O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə164/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Subtropik mintaqalar. Afrikaning shimoliy va janubiy chekka qismlari
subtropik mintaqalarda joylashgan. Subtropiklarda Quyosh issiqligi ancha 
kamayadi. Harorat va yog‘ingarchilik fasllarga qarab o‘zgaradi. Yoz issiq, qish esa
nisbatan iliq bo‘ladi. O‘rta dengiz sohillarida iyulning o‘rtacha harorati 27°, 28°S 
ga, yanvarning o‘rtacha harorati 11°,12°S ga teng. Janubda Kap qirg‘oqlarida issiq
oyning o‘rtacha harorati 21°S dan, salqin oyning o‘rtacha harorati 13°, 14°S dan 
oshmaydi. Afrikaning shimolida va janubi-g‘arbida yoz juda qurg‘oqchil va qish
ancha sernam keladi. Bunga sabab shuki, yozda subtropik mintaqalarda baland 
haroratli va yomg‘irsiz barqaror tropik antitsiklonlari hukmronlik qiladi, qishda esa
g‘arbiy shamollar okeandan mo‘’tadil kengliklarga xos havo massalarini olib 
keladi.
Afrikaning janubi-sharqiy qismida subtropik iqlimning shakllanishi 
boshkacha harakterdagi qonuniyatga ega. Qishda g‘arbiy shamollar tog‘ to‘siqlari
tufayli materikning janubi-sharqiy sohillarigacha yetib bora olmaydi. Shuning 
uchun qishda yog‘ingarchilik miqdori bu yerda bir oz kamayadi. Yozda butun
janubi-sharqiy qirg‘oq bo‘ylab Hind okeanidan katta mikdorda yog‘ingarchilik olib 
keladigan nam havo massalari hukmronlik qiladi. Shu sababli Drakon tog‘larining
sharqiy yon bag‘rlariga yomg‘ir ko‘p tushadi. Yog‘ingarchilik yil bo‘yi takrorlanib 
turadi. Binobarin, janubiy subtropik mintaqaning janubi-g‘arbiy qismi uchun yoz



quruk subtropik iqlim tipi va janubi-sharqiy qismi uchun nam subtropik iqlim tipi


harakterli. Afrikaning iqlim sharoiti qimmatbaho madaniy tropik o‘simliklarini 
yetishtirishga qulaylik tug‘diradi. Issiqlik resurslari mo‘l bo‘lgan joylarda kofe,
kakao, xurmo, zaytun, sitruslar yetishtiriladi. Sharqiy Afrika yassi tog‘ligida va Nil 
daryosi havzasida paxta, choy, apelsin, limon, bug‘doy, sabzavotlar va boshqa
qishloq xo‘jalik ekinlari ekiladi. Ammo materikning juda katta qismida atmosfera 
yog‘inlari juda kam bo‘ladi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga imkon bermaydi.
Faqat cho‘llardaga vohalarda obikor dehkonchilik qilish mumkin. 



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin