Dunyo okeanining biogeografik oblastlari. Okean suvining yuza qatlamida
va dengiz tagining qirg‘oqbo‘yi qismida yashaydigan organik Dune o‘zining
floristik va faunistik tarkibiga ko‘ra bir qator biogeografik oblastlarni vujudga
keltiradi. Suv yuzasida hayot sharoitining almashinishida orografik to‘siq va
keskin chegara yo‘qligi tufayli Dune okeanida ajratilgan biogeografik oblastlar
miqyos jihatidan muayyan tabiiy geografik zonalarga yoki zonalar guruhiga to‘g‘ri
keladi. Okeandagi biogeografik oblastlar nihoyatda yirik akvatorial birliklar bo‘lib,
materiklarda ajratiladigan tabiiy geografik oblast tushunchasidan bir muncha farq
qiladi.
Dune okeanida A.G.Voronov (1963) tomonidan quyidagi biogeografik
oblastlar ajratilgan: Arktika, Shimoliy Atlantika, Shimoliy Tinch okean, Tropik-
Atlantika, Tropik-Hind-Tinch okean va Antarktika. Ayrim hollarda Antarktika
oblasti doirasida Notal-Antarktika kichik oblasti ham ajratiladi. Har qaysi
biogeografik oblast litoral (qirg‘oqbo‘yi) va pelagial kichik oblastlarga bo‘linali.
Arktika oblasti haroratining yil davomida pastligi, muz bilan qoplanganligi,
suvining sho‘rligining nisbatan kamligi, flora va fauna tarkibining kambag‘alligi
va organizmlarning kam mahsuldorligi bilan harakterlanadi. Faqat yoz faslida
fitoplankton, zooplankton va boshqa hayvonlarning rivojlanishi uchun qulay
sharoit vujudga keladi. Arktika oblastida 3000 turga yaqin tirik organizmlar
yashaydi. Shundan 150 turi baliqlar va 17 turi sut emizuvchilardir. Baliqlardan
lasossimonlar, koryushkasimonlar, treskasimonlar va kambalasimonlar ko‘p
tarqalgan. Sut emizuvchilardan kitlarning ayrim turlari, Grenlandiya tyuleni,
morjlar va oq ayiqlar uchraydi. Oblastning markaziy qismi yil bo‘yi muz bilan
qoplangan.
Shimoliy Atlantika va Shimoliy Tinch okean oblastlari Dunyo okeanining
subarktika va mo‘’tadil zonalarida joylashan. Ular boreal oblastlari deb ham
ataladi. Bu oblastlarda Arktika oblastiga nisbatan suv haroratining yuqoriroq
bo‘lishi o‘simlik va hayvonot olamining yaxshi rivojlanishiga va ularning turlarga
boy bo‘lishiga imkon yaratgan. Boreal oblastlar biomassaga nihoyat darajada boy
bo‘lib, Dune okeani oblastlari ichida biomassa miqdori jihatidan birinchi o‘rinda
turadi. Asosiy baliq ovlanadigan raYonlar ham shu oblastlarda joylashgan.
Shimoliy
Atlantika
oblastida
baliqlardan
treska,
piksha,
sayda,
kambalasimonlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Janubiy raYonlarida sultanka, gshuban
va kefallar uchraydi. Qisqichbaqasimonlardan langustalar, omarlar, krevetkalar
ko‘p. Sut emizuvchilardan tyulenlar yashaydi. Shimoliy Tinch okean oblastida
lasossimon baliqlar Uzoq Sharq sardinasi, umurtqasizlardan Kamchatka krabi ko‘p
ovlanadi. Sut emizuvchilardan dengiz mushugi, kalan, sivuch va kitsimonlar
harakterli.
Dostları ilə paylaş: |