ularning uzunligi yuzlab kilometrni, tarqalish tezligi soatiga 700-800 km ni,
balandligi 20-30 km ni tashkil etadi.
Dunyo okeanining gidrodinamikasi va gidrologik
rejimida suv sathining
davriy ravishda ko‘tarilib va pasayib turishi muhim rol o‘ynaydi. Oy va
Quyoshning tortishish kuchi oqibatida okean yuzasida
suvning yarim sutkalik va
sutkalik ko‘tarilishlari sodir bo‘ladi. Ayniqsa yarim sutkalik suv ko‘tarilishlari
ko‘p takrorlanadi. Ularning balandligi hamma akvatoriyada bir xil emas. Ochiq
okean yuzasida suv ko‘tarilishlarining balandligi 1 m dan oshmaydi, qirg‘oqlarda
3-6 m ga yetadi. Eng katta suv ko‘tarilishlari okean qo‘ltiqlarida
va chekka
dengizlarda kuzatiladi. Suvning ko‘tarilishi Kanadaning Atlantika sohilidagi Fandi
qo‘ltig‘ida 18 m, Shimoli-Sharqiy Osiyoning Oxota dengizidagi Penjina ko‘rfazida
12,9 m, Oq dengizning Mezen ko‘rfazida 10 m bo‘lgani aniqlangan.
Suv massalari. Okean suvlari qalinligida dinamik jarayonlar natijasida
ko‘proq yoki kamroq harakat qiladigan suv qatlamlari hosil bo‘ladi.
Bular suv
massalaridir. Suv massalari deb o‘ziga xos maydon va chuqurlik bilan
o‘lchanadigan, muayyan tabiiy geografik sharoitda dinamik
jarayonlar natijasida
shakllangan, fizik-kimyoviy va biologik xususiyatlari nisbatan bir xil bo‘lgan suv
hajmiga aytiladi. Suv massalari va ularning turlarini hosil qiladigan asosiy omillar
okean akvatorial o‘lkasining issiqlik, chuqurlik va suv balansi kabilardir. Shuning
uchun harorat, sho‘rlik, harakat va chuqurlik ko‘rsatkichlari suv massalarini sifat
va miqdor jihatdan ta’riflashda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Dunyo okeanining vertikal strukturasida yuza (200-250 m chuqurlikkacha),
oraliq (2000 m chuqurlikkacha), chuqur (4000 m chuqurlikkacha)
va okean tagi
(4000 m dan chuqur) suv massalari ajratiladi. Ular o‘znavbatida turlarga bo‘linadi.
Masadan, yuza suv massalari tabiiy sharoitning zonal o‘zgarishlariga ko‘ra
ekvatorial, tropik, subarktika, antarktika va arktika kabi turlarga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: