishiga qaramasdan foydali
qazilmalarni qidirish ishlari uzoq yillardan beri davom etib kelmoqda.
Qidiruvchilar tomonidan Barens va Kara dengizlari shelfidan, Alyaska va Kanada
qirg‘oqlari yaqinidagi shelflardan neft va gaz konlari topildi. Kanada shelfining
Boford dengizi va Makenzi daryosining dengizga quyilish raYonlarida 1500 mlrd
m3 ga yaqin gaz zahirasi mavjud. Kanada-Arktika arxipelagining Qirolicha
Yelizaveta orollari atrofida, bo‘g‘ozlar va qo‘ltiqlarda 6,1 trln m3 va 3,4 mlrd t
neft zahirasi borligi aniqlangan. Laptevlar va Sharqiy Sibir dengizlari tagida turli
rudalarga boy yotqiziqlar borligi isbotlandi.
Shimoliy Muz okeani ko‘p mamlakatlarning kemalari qatnaydigan asosiy
yo‘li hisoblanadi. Ayniqsa Shimoliy dengiz yo‘li Rossiyaning eng muhim suv
transport yo‘lidir. Bu yo‘l YYevropadagi va Uzoq Sharqdagi portlar orasidagi
masofani qisqartiradi. Okeanda kemalar qatnaydigan davr 3-4 oygacha cho‘ziladi.
Ayrim joylarda muzyorar kemalar yordamida navigatsiya ko‘proq vaqtga
cho‘ziladi. Hozirgi vaqtda ko‘pchilik mamlakatlarning oldida turgan muhim vazifa
Shimoliy dengiz yo‘lini yil davomida kemalar qatnaydigan yo‘lga aylantirishdir.
|