O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə150/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Tekshirilish tarixi 
Shimoliy Muz okeaning tekshirilish tarixi bir necha mamlakat fuqarolari - 
rossiyalik
norvegiyalik, 
shvesiyalik
dengizchi, 
sayyoh
va

olimlarning


kahramonona jasoratlari tarixidir. 
Eramizdan oldin 325 yillar atrofida Marsellik Pifey Shimoliy Muz okeanning
janubiy qismi-qutbyoni kengliklarigacha suzib borgan, Islandiyada bo‘lgan va u 
yerni Tule deb atagan. X asrda normanlik dengizchi Otar Barens dengizining
janubiy qismidan - Nordkap burni yaqinidan suzib o‘tib, Oq dengizning 
Kandalaksha qo‘ltig‘igacha borgan va kuzatishlar o‘tkazgan. Inglizlar o‘z
sayyohlarini faqat g‘arbga emas, balki sharqqa qarab jo‘natishni ham o‘z oldilariga 
vazifa qilib qo‘yishdi. 1553 yilda Uillobi, Chensler va Barrou boshchiligidaga
ingliz kemalari okeanning sharqiy regioniga yo‘l olib, 700 sharqiy uzoqlikkacha 
suzib borishdi.
Gollandiyalik dengizchi Villem Barens rahbarlik qilgan ekspeditsiya 
ishtirokchilari 1594-1597 yillarda Yugorskiy Shar bo‘g‘ozidan suzib o‘tib, Yamay
yarim oroligacha yetib bordilar. Ular Medvejiy va Shpitsbergen orollarini kashf 
etib, Novaya Zemlyaning shimoli-sharqiy qirg‘oqlarida qishladilar va shu yerda



V.Barens vafot etdi. V.Barensning okeanshunoslik faniga qo‘shgan hissasidan biri


XVI asrning oxirida Shimolliy Muz okeanining g‘arbiy qismini haritasini tuzdi va 
ayrim geografik tafsilotlarini berdi. G.Gudzon Grenlandiyaning sharqiy sohillari
bo‘ylab suzib 73° sh.k. gacha bordi. 
XVII asrning boshlaridan Shimoliy muz okeanining umumiy qiyofasi yaxshi
o‘rganila boshladi. S.I.Dejnev Shimoliy Osiyo qirg‘oqlarini tadqiq etish bilan 
shug‘ullanib, u Kolima daryosining quyi qismidan materikning eng sharqiy
chekkasigacha bordi va 1648 yilda Osiyo bilan Amerika o‘rtasida bo‘g‘oz borligini 
hamda Shimoliy Muz okeani Atlantika okeani bilan tutash ekanini kashf etdi.
Keyinchalik bu bo‘g‘oz ikkinchi marta Vitus Bering tomonidan kashf etilib uning 
nomiga kuyildi.
Buyuk Shimol ekspeditsiyasi 1733-1743 yillar davomida Shimoliy Muz 
okeani qirg‘oqlarini rejali ravishda o‘rganish ishlarini amalga oshirdi.
Ekspeditsiyaning asosiy maqsadi Oq dengizdan Bering dengiziga suzib boradigan 
qisqa masofali suv yo‘lini topish edi. Ekpeditsiya qatnashchilari ilmiy jasorat
ko‘rsatib, Pechora daryosining quyilish joyidan Bering bo‘g‘ozigacha qirg‘oq 
bo‘ylab borishdi va u joylarni haritasini tuzishdi. Qatnashchilardan S.I.Chelyuskin,
D.Ya.Laptev, X.P.Laptev va boshqalar haritadagi geografik nomlardan faxrli 
o‘rinlarni olgan. M.V.Lomonosov ekspeditsiya to‘plagan materiallarni o‘rganib,
Shimoliy Muz okeani to‘g‘risidagi birinchi ilmiy tasavvurni hosil qilib, qutb 
atrofidagi dengizlar tagida ko‘tarilmalar borligi haqidagi fikrni bayon etdi, oqimlar
va muzlarning harakati to‘g‘risida taxmin qildi. 
1827 yilda U.Parri Shpitsbergen atrofidagi dengizlarda suzib 82°45* shimoliy
kenglikkacha bordi. T.J.Franklin (1827 yil) va J.Ross (1829 yil) Kanada-Arktika 
arxipelagining dengiz qirg‘oqlarini qiyofasini aniqladilar. 1850-1853 yillarda Mak-
Klur va Mak-Klintoklar Shimoli-G‘arbiy dengiz yo‘li mavjudligini isbotladilar. 
A.Nordensheld rahbarligidagi rus-shved ekspeditsiyasi 1878-1879 yillarda "Vega"
yelkanli kemasida okeanning g‘arban sharqqa yo‘lida bir qishlab kesib o‘tib 
Shimoli-Sharqiy dengiz yo‘lini muvaffaqiyatli zabt etdi. Arktika havzasining ilmiy
tadqiq qilishning yangi davrini boshlanishida F.Nansenning xizmati katta. 1893-
1896 yillarda u boshchiliq qilgan ekspeditsiya a’zolari "Fram" kemasida suzib,
okean to‘g‘risida ko‘plab materiallar to‘pladi va buyuk kashfiyotlar uchun imkon 
yaratdi.
XX asrga kelib Shimoliy Muz okeanini ilmiy tadqiq qilish keng ko‘lamda 
boshlandi. R.Amundsen 1903-1906 yillarda Shimoli-G‘arbiy suv yo‘lini yana bir
bor zabt etib, Shimoliy Amerika materigi qirg‘oqlari bo‘ylab suzib o‘tdi. R.Piri 
1909 yilda birinchi bo‘lib Shimoliy qutga qadam qo‘ydi. S.O.Makarov loyihasi
asosida qurilgan "Yermak" muzyorar kemasi 1899-1901 yillarda Arktika havzasida 
suzib okeanografik kuzatishlar olib bordi, muzlarning holatini va harakatini
o‘rgandi, okean suvida haroratni va sho‘rlikni taqsimlanishi to‘g‘risida materiallar 
to‘pladi. 1932 yilda O.Yu.Shmidt rahbarligidagi ekspeditsiya muzyorar kemada
okeanni g‘arbdan sharqda bir kema qatnovi faslida suzib o‘tdi. Ular suzish 
davomida chuqurliklarni, muz qalinligini o‘lchadilar, ob-havoni kuzatib bordilar.
1937 yilda suzib yuruvchi muz ustida birinchi qutb stansiyasi "Severniy 
polyus-1 (SP-1)" tashkil etildi. I.D.Papanin rahbarligidagi to‘rt qutbchi Shimoliy



qutbdan Grenlandiya dengizigacha bo‘lgan masofani suzib yuruvchi muz ustida


o‘tib, ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirdi. Keyinchalik Arktika havzasini tadqiq 
etishda "SP-2", "SP-3", "SP-4", "SP-5" va boshqa dreyf stansiyalarning roli katta
bo‘ldi. Bu uslubdan hozirgi kunda Rossiya, Amerika, Kanada qutb tadqiqotchilari 
keng foydalanishmoqda.
Hozirgi kunda okeanni tadkiq qilishda samolyotlardan va kosmosdan olingan 
rasmlardan keng foydalanib, okean ustidagi atmosfera holatining o‘zgarishi,
muzliklarning harakati, oqimlar to‘g‘risida ma’lumotlar olinmoqda va xalq 
xo‘jaligaga yetkazilmoqda. Uzoq yillar davomida olib borilgan tadqiqotlar
natijasida Shimoliy Muz okeanining tabiatining iqlimi, organik dunyosi, oqimlari 
o‘rganildi, okean tagi rel’efi va geologik tuzilishi aniqlandi

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin