kimyoviy xususiyatlari, suvining kimyoviy tarkibi, sayyora bo‘yicha
akvatoriyasining tutashganligi jihatidan geografik qobiq
va landshaft sferasining
bir butun tabiiy geografik tizimini tashkil etadi. Dunyo okeani geografik qobiqda
takrorlanmas tabiiy geografik hosila bo‘lib, u o‘ziga xos moda va energiya
almashinish,
fizik va kimyoviy, vertikal va gorizontal differensiatsiyalanish
xususiyatlari bilan materiklardan farq qiladi.
Maydonining kattaligi. Sayyoramizning 361 mln. km3 maydoni yoki
70,8% qismi okean suvi bilan qoplangan. Dune
okeanining umumiy suv hajmi
1370 mln. km3, o‘rtacha chuqurligi 3795 m. okean suvi Yer yuzid natekis
taqsimlangan. Uning katta qismi ekvatordan janubda, kamroq qismi
esa shimolda
joylashgan. Okean akvatoriyasi Shimoliy yarim sharning 61% ini, Janubiy yarim
sharning 81% ini egallab olgan. Lekin ochiq va ichki dengizlar qo‘ltiqlar Janubiy
yarim sharda ko‘p tarqalgan. 810 sh.k. dan shimolda va 560 bilan 650 j.k.lar
o‘rtasida okean suvi Yer kurrasini uzluksiz halqa shaklida o‘rab olgan. Suv va
quruqlik maydonining ko‘pligiga qarab Yer yuzasi Okean yarim shari va Materik
yarim shariga bo‘linadi. Gidrosferaning nihoyatda katta qismi bo‘lgan okeanosfera
atmosfera va yer po‘sti bilan o‘zaro uzluksiz aloqada.
Shuning uchun Denyo
okeanining ko‘pgina xususiyatlari atmosfera va yer po‘stiga bog‘liq.
Dune okeani tagining geologik tuzilishi va relefi
Okean tagi yer po‘stining tuzilishi. Dunyo okeani tagi suv sathidan turli xil
chuqurlikda joylashgan. Uning yuzasi relefining va yer po‘stining tuzilishiga ko‘ra
bir-biridan keskin farq qiladigan global morfostrukturalardan – suvosti materik
chekkasi, o‘tkinchi zona, okean lojesi va o‘rtalik okean tizmalaridan tarkib topgan.
Ularning har biri okean tagidagi yer po‘stining alohida-alohida tiplariga to‘g‘ri
keladi. Jumladan, materikning suvosti chekkasi yer po‘stining
materik tipiga,
okean lojesi okeanik tipga, o‘rtalik okean tizmalari riftogenal tipga va o‘tkinchi
zona geosinklinal tipga mansub. Okean tagi yirik relef shakllarining vujudga
kelishida yer po‘stining vertikal va gorintal harakatlari asosiy rol o‘ynagan.
Dunyo okeani tagi global morfostrukturalar o‘znavbatida
ikkinchi darajali
megamorfostrukturalarga bo‘linadi. Materikning suvosti chekkasi materik
sayozligi yoki shelf, materik yon bag‘ri va materik etagidan iborat. O‘tkinchi zona
cheka dengiz botiqlari, orollar yoy iva chuqur suv tagi cho‘kmalariga bo‘linadi.
Okean lojesi okean botiqlaridan va okean ko‘tarilmalaridan tashkil topgan. O‘rtalik
okean tizmalari riftli va tomonli zonalarga bo‘linadi.
Okean tagi yer po‘stining materik tipi okean tipiga nisbatan keng tarqalgan
va o‘rtacha qalinligi 35 km ni tashkil etadi. Uning yuqori qatlami cho‘kindi
jinslardan, quyi qismi granitli va bazaltli qatlamlardan iborat. Okean lojesi tagidagi
yer po‘sti okeanik po‘st deb atalib, uning qalinligi taxminan 7 km ga teng. Okeanik
yer po‘stining yuqori 1 km qalinlikdagi qismi cho‘kindi qatlamdan, undan pastda
qalinligi 1 km atrofida bo‘lgan zichroq jinsli ikkinchi
qatlamdan va eng pastda
qalinligi 5 km ga teng bo‘lgan bazalt qatlamidan tuzilgan.
Dostları ilə paylaş: