O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə153/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Iqlimi va suvlari 



Okeanning iqlim sharoitlari va iqlim elementlarining xususyatlari uning qutb


o‘lkalarida joylashganligi bilan belgilanadi. Shimoliy Muz okeani iqlimining 
shakllanishida Arktika havzasi ustida vujudga keladigan Arktika havo massasining,
Shimoliy Atlantika va Tinch okeani iliq oqimlarining ahamiyati katta. Qish 
oylarida Arktika havzasi havosi ustida hosil bo‘lgan Arktika antitsikloni uzoq vaqt
hukmronlik qilib, okean akvatoriyasining hamma qismiga ta’sir etib qolmasdan, 
balki Shimoliy Amerika va Yevrosiyo materiklarining shimoliy hududlariga ham
ta’sir etadi. Natijada okean yuzasida va unga chegaradosh bo‘lgan materik 
sohillarida qish juda sovuq va yoz salqin bo‘ladi. Havoning o‘rtacha oylik harorati
okeanning turli joylarida qishda -20 °S dan -40° S gacha va yozda 0 °S dan, 6 °S 
gacha o‘zgarib turadi. Eng past harorat -52 °S ni tashkil etadi. Shamolning o‘rtacha
tezligi ancha mo‘’tadil va 4-6 m/s ga teng. Yozda tez-tez tuman tushib turadi. Kuz 
va qishda kuchli shamollar va to‘lqinlar bo‘ladi.
Arktika havo massalari Antarktika ustida tarkib topadigan havo massalariga 
nisbatan ancha iliqroq. Bunga sabab Shimoliy Muz okeani suv massalarida issiklik
manbalarining mavjudligidir. Bu issiqlik manbalarini Atlantikadan va kamroq 
Tinch okeanidan keladigan iliq oqimlar to‘ldirib turadi. Okean osmonida bulutli
kunlar yozda ko‘p (90%) va qishda kam (50%) bo‘ladi. Yog‘in asosan qor shaklida 
yog‘adi. Yillik yog‘in miqdori Arktika havzasida 150 mm ni, Sharqiy YYevropa
havzasida 250-300 mm ni tashkil etadi. 
Shimoliy Muz okeani suvining harorati va sho‘rligi chuqurlik bo‘ylab o‘zgara
boradi. Suv sathidan 25 m chuqurlikkacha bo‘lgan qatlamda suvning sho‘rligi 
29,5-32,5 ‰ni tashkil etadi., harorati qishda 0°S dan pastda bo‘ladi, yoz oylarida
1,5°S dan 1,9°S gacha ko‘tariladi. 600 m chuqurlikkacha bo‘lgan qatlamda 
suvning sho‘rligi 34,8-34,9 ‰ gacha ko‘payadi. 600-800 m chuqurlikda iliq qatlam
mavjud bo‘lib suvning harorati 0°S dan 2°S gacha va shqrligi 34,8 ‰dan 
35,00‰gacha ko‘tariladi. 800 m chuqurlikdan to okean tagigacha bo‘lgan
qatlamda suvning harorati Yana pasayib -1°S dan – 1,3°S gacha tushadi, sho‘rligi 
esa 35,2‰ gacha ortadi.
Shimoliy 
Muz
okeanigidrologik 

rejimiga


Atlantika 
va
Tinch

okeanlaridanamda Shimoliy Amerika va Yevrosiyo materiklari daryolaridan kelib


qo‘shiladigan suvlar katta ta’sir ko‘rsatadi va suv rejimining harakterli 
xususiyatlarini beligilaydi. Okeanga har yili Shimoliy Atlantika oqimi orqali 298
ming km3 Atlantika suvi, Bering bo‘g‘ozi orqali 30 ming km3 Tinch okeani suvi 
va materiklardan 4,5 ming km3 daryo suvi oqib keladi. Okean havzasida
to‘plangan ortiqcha suvlarning 292,3 ming km3 Sharqiy Grenlandiya oqimi bilan 
va 41,7 ming km3 Kanada-Arktika arxipelagi bo‘g‘ozlari orqali Atlantika okeaniga
chiqib ketadi. Sharqiy Grenlandiya oqimi yordamida Arktika havzasidan yiliga 8-
10 ming km3 muzlar ham janubga suzib ketadi. Ana shunday gidrologik sharoitlar
tufayli Shimoliy Muz okeanining suv balansi tenglashib turadi. Shuni ta’kidlash 
o‘rinliki, Shimoliy Atlantika iliq oqimi Shimoliy Muz okeani akvatoriyasiga
kiraverishda atmosferaga 70% dan ziyodroq issiqlik beradi vash u bilan birga havo 
qobig‘iga hamda uning dinamikasiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Shimoliy Muz okeani gidrologik rejimining eng muhim harakterli 
xususiyatlaridan biri uning akvatoriyasini qalin muz bilan qoplanganligidir. Muz



qoplamining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri esa uning makon va zamonda doimo


dinamik holatda bo‘lishidir. Bu xususiyat muz qoplamining maydonini yoz faslida 
eng minimal darajada 7 mln km2 gacha qisqarishi va qish faslida eng maksimal
darajada 11,4 mln km2 gacha ko‘payishi bilan belgilanadi. Muzlarning dinamik 
holatini ikkinchi ko‘rinishi, ularning bir necha yillar davomida dreyflar qilib suzib
yurishidir. Okeanda dreyf qilib yuruvchi aysberglar juda keng tarqalgan. Ular 
orasida 600-700 km2 keladigan ulkan aysberglar ham uchraydi. Aysberglar
kemalarning qatnoviga xavf tug‘diradi.
Shimoliy Muz okeanida muzlarning qalinligi iqlim sharoitiga ko‘ra
turlichadir. Bir yillik muzlarning qalinligi 1-2 m gacha va ko‘p yillik muzlarning 
qalinligi 3-4 m gacha, ayrim joylarda 4,5 m gacha boradi. Shamollar va oqimlar
muzlarni harakatga keltirib qalashtiradi va toroslarni hosil qiladi. Toroslarning 
balandligi 12-15 m gacha yetadi. Binobarin, muzlik sharoiti Shimoliy dengiz yo‘li
va Shimoli-G‘arbiy yo‘lakda kema qatnovini ancha qiyinlashtiradi. 

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin