g‘arbiy shamollar olib keladi. Mintaqa hududida maksimum yog‘ingarchilik
Kamerun tog‘ massivi yon bag‘rida kuzatilib 9600 mm ni tashkil etadi. Ekvatorial
mintaqa uchun yil bo‘yi bitta fasl yoz fasli harakterli. Bu mintaqaning o‘rtacha
oylik va yillik haroratida, yog‘ingarchilik miqdorida fasliy o‘zgarishlar deyarli
kuzatilmaydi.
Subekvatorial mintaqalar. Subekvatorial iqlim mintaqalari ekvatorial iqlim
mintaqasini keng polosa bo‘ylab o‘rab turadi. Subekvatorial mintaqa Shimoliy
Afrikada 17° sh.k. gacha cho‘zilib boradi. Janubiy yarim sharda subekvatorial
iqlim mintaqasi 20° j.k. gacha cho‘zilib kelsada, g‘arbda Atlantika okeanigacha
yetib bormaydi, Materikning sharqiy qismida shimoliy va janubiy yarim
sharlarning subekvatorial mintaqalari bir-biri bilan tutashadi. Shuning uchun
ekvatorial iqlim mintaqasi sharqda Hind okeanigacha yetib bora olmaydi. Uning
sharqiy chegarasi Oq Nil daryosining yuqori qismi va Viktoriya ko‘ligacha
cho‘zilgan.
Subekvatorial mintaqada harorat ekvatorial mintaqaga o‘xshash yil bo‘yi
yuqori bulsada, ammo ularda fasliy farqlar ancha sezilib turadi. Subekvatorial
iqlim ekvatorial iqlimdan yog‘in miqdorining nisbatan kamligi va yog‘inning
fasllar bo‘yicha notekis taqsimlanishi bilan farq qiladi. Bu yerda yoz sernam, qish
quruq bo‘ladi.
Subekvatorial mintaqalarda yoz faslining yomg‘irli bo‘lishiga sabab nima?
Bunga sabab shuki, yoz oylarida har qaysi yarim sharning subekvatorial
mintaqalarida o‘zi bilan nam ekvatorial havo massalarini olib keluvchi musson
shamollari hukmronlik qiladi. Shuning uchun asosiy yog‘ingarchilik yoz
mavsumiga to‘g‘ri keladi. Qishda esa subekvatorial mintaqalar quruq tropik havo
massalarini keltiruvchi passat shamollari ta’sirida bo‘ladi. Qishda tropik havo
massasi hukmron bo‘lib yog‘in-sochin bo‘lmaydi, havoning nisbiy namligi juda
past bo‘ladi, quruq ob-havo hukmronlik qiladi. Subekvatorial mintaqada namlik
davri, yillik yog‘ingarchilik miqdori va namlanish ikki yo‘nalishda ekvatordan
shimoliy va janubiy tropiklar tomon hamda g‘arbdan sharqqa tomon o‘zgarib
boradi. Jumladan, ekvatordan tropiklar tomon namlik davri 10 oydan 2-3 oygacha
qisqaradi. G‘arbdan sharqqa karab musson shamollarining kuchsizlanishi tufayli
yog‘in mikdor 4-5 hissaga kamayib boradi. Shimoliy yarim shardagi subekvatorial
mintaqaning eng qurg‘oqchil rayonlari ekvatorial mussonlarni to‘sib turuvchi
Efiopiya tog‘ligidan sharqda joylashgan Somali yarim oroli va Sudanning tropik
mintaqa bilan chegaradosh bo‘lgan shimoliy qismidir.
Harorat yilning aksariyat paytlarida subekvatorial mintakada yuqori bo‘ladi.
Lekin uning yillik farqi ekvatorial mintaqaga nisbatan hiyla katta. Subekvatorial
mintaqalarda yozgi mavsumning boshlanishi vaqtida o‘rtacha harorat 30°S dan
yuqori bo‘ladi. Eng salqin oylarda o‘rtacha harorat 20° dan pastga tushmaydn.
Dostları ilə paylaş: