shimoliy va eng janubiy qismlari qish paytlarida mo‘’tadil kengliklarning g‘arbiy
havo massalari sirkulyatsiyasi ta’sirida bo‘ladi.
Havo
massalarining sirkulyatsiyasi, atmosfera yog‘inlari va haroratning
taqsimlanishi materikning ekvatordan shimoliy va janubiy qismlarida sezilarli
darajada farq qiladi. Yanvarda shimoliy yarim sharga nisbatan janubiy yarim shar
ko‘proq isiydi. Chunki bu paytda janubda yoz bo‘ladi. Iyulda aksincha, shimliy
yarim sharda jazirama issiq bo‘ladi. Natijada shimoliy yarim sharning subtropik
maksimumi O‘rta dengiz va Janubiy YYevropa tomon siljiydi. Yozda Shimoliy
Afrika hududida yer yuzasining kuchli qizishi tufayli past havo bosimi oblasti
vujudga keladi. Janubdan past havo bosimi oblastiga
janubi-sharqiy passat
shamollari kirib borib, ekvatordan shimolda Sudan hududi va Gvineya sohillariga
yog‘ingarchilik ketiradigan janubi-g‘arbiy ekvatorial mussonga aylanadi.
Afrikaning ekvatorda shimldagi sharqiy qismiga, Efiopiya va Somali hududlariga
Hind okeanidan esadigan janubi-sharqiy passatlarning davomi bo‘lgan musson
shamollari katta miqdorda yog‘ingarchilik olib keladi.
Afrikaning asosiy qismida yil bo‘yi haroratning yuqori bo‘lishi Quyoshning
ufqdan juda baland turishiga va insolyatsiyaning kuchlliligiga bog‘liq. Afrikaning
eng yuqori harorat Sahroi Kabir cho‘llariga to‘g‘ri kelib, bu yerda kunduzgi
harorat 40°S dan oshib ketadi. Maksimal harorat esa Liviya cho‘lida 58°S gacha
ko‘tarilgan. Bu butun Yer yuzining ham eng yuqori ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Materikning shimoliy va janubiy chekka qismlarida qish oylarining o‘rtacha
harorati +10°, + 12°S dan pastga tushmaydi. Ekvator atrofida joylashgan Kongo
botig‘ida va Gvineya qo‘ltig‘i sohillarida yil bo‘yi harorat 25°S atrofida bo‘ladi
Agarda Afrikaning iqlim haritasidagi yanvar va iyul oylarining izotermasiga nazar
tashlasangiz, uning aksariyat qismida havonnng yillik o‘rtacha harorati +20°S dan
yuqori ekanligini ko‘rasiz.
Materikning katta qismida fasllarning o‘rtacha harorati bnr-biridan keskin
farq qilmaydi. Ular o‘rtasida mavjud bo‘lgan faqat namlik sharoit bilan bog‘liqdir.
Afrikada past haroratni faqat tog‘lardagina kuzatish mumkin. Chunki balandlikka
ko‘tarilgan sayin harorat pasayib boradi. Binobarin, Ekvator yaqinida qad ko‘tarib
turgan Kilimanjaro va Keniya tog‘larining baland tepalari doimiy qor bilan
qoplanib yotganligi bunga misoldir.
Afrikaning barcha hududida iqlimning kontenentalligi
qanday namoyon
bo‘lsa, haroratning sutkalik amlitudasi ham shunday ifodalangan. Sahroi Kabirda
haroratning sutkalik amlitudasi 50°S ni tashkil etadi.
Afrikada yog‘in miqdori havo harorati singari nihoyatda notekis
taqsimlangan. Materikning eng sernam joylari Kongo havzasi, Gveniya qo‘ltig‘i
sohillari va baland tog‘ yon bag‘rlaridir. Gveniya qo‘ltig‘i sohillari va Liberiyada
yillik yog‘in mikdori 2000-3000 mm ni, Komgo botig‘ida 1000-2000 mm ni,
Kamerun tog‘ining janubi-g‘arbiy yon bag‘rlarida 9600 mm ni tashkil etadi.
Yog‘ingarchllikning asosiy qismini Atlantika okeanidan esadigan musson
shamollari keltiradi.
Yog‘in eng kam tushadigan joylar Afrikaning shimoliy va janubiy
qismlaridagi tropik o‘lkalardir. Bunga sabab tropiklarda yuqori atmosfera bosimi
va passat shamollarining hukmronlik qilishidir. Masalan, Afrikaning shimoliy
qismi g‘arbdan Sharqqa qarab katta masofaga cho‘zilgan va unga ulkan quruqlik
Yevrosiyo yaqin joylashgan. Passat shamollari quruqlik ustidan o‘tib, quruq tropik
havo keltiradi. Bu havo ekvator tomon borishda yanada kuchliroq qiziydi va
tarkibidagi namlikni yo‘qotadi. Shu sababli Shimoliy
Afrikada passat shamollari
esadigan rayonlarda yiliga o‘rtacha 3 mm yog‘in yog‘adi.
Janubiy yarim sharda quruq tropik iqlim shimoldagiga nisbatan ancha
sernamligi bilan farq qiladi. Chunki materikning janubiy qismi okeanlar oralig‘ida
joylashgan va unga okeanlarning ta’siri juda katta. Bu yerda passat shamollari
Hind okeanidan esadi. Shu sababli ular quruqlikdan esuvchi passat shamollariga
qaraganda sernam havoni keltiradi. Binobarin, Afrikaning janubiy qismida
shimoliy qismiga nisbatan yog‘ingarchilik ko‘proq bo‘ladi. Yillik yog‘in miqdori
500-1500 mm ni tashkil etadi.
Janubiy Afrikada yog‘in mikdori sharqdan g‘arbga qarab qamayib boradi.
Hind okeanidan esadigan janubi-sharqiy passat shamollari Madagaskar orolidagi
tog‘larga, Drakon tog‘larining sharqiy yon bag‘rlariga, Mozambik bo‘g‘ozi
sohillariga 2000-3000 mm ga yaqin yog‘in keltiradi. G‘arbga borgan sari yog‘in
miqdori kamaya borib, Kalahari botig‘ida 500
mm atrofida, Atlantika okeani
sohilidagi Namib cho‘lida 50 mm dan ham kam yog‘in tushadi.
Materikning okean qirg‘oqlari yaqinida juda ham kam yog‘in tushadigan
rayonlar uchraydi. Shunday joylardan biri Janubiy Afrikning g‘arbiy sohilidagi
Namib cho‘lidir. Bu yerda yog‘ingarchilikning kam bo‘lishiga sabab, qirg‘oq
yaqinidan Bengal sovuq oqimi o‘tadi. Sovuq oqim ustida tarkib topgan og‘ir, zich
va quruq havo materik qirg‘oqlari yaqinidagi joylarni haroratini pasaytiradi, yog‘in
yog‘ishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ma’lumki, sovuq havo og‘irroq va zichroq
bo‘lganligidan yuqoriga ko‘tarila olmaydi, bulutlar hosil qilmaydi va yog‘in
bermaydi. Lekin, okean yuzasidan bug‘langan nam past harorat ta’sirida tuman
hosil qiladi va yerga shudring bo‘lib tushadi. B u esa cho‘l landshaftlarini namlik
bilan ta’minlaydigan asosiy manbadir.
Afrikaning Janubi-Sharqiy qirg‘oklari yaqinida iqlim hosil bo‘lish jarayoni
boshqacharoq. Bu yerda Mozambik va Agulyas iliq oqimlari iqlimni yumshatadi,
havo namligini oshiradi va yog‘in miqdorini ko‘payishiga sabab bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: