O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi organik kimyo kafedrasi Organik kimyo fanidan



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə1/8
tarix21.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#118633
  1   2   3   4   5   6   7   8
Ko’p atomli spirtlar


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


Organik kimyo kafedrasi
Organik kimyo fanidan

KURS ISHI
Ko’p atomli spirtlar” mavzusida


Bajardi: Kimyo yo’nalishi KIM-AU-19 guruh talabasi Sh.Nordinov
Rahbar: Sh. Sulaymonov




MUNDARIJA







KIRISH
I. bob. ASOSIY QISM







I.1 Ko’p atomli spirtlarning izomeriyasi va nomenklaturasi







I.2 Ko’p atomli spirtlarning fizik va kimyoviy xossalari.







I.3 Ko’p atomli spirtlarning olinishi va ishlatilishi.







I.4 Ko’p atomli spirtlarning ayrim vakillari.







II.bob. AMALIY QISM.







II.1 Ko’p atomli spirtlarga hos labaratoriya tajribalarini o’rganish.







Xulosa







Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati




KIRISH
Yer, tuproq, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi, boshqa tabiiy resurslar umumxalq mulki hisoblanadi. Undan oqilona foydalanish kerak va u davlat himoyasidadir. (O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 55-modda )

Kimyo tabiiy fanlar qatoriga kiradi. Atrofimizni oʻrab turgan dunyo, hayvonot olami va jonsiz tabiat bularning barchasi moddalardan tarkib topgan. Kimyo fani ana shu moddalar tarkibi, xossalari, tuzulishi, shuningdek, bir turdan ikkinchi turga oʻtishini oʻrganadi. Kimyo tabiat haqidagi fan boʻlib, u fizika, biologiya, minerologiya kabi fanlar bilan uzviy bogʻliq.


Organik moddalar kishilarga qadimdan ma’lum, ular organik bo’yoqlarni (alizarin, purpur, indigo), uzum sharbatini bijg’itib sirka hosil qilishni, o’simliklardan shakar hamda moy olishni, yog’larni ishqorlar bilan qaynatib sovun hosil qilishni bilganlar va bu moddalardan foydalanganlar.
Hozirgi ilm-fan, texnika va sanoat jadal rivojlanayotgan, ijtimoiy, ekologik holat keskinlashib borayotgan vaqtda umumiy o’rta maxsus ta’lim maskanlarida kimyo fanini mazmun jihatdan yangicha o’qitish bir tomondan zaruriyat bo’lsa, ikkinchi tomondan, zamon talabidir. Umumiy o’rta maxsus ta’lim maskanlarida umumiy kimyoning asosiy qonunlarini o’rganishdan boshlab, davriy qonun, kimyoviy elementlarning atom tuzilishi va tarkibini, yangi kimyoviy elementlar sintezi, kvant sonlari, kimyoviy reaksiya tezligi va unga ta'sir etuvchi omillar, dispers sistema, oksidlanish-qaytarilish reaksiya turlari, organik kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari, organik birikmalar sinflari, yuqori molekulyar birikmalar, O’zbekistonda kimyo fani va kimyo sanoatining rivojlanish mavzulari imkoni boricha o’quvchilar atrofini o’rab turgan muhitdagi hayot; turmush va ishlab chiqarish hamda tajribasi bilan bog’langan bo’lishi lozim. Organik kimyo - organik moddalarning asosiy manbalari toshko’mir, neft, tabiiy gaz, o’rmon va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash yo’li bilan xalq xo’jaligi uchun yoqilg’i, bo’yoq, portlovchi modda, dori-darmon, sun’iy ipak, o’g’it va boshqa kerakli mahsulotlar yetkazib beradi. Paxta tolasini qayta ishlash, sun’iy ipak, kapron, neylon va lavsan kabilarning olinishi organikkimyoni to’qimachilik sanoatining rivojlanishiga qo’shgan katta hissasidir. Organik kimyo fanining taraqqiyoti, texnikaning va umuman ishlab chiqarishning rivojlanishida hal qiluvchi omil bo’lib hisoblanadi.



Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin