O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə108/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Janubi-sharqiy Osiyo 

Yevrosiyoning eng janubi-sharqiy qismida joylashgan Hindixitoy yarim oroli 


va uning janubiy davomi bo‘lgan Malakka yarim oroli Janubi-SHarqiy Osiyo
regionini tashkil etadi. Hindixitoy yarim oroliga yaqin joylashgan Malay arxipelagi 
ham orollar tabiiy geografik o‘lkasi sifatida Janubi-SHarqiy Osiyo regioni
tarkibida o‘rganiladi. Quyida bu o‘lkalarning tabiiy geografik xususiyaglariga 
tavsilot berib o‘tamiz.

Hindixitoy yarim oroli. Hindixitoy yarim oroli Yevrosiyoning eng janubi-
sharqiy qismida joylashgan tabiiy geografik o‘lkadir. Uning maydoni 2 mln km
2

atrofida bo‘lib, sharqiy va janubiy qirg‘oqlarini Tinch okean dengizlari, g‘arbiy 


qirg‘oklarini hind okeani dengiz va qo‘ltiq suvlari yuvib turadi. Hindixitoy yarim


oroli materikning janubiy qismida joylashgan yarim orollardan qirg‘okparining 
kuchli kesilganligi, geologik strukturasining murakkabliga va er usti tuzlishining
xilma-xilligi bilan farq qiladi. O‘lka hududida Vetnam, Laos, Kampuchiya, 
Tailand, Birmaning katta qismi va Malayziya, joylashgan.
Hindixitoy yarim orolining o‘rtalik qismi eng qadimiy Hindsina kristall 
massividan, sharqiy qismi mezozoy burmali strukturadan va g‘arbiy qismi
kaynozoy burmali strukturadan tarkib topgan. SHuning uchun tog‘ tizmalarining 
yo‘nalishi submeridional yo‘nalishga ega. Er yuzasining umumiy qiyaligi
shimoldan janubga tomon pasayib boradi. SHimoliy va markaziy qismlarida 
tog‘liklar va platolar, janubiy qismida allyuvial pasttekisliklar joylashgan.
O‘lkaning barcha tog‘ tizmalari va tog‘liklari shimoldan janubga qarab cho‘zilgan 
g‘arbiy, markaziy va sharqiy orografik mintaqalarga bo‘linadi.
YArim orolning g‘arbiy chekka qismida Rokxayn yoki Arakan tog‘ tizmasi 
Bengal ko‘ltig‘i qirg‘og‘i bo‘ylab cho‘zilgan. Uning janubiy davomi Andaman,
Nikobar, Sumatra va YAva orollarigacha kirib borgan. Arakan tog‘lari parallel 
tizmalardan iborat bo‘lib, aksariyat qismi paleogen davrining yotqiziqlaridan
tuzilgan. Uning eng baland nuqtasi Viktoriya cho‘qqisida 3053 m ga etadi. Arakan 
tog‘ tizmasidan janubda balandligi 1898 m bo‘lgan Sun tog‘i, sharq tomonda
baland nuktasi 800 m ga ko‘tarilgan Pegu past tog‘lari joylashgan. Arakan va Pegu 


tog‘ tizmalarini bo‘ylama cho‘zilgan Iravadi vodiysi va shu nomli allyuvial


pasttekislik ajratib turadi. 
G‘arbiy mintaqadan sharqroqda joylashgan markaziy orografik mintaqa
shimolda SHan tog‘ligidan boshlanib Malakka yarim orolining janubiy qismigacha 
davom etadi. SHan tog‘ligi va uning janubiy davomi bo‘lgan tizmalar kembriydan
oldingi qadimiy kristall jinslardan tarkib topgan. Ularning ustki qismi 
paleozoyning ohaktoshlari va qumtoshlari bilan qoplangan. Bu qadimiy
burmalangan zona mezozoy va kaynozoyda vertikal tektonik harakatlar natijasida 
qaytadan ko‘tarilib burmali-palaxsali tog‘larga aylangan. SHan tog‘ligi chuqur
vodiylar va tog‘oralig‘i botiqlari bilan kuchli parchalangan. Uning g‘arbiy 
ohaktoshli pastrok qismida karst relef shakllari yaxshi rivojlangan. SHarqiy qismi
tik yon bargli va dengiz sathidan 2000-2500 m baland ko‘tarilgan. Ular Saluin 
daryosining chuqur vodiysi orqali ajralib turadi.
SHan tog‘ligidan janubda Tanentaunji (Intixanon cho‘qqisi 2595 m) va 
Bilau tizmalari joylashgan. Malakka yarim orolida markaziy mintaqa ancha
kengayib balandligi orta boradi. Malakkaning shimoliy qambar qismini Punet 
(1465 m) va Luang (1793 m) tog‘lari, janubiy kengaygan qismini Taxan (2187 m)
va Korbu (2183 m) tog‘lari egallab olgan. 
Hindixitoyning markaziy qismida maydoni 160 ming km
2
atrofida bo‘lgan 

Korat platosi joylashgan. Uning balandligi 150-500 m dan 1000 m gacha boradi.


Qorat platosi bilan Pasak vodiysi oralig‘ida meridian bo‘ylab Dongpxrayafay 
tizmasi (Miang cho‘qqisi 2320 m) cho‘zilib yotibdi. Undan janubi-sharq tomonda
Kravan (Kardamon) tog‘i cho‘zilgan. Baland nuqtasi Samkax cho‘qqisida 1744 m 
ga etadi.
Hindixitoyning sharqiy qismidagi sharqiy orografik mintaqa shimoldan 
janubga dengiz qirg‘og‘i bo‘ylab cho‘zilgan. Uning shimoliy qismidagi kuchli
parchalangan tog‘likda yarim orolning eng baland nuqtasi
Fansipan cho‘qqisi 

dengiz sathidan 3143 m ko‘tarilib turibdi. Undan janubga tomon cho‘zilgan


CHionshon tizmasidagi Saylayleng tog‘ida maksimal balandlik 2711 m ga, Raoko 
tog‘ida 2286 m ga etadi. SHarqiy mintaqa tog‘lari janubga tomon pasayib boradi.
Iravadi, Menam va Mekong daryolarining quyi qismlarida allyuvial pasttekisliklar 
katta maydonlarni egallab olgan. Hindixitoyning janubi-sharkiy qismida yuzasi
yassi tekis bo‘lgan Dongrek botig‘i joylashgan. Daryo vodiylari va pasttekisliklar 
aholi eng zich joylashgan va maksimal o‘zlashtirilgan erlar hisoblanadi.
O‘lkaning qadimgi burmali strukturalardan tarkib topgan markaziy tog‘ 
mintakasi foydali qazilmalarga boy. SHan tog‘ligidan ko‘rg‘oshin, rux, volfram,
qalay, kumush va boshqa rudalar qazib olinadi. Malakka yarim orolidagi tog‘larda, 
Annam tog‘ida oltin, volfram, qalay konlari joylashgan. SHarqiy mintakaning
kaynozoy yotqiziqlarida neft konlari bor. Kravan’ (Kardamon) tog‘lari sapfir, 
yoqut kabi qimmatbaho toshlarga boy.
Hindixitoy yarim orolining katta qismi subekvatorial mintaqada va janubiy 
(Malakka yarim oroli) qismi ekvatorial mintaqada joylashgan. Mintaqalar
o‘rtasidagi chegara taxminan 10° sh.k. dan o‘tadi. Subekvatorial iqlim mintakasida 
harorat, yog‘ingarchilik va musson sirkulyasiyasining fasliy o‘zgarishi aniq
ifodalangan. Bundan tashqari o‘lka hududida tog‘ tizmalarining meridional 


yo‘nalishi qish oylarida shimoldan kontipental sovuq havoni kirib kelishiga


to‘sqinlik qila olmaydi. SHuning uchun o‘lkaning shimoliy qismida eng sovuq 
oyning o‘rtacha harorati 1000 m balandlikda +16°S dan yuqori ko‘tarilmaydi.
Ayrim paytlarda yanvarda harorat +4°S gacha pasayadi. 15° sh.k. dan janubda 
kontinetal havo massasining ta’siri sezilmaydi. Bu erda eng sovuq oyning harorati
+21°, +23°S gacha boradi. Pasttekisliklarda iyulning o‘rtacha harorati 26°, 27°S. 
YArim oroada eng issiq oy iyul emas, aprel hisoblanadi. Aprelning o‘rtacha
harorati Rangunda 29°S ga teng, tekisliklarning ichkari rayonlarida esa 30°S dan 
oshadi.
Janubi-g‘arbiy ekvatorial mussonlar o‘lkaning katta qismiga nam havo 
massalarini keltiradi. Natijada yarim orolning g‘arbiy qirg‘oqlariga yiliga 3000
mm atrofida yog‘in tushadi. YOg‘ingarchilikning 80% i yoz oylariga to‘g‘ri keladi. 
Ichki rayonlarda yog‘in miqdori 1000 mm gacha kamayadi. Hindixitoyning
shimoliy qismida Janubi-Xitoy dengizidan esadigan janubi-sharqiy mussonlar 
harakat qiladi. Bu erda ham yog‘ingarchilikning asosiy qismi yoz fasliga to‘g‘ri
keladi. Dengiz tomondan tropik tayfunlar kelib turadi. YArim oroning sharqiy 
qirg‘oqlariga yomg‘irni shimoli-sharqiy yo‘nalishdagi qishki mussonlar keltiradi.
Maksimum yog‘ingarchilik kuz va qish oylarida kuzatiladi, yozda esa g‘arbiy 
mussonlar sharqiy qirg‘oklarga orografik to‘siq tufayli etib bora olmaydi va u erlar
yoz faslida quruq bo‘ladi. SHunga qaramasdan sharqiy sohillarga yiliga 1500 mm 
dan 3000 mm gacha yomg‘ir yog‘adi.
Ekvatorial iqlim mintaqasida o‘rtacha oylik harorat ham yog‘ingarchilik 
miqdori ham bir tekisda taqsimlangan. Yil davomida harorat 26°, 29°S ni tashkil
etadi, yog‘in miqdori 1500-2000 mm va undan ham ko‘proq. Kuchsiz shamollar 
esib turadi.
Hindixitoy yarim orolining barcha yirik daryolari Tibet tog‘ligidan va 
Himolayning sharqiy qismidagi tog‘lardan boshlanadi. Ular yuqori oqimida tog‘
tizmalarini va tog‘liklarni kesib o‘tib, quyi oqimida keng allyuvial pasttekisliklar 
hosil qilib oqadi. Kichik daryolar o‘lka hududidagi tog‘liklardan va tizmalardan
boshlanadi. Barcha daryolar uchun musson rejim harakterli.
Mekong daryosi va faqat Hindixitoyda, balki Yevrosiyoda eng uzun
daryolardan biri hisoblanadi. Uning uzunligi 4500 km, havzasining maydoni 810 
ming km
2
, maksimal suv sarfi 30000 m

3
/sek. ga, minimali 1500 m


3
/sek ga teng. 

Mekong Tibetning Tangla tizmasidan boshlanib, Tinch okeanning Janubi-Xitoy


dengiziga quyiladi. Quyi oqimida Mekongni suv rejimi Tonlesap ko‘li boshqarib 
turadi. Uzunligi jihatidan ikkinchi o‘rinda Saluin daryosi turadi. Uning uzunligi
3200 km, havzasining maydoni 325 ming km
2
. Bu daryo ham Tangla tizmasining 

4000 m balandligidan boshlanib, Hind okeanining Andaman dengizidagi Martaban


qo‘ltig‘iga quyiladi. Saluin yuqori oqimida qor suvidan, o‘rta va quyi oqimida 
yomg‘ir suvidan to‘yinadi.
Iravadi daryosi uzunligi jihatdan Mekong va Saluin daryolaridan keyin 
uchinchi o‘rinda turadi. Uzunligi 2150 km ga, havzasining maydoni 430 ming km
2

ga teng. O‘rtacha yillik suv sarfi 13600 m


3
/sek. Iravadi Tibetning janubiy yon 

bag‘ridan boshlanib Andaman dengiziga quyiladi. Menam daryosi yuqorida


ta’riflangan daryolardan fark qilib, o‘lka hududidagi tog‘lik va platolardan 


boshlanib, quyi qismida Menam allyuviai pasttekisligidan oqib o‘tadi va Janubi-


Xitoy dengizininng Siam qo‘ltig‘iga quyiladi. Barcha daryolar kemalarning 
katnovi uchun juda kulay.
Hindixitoyda laterit tuproqlarining bir necha xillari, tog‘larning quyi 
mintaqalarida podzollashgan lateritlar keng tarqalgan. Savannalarda sariq, qizil,
qizg‘ish-qo‘ng‘ir tuproqlar, yirik daryo vodiylarida va deltalarda allyuvyal 
tuproqlar rivojlangan. Baland tog‘lar uchun qora tusli qo‘ng‘ir va tog‘-o‘tloq
tuproqlar xarakterli. 
O‘lka hududida tropik kengliklarga xos bo‘lgan barcha o‘simlik tiplari
uchraydi. Ayniqsa nam tropik o‘rmonlar, mangrazorlar, savannalar, Malakka yarim 
orolida tipik ekvatorial o‘rmonlar yaxshi rivojlangan. Hindixitoyning pastqam
sohillarini mangra o‘rmonlari egallab olgan. Mantrazorlarda lipa palmasi ham 
uchraydi. Bu o‘rmonlar polasasi vaqti-vaqti bilan suv bosadigan sohilbo‘yi
o‘rmonlari bilan almashinadi. Sohilbo‘yi o‘rmonlarida kokos palmasi, kazuarina, 
panduslar ko‘pchilikni tashkil etadi.
Eng ko‘p tarqalgan o‘simlik tipi nam tropik o‘rmonlardir. Ular Hindixitoyning 
tekisliklarini, tog‘ yon bag‘rlarining quyi qismini, Malakka yarim orolini va
sharqiy qirg‘oqlarining katta maydoning egallab olgan. O‘rmonlar tarkibida 
palmalar, fikuslar, bambuklar, daraxtsimon paporotniklar ustunlik qiladi.
Qimmatbaxo daraxtlardan qizil, nim pushti rang tiko va kauchuk beradigan 
daraxtlar o‘sadi. Muskat, qalampir munchoq, koritsa daraxtlari ham uchraydi.
Malakkadagi o‘rmonlarda havoning katta namligi tufayli daraxtlarda mox va 
lishayniklarning qalin qoplami hosil bo‘lgan.
Hindixitoy tog‘larining 700-800 m dan yuqori qismlari doimiy yashil 
emanlar, bambuklar, paporotniklar bilan, tog‘larning balandroq qismi bargini
to‘kuvchi keng bargli (kashtan, dafna daraxti) o‘rmonlar bilan qoplangan. 
Tog‘larning eng baland cho‘qqilarida qing‘ir-qiyshiq o‘rmonlar va subalp
o‘tloqlari tarkib topgan. O‘lkaning namgarchilik kam bo‘ladigan shimoliy va ichki 
rayonlarida savanna o‘simlik tipi vujudga kelgan. Ular kesilib ketgan o‘rmonlar
o‘rnida shakllangan bo‘lib, antropogen savannalar hisoblanadi. Savannalar uchun 
boshoqli o‘tlar va yovvoyi shakar qamishlar harakterli.
Tekisliklarda va tog‘ etaklarida janubiy o‘simlik o‘rnini madaniy ekinlar 
egallagan. Pastqam erlarda sholi, shakar qamish, bananlar etishtiriladi. Qurg‘oqchil
sug‘oriladigan rayonlarda paxta, sal daraxti, kokos palmasi, geveya daraxti ekiladi. 
Tog‘larning terrasalashtirilgan yon bag‘rlarida choy plantatsiyalari barpo etilgan.
Hindixitoy yarim orolining‘ fauna tarkibida o‘rmon hayvonlari hukmronlik 
qiladi. Ular orasida gibbonlar, makakalar, Hindixitoy fili, qora ayiq, Malay ayig‘i,
yo‘lbars, qoplon, karkidon, yovvoyi mushuk, bug‘u jayra, bambuk kalamushi 
ko‘pchilikni tashkil etadi. Suvda va quruqlikda yashovchi xayvonlardan timsohlar
uchraydi. Qushlardan jannat qushlari, tustovuqlar, kakliklar, to‘tildr, yovvoyi 
tovuqlar, tovuslar ko‘p tarqalgan.

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin