I BOB. ASOSIY QISM
Ko’p atomli spirtlarning izomeriyasi va nomenklaturasi.
Molekulasida ikki va undan ortiq gidroksil guruhlari bo’lgan birikmalar ko’p atomli spirtlar deyiladi. Ko’p atomli spirtlarning molekulasidagi gidroksil guruhlar turli uglerod atomiga bog’langan bo’ladi. Agar bir uglerod atomiga bir necha gidroksil guruh birikkan bo’lsa, ular barqaror emas, u holda undan suv molekulasi ajralib chiqishi natijasida aldegid, keton va kislotalar hosil bo’ladi.Tarkibidagi ikkita gidroksil guruhi bor spirtlarga diollar yoki glikollar deyiladi. Ulaming umumiy formulasi CnH2n(OH)2. Ikkita gidroksil guruh odatda bitta uglerod atomida joylasha olmaydi, ya'ni tezda bir molekula suv ajralishi hisobiga aldegid yoki keton hosil qiladilar. Lekin ulaming efirlari - atsetallari turg’un birikmalardir. Ikki atomli spirtlar glikollar yoki diollar deyiladi.. Odatda ikki atomli spirtlarning nomlari “glikol” so’zini qo’shib, masalan, etilenglikol, propilenglikol kabi ikki atomli radikal nomidan keltirib chiqariladi. Jeneva nomenklaturasiga ko’ra, C oxiriga-ol, lekin gidroksil guruhlari sonini ko’rsatiladi-diol va shu gidroksil guruh qaysi uglerod atomiga turganligini ko’rsatib nomlanadi. Butandiolning oltita izomeri bor:
1. CH2-CH-CH2-CH3 butilenglikol 1,2 –(α izomer)
| |
OH OH
2. H2C-CH2-CH-CH3 butandiol -1,3 ( β-izomer)
| |
OH OH
3. CH2- CH2-CH2-CH2 butandiol -1,4(γ-izomer)
| |
OH OH
4. CH3-CH-CH-CH3 butandiol-2,3 (α-izomer)
| |
OH OH
5. CH2- C( CH3)- CH3 2-metilpropandiol-1,2(α-izomer)
| |
OH OH
6. CH2-CH(CH3)-CH2 2-metilpropandiol-1,3 ( β- izomer)
| |
OH OH
Glikollar gidroksil guruhlarining joylashishiga qarab α, β,γ holatlarda bo’ladi.
Glikollarning ikkilamchi va uchlamchi birikmalari ham bo’lishi mumkin. Bunda
ikkilamchi va uchlamchi birikmalari ham bo’lishi mumkin, ikkita gidroksil guruh qo’shni uglerod atomida joylashgan bo’ladi. Ular pinakonlar deb ataladi. Ayrim hollarda ikki atomli spirtlarni dioksi birikmalar deb ham atashadi.
CH2- CH- CH3 1,2 - dioksipropan
| | ( propilenglikol -1,2 )
OH OH
Uch atomli spirtlar (gliserinlar yoki triollar). Uch atomli spirtlarda uchta uglerod atomiga uchta gidroksil guruhi birikkan bo’ladi, ularning umumiy formulasi: CnH2n-1(OH)3. Ular Jeneva nomenklaturasiga ko’ra triollar deb ataladi, ularning birinchi vakili gliserin yoki propantriol deyiladi.
CH2-CH-CH2
| | | 1,2,3-propantriol
OH OH OH
Buni birinchi marta Sheele ( 1783y ) yog’ni qo’rg’oshin oksidi bilan qizdirib olgan. Uch atomli spirtlarda ham izomeriya xuddi ikki atomli spirtlardagi singari, ya’ni uglevodorod zanjirining tuzilishiga va gidroksil guruhlarining joylashishiga bog’liq. Glikollarning ikkilamchi va uchlamchi birikmalari ham bo’lishi mumkin. Bunda ikkita gidroksil guruh qo’shni uglerod atomida joylashgan bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |