O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə151/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Dengizlari va orollari 
Qutbdan turib kuzatsangiz, Shimoliy Muz okeani dengizlarini Arktika havzasi
atrofida doira shaklida joylashganini ko‘rasiz. Bular Grenlandiya, Norvegiya, 
Barens, Oq, Kara, Laptevlar, Sharqiy Sibir, Chukotka, Boford va Linkoln
dengizlaridir. Ular o‘zining geografik joylashishiga ko‘ra chekka yoki ochiq 
dengizlar bo‘lib, faqatgina Oq dengiz ichki dengiz hisoblanadi. Dengizlar bir-
birdan va asosiy havzadan orollar hamda arxipeloglar orqali ajralib turadi. Jadvalda 
Shimoliy Muz okeani dengizlarining maydoni, maksimal va o‘rtacha chuqurliklari
berilgan. Quyida maydoni jihatdan eng katta bo‘lgan Barens dengiziga to‘xtalib 
o‘tamiz.
Barens dengizi YYevropaning shimoliy materik qirg‘og‘i bilan Vaygach, 
Novaya Zemlya, Medvejiy, Shpitsbergen orollari va Frans Iosif Yeri arxipelagi
oralig‘ida joylashgan. Maydoni 1405 ming km2, o‘rtacha chuqurligi 229 m, eng 
chuqur joyi 600 m va o‘rtacha suv hajmi 282 ming km3. Dengiz tagining 47,3%
shelfdan va 52,7% o‘rtacha 200-60 m chuqurlikdan iborat. 

Jadval № 5


Shimoliy Muz okeani dengizlari

Dengizlar 

Maydoni, ming km2 


Chuqurligi, m


maksimal 
o‘rt
acha

1.
Barens

1405
600

229
2.

Norvegiya
1383

3860
174

2
3.

Grenlandiya


1205

4846
144

4
4.

Sharqiy Sibir


901

155
58

5.
Kara

883
620

118
6.

Laptevlar


650

3450
519

7.
Chukotka 
582
160

88
8.

Bofort
476

4683
100

4



9.
Oq

90
330

89
Dengizda orollar kam uchraydi. Eng yirigi antropogen davri dengiz va 


morena yotqiziqlaridan tarkib toptan Kolguyev oroli bo‘lib, uning maydoni 3728


km2 ga teng. Barens havzasiga Nordkap oqimi orqali Atlantika okeanidan iliq va 
materik daryolaridan chuchuk suv kelib qo‘shiladi va dengizning gidrologik
rejimiga ta’sir etadi. Materikning o‘zidan yiliga 163 km3 suv quyiladi, shundan 
70% Pechora daryosiga to‘g‘ri keladi.
Barens dengizi iqlimi arktika iqlimiga mansub bo‘lib, unga bir tomondan 
arktika havzasining sovuq havo massasi va ikkinchi tomondan iliq Nordkap oqimi
ta’sir etadi. Binobarin, dengizning janubiy qismi iliq oqim ta’sirida bo‘lganligi 
tufayli uning akvatoriyasida muz qoplami kuzatilmaydi. Qish oylarida dengizning
janubi-g‘arbiy qismida havo harorati -4°S dan shimolida -20-25°S gacha pasayadi. 
Yoz oylarida esa harorat shimolda 0°S dan janubi-g‘arbda 10°S gacha ko‘tariladi.
Huddi shunday yillik yog‘ingarchiliq miqdori ham shimolda 250 mm dan janubi-
g‘arbda 500 mm gacha ortib boradi. Nordkap oqimi yuzasida suvning harorati yil
davomida 4°S dan 12°S gacha bo‘ladi. Suvining sho‘rligi 32,0-35,0°/00. Dreyf 
muzlari aprel oyida ham iliq oqim yaqinlarida suzib yuradi. Avgustda muzlar
Shpitsbergen va Frans-Iosif Yerigacha chekinadi. Dengiz sohilida muzlamaydigan 
port Murmansk shahri joylashgan.
Shimoliy Muz okeani maydonining kichik bo‘lishiga qaramasdan orollar soni 
jihatidan Tinch okeanidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Orollarning ko‘pchiligi
materik sayozligida joylashgan. Shimoliy Amerika va Yevrosiyo materiklari 
sohillaridan Arktika havzasi tomon borgan sari orollarning soni keskin kamaya
boradi. Okeanning eng yirik orollari Grenlandiya, Elsmir, Viktoriya, Banks, 
Kanada-Arktika arxipelagi, Islandiya, Shpitsbergen, Frans Iosif Yeri arxipelagi,
Novaya Zemlya, Severnaya Zemlya, Novosibirsk orollari, Vaygach, Kolguyev, 
Vrangel va boshqalar. Barcha orollarning umumiy maydoni 4 mln. km2.

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin