O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə106/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Hindiston yarim oroli. Hindiston yarim oroli Janubiy Osiyo regionining Himolay
tog‘lari va Hind-Gang pasttekisiligi landshaft oblastlariga nisbatan o‘zining 
qadimiyligi bilan farq qiladigan tabiiy geografik o‘lkadir. U Osiyoning janubiy
qismida joylashgan bo‘lib, shymolda X,ind-Gang paettekisligi bilan 
che1aralangan. YArim orolniig g‘arbiy qirg‘og‘i Arabiston dengizi, sharqiy
qirg‘og‘i Bengal qo‘ltig‘i suvlari bilan yuvilib turadi. O‘lka hududi shimoldan 
janub tomon torayib kelib uchburchak shaklni hosil qiladi. Maydoni 2 mln km
2
atrofida. Qirg‘oqlari ko‘p joylarda tekis, kam kesilgan. 

Hindiston yarim orolining poydevori eng qadimgi kristall jinsli Hindiston


platformasidan tarkib topgan. Uning yuzasi ayrim joylarda yoshroq kontinental va 
vulkanik jinslar bilan qoplangan. Ko‘pchilik joylarda qristall jinslar er yuzasiga
chiqib peneplenlashgan platolar hosil qilgan. Daryo vodiylari platolarni kesib 
parchalab, tak yon bag‘rli uchastkalarga ajratib yuborgan. YArim orolning shimoli-



g‘arbii qismi mezozoyning oxiri va kaynozoyning boshida otilib chiqqan bazalt


lavalari bilan qoplangan. Bu lavalardan keng maydonlarni egallab yotgan yassi 
platolar hosil bo‘lgan. SHarqidagi qadimiy tektonik cho‘kmalar laguna va
kontinental yotqiziqlar bilan to‘lgan. 
Normada daryo vodiysi cho‘kmasi Hindiston yarim orolini shimoliy va
janubiy qismlarga - Markaziy Hindiston va Dekan yassi tog‘ligiga ajratib turadi. 
Marqaziy Hindistonning g‘arbiy chekkasida Katxiyavar yarim orolidan Dehli
tomon submeridional ravishda Aravalli tizmasi cho‘zilgan. Uning eng baland 
nuqtasi 1722 m ga teng. Undan sharqda o‘rtacha balandligi 500 m atrofida bo‘lgan
va qadimiy kristall jinslardan tarkib topgan Malva platosi yastanib yotibdi. Ba’zi 
joylarda platoning yuzasi lavalar bilan qoplangan. Platoning shimoliy chekkasi
Hindiston yarim orolining shimoliy chegarasi bo‘lib xizmat qiladi. Bu regionda 
eng so‘nggi tog‘ hosil bo‘lish jarayoni mezozoyda bo‘lib o‘tgan. Malva platosining
janubiy ko‘tarilgan qismida Vindxya (881 m) va Kaymur past tog‘lari cho‘zilib 
yotibdi. Normada vodiysi tektonik cho‘kmasidan janubda maksimal balandligi
1325 m bo‘lgay Saptura tog‘i joylashgan. Bu tog‘lar sharq tomonda Gondvana 
platosi bilan tutashgan.
Hindiston yarim orolining janubiy kapa qismi Dekan yassi tog‘ligi bilan band. 
Uning o‘rtacha balandligi 800 m atrofida bo‘lib, zaminini Hindiston platformasi
tashkil etadi. YAssi tog‘likning sharqiy na janubiy qismlarida qadimiy kristall 
jinslar er yuzasiga chiqib qolgan. Uning g‘arbida dengiz qirg‘og‘i bo‘ylab katta
masofaga cho‘zilgan G‘arbiy Gat tog‘lari va sharqida SHarqiy Gat tog‘lari 
joylashgan.
G‘arbiy Gat tog‘lari Arabiston dentizi qirg‘og‘i bo‘ylab 1800 km masofaga 
cho‘zilgan, daryo vodiylari, kanonsimon daralar bilan kesilgai. G‘arbiy yon bag‘ri
zinapoya bo‘lib sohil tomon tik tushgan. Uning o‘rtacha balandligi 1300 m, baland 
nuqtalari Dodabetta cho‘qqisida 2633 m, Mulaynagiri tog‘ida 1923 m va Kalauba
tog‘ida 1646 m. G‘arbda sohil bo‘ylab cho‘zilgan kambar, qumoq va lagunali 
dengizbo‘yi pasttekisligi Malabar qirg‘og‘i deb ataladi.
Dekan yassi tog‘ligining sharqiy ko‘tarilgan qismi SHarkiy Gat tog‘lari deb 
ataladi. Bu tog‘lar G‘arbiy Gatga nisbatan ancha past, daryo vodiylari bilan kuchli
parchalangan va bir necha massiklarga bo‘lingan. O‘rtacha balandligi 1000 m dan 
oshmaydi, eng baland joyi Devodi-Munda tog‘ida 1.680 m. SHarqiy Gat tog‘
etaklariga tutashgan dengizbo‘yi pasttekisliklari Koromandel qirg‘ogi deb ataladi. 
YAssi tog‘likning janubiy qismida g‘arbiy va SHarqiy Gat tog‘lari bir-biri
bilan tutashib Nilgiri tog‘ massivini hosil qiladi. Massivning eng baland nuqtasi 
Dodabetta tog‘ida 1633 m ga teng. Undan janubda Palni tog‘lari joylashgan, Uning
okean sathidan 2698 m qad ko‘tarib turgan Anaymudi cho‘qqisi Hindiston yarim 
orolining ent baland nuqtasi hisoblanadi. Dekan yassi tog‘ligining ichkari rayonlari
relefi uchun bazaltli yassi platolar, tekislangan gryadalar xarakterli. Ularni chuqur 
daryo vodiylari kesib o‘tgan. SHarqiy va janubiy rayonlarda peneplenlashgan
kristall jinsli yuzalar relefi u er-bu erda ko‘tarilib turgan balandliklar, kryajlar 
bilan murakkablashgan.
O‘lka hududida xilma-xil foydali qazilmalar mavjud. Uning shimoli-sharqiy 
qismidagi Damodar daryo vodiysida toshko‘mir, CHxota-Nagpur platosida temir



va marganets rudalari, boksit, slyuda konlari joylashgan. G‘arbiy Gat tog‘laridan


temir rudasi, boksit, monatsit qo‘mir qazib olinadi. Dekan yassi tog‘ligining 
janubidagi Maysura platosi oltin koni bilan mashhur. YArim orolda olmos, neft,
grafit va boshqa konlar ham bor. 
Hindiston yarim orolining iqlimi subekvatorial musson iqlim. YOzda
ekvatorial dengiz havo massalari nam mussonlar, qishda kontinental tropik havo 
massalari - quruq mussonlar hukmronlik qiladi. Havo massalarining almashinishi
termik ekvatorning mavsumiy siljishiga bog‘liq. Himolay tog‘lari yarim orolni 
shimoldan kirib keladigan sovuq havo massalaridan to‘sib turadi. Himolayning
janubiy yon bag‘ri ustida shakllanadigan shimol-sharqiy passat yuqori haroratga 
ega. SHuning uchun yanvarning o‘rtacha harorati o‘lkaning shimolida +20°, +21°S
ni, janubida +27°, +29°S ni tashkil etadi. Eng issiq kunlar mart-may oylariga 
to‘g‘ri kelib, o‘rtacha harorat 32°S ga etadi. Markaziy rayonlarda o‘rtacha
maksimal harorat 40°S dan ham oshadi. 
YArim orolga tushadigan atmosfera yog‘inlarining 90% dan ko‘prog‘i yozgi
musson mavsumiga to‘g‘ri keladi. O‘lkaning g‘arbiy qismida yillik yog‘in miqdori 
2500 mm dan oshadi. G‘arbiy Gatning ayrim joylarida 6000-7000 mm ga etadi.
SHarqiy sohillarda g‘arbga nisbatan yog‘ingarchilik kamroq bo‘ladi. Bu erda yiliga 
1000 mm dan ko‘proq shimoli-sharqiy qismida 1200-1300 mm yog‘in tushadi.
Quruq iqlim ichkari rayonlar uchun xarakterli. Dekan yassi tog‘ligining markaziy 
va shimoli-g‘arbiy rayonlariga 500 mm atrofida yog‘in tushadi. Qurgoqchil davr
o‘lkaning janubida 3 oy, shimoliy qismida 6-7 oy davom etadi. 
Hindiston yarim orolining ko‘pchilik daryolari - Gadavari, Bxima, Krishna,
Tungabxadra, Kaverilar G‘arbiy Gat tog‘laridan boshlanib sharqqa tomon oqadi va 
Bengal qo‘ltig‘iga quyiladi. Yirik daryolardan Narmada, Tapti va Maxi g‘arbga
tomon oqib Arabiston dengiziga quyiladi. Barcha daryolarning vodiylari tor va 
chuqur. Ularning gidrologik rejimi musson xarakterga ega. Daryolar musson
yomg‘irlaridan to‘yinib yozda toщib oqadi, qishda esa juda kamayadi. Daryo 
suvlaridan qishloq xo‘jalik ekin maydonlarini sug‘orishda foydalaniladi.

Tuproqlarning geografik tarqalishi bevosita ona jinslar litologiyasi bilan


bog‘liq. YAssi tog‘likning ichki rayonlarida qizil rangli savanna tuproqlari, bazaltli 
lava qoplamlari ustida tropik qora tuproqlari-regurlar, dengiz sohillarida va
deltalarda allyuvial tuproqlar keng tarqalgan. Regurlar vulkanik jinslar ustida 
shakllangan bo‘lib, namlikni yaxshi saqlaydi. SHuning uchun paxta
plantatsiyalarining asosiy maydoni ana shu tuproqlarda barpo etilgan. Hindiston 
yarim orolining o‘simlik qoplami antropogen omil ta’sirida kuchli o‘zgargan.
Dekan yassi tog‘liga uyaun ko‘proq savannalar va siyrak o‘rmonlar xarakterli. 
Ko‘p joylarda kesib yuborilgan o‘rmonlar o‘rnida ikkilamchi yoki antropogen
savannalar vujudga kelgan. Savannalarda baland bo‘yli o‘tlar, soyabon shakldagi 
akatsiyalar, sal daraxti, finik palmalari o‘sadi. G‘arbiy Gatning shamolga ro‘para
yon bag‘rlarida palma, bambuk, kameliya, sandal daraxti, epifitlar va lianalar 
ko‘pchilikni tashkil etadi. Nilgiri tog‘ining yuqori mintaqasida mo‘‘tadil mintaqaga
xos o‘simlik turlari emanlar, kashtanlar ko‘p uchraydi. Malabar qirg‘og‘i bo‘ylab 
kokos palmazorlari cho‘zilgan. Torpik o‘rmonlarning katta maydoni o‘zlashtirilib,
ularning o‘rnini kofe, choy va sholi plantatsiyalari egallagan. Qishloq xo‘jaligida 


shakar qamish, makkajo‘xori, araxis, tariq ham etishtiriladi.


Hindiston yarim orolining hayvonot olami nihoyatda xilma-xil. O‘rmonlarda 
maymunlarning gibbon, langur, xanuman, makak kabi turlari, lemurlar keng
tarqalgan. Savannalarda Hind bo‘yvoli, gayal, banteng, yovvoyi echki, yovvoyi 
ko‘y, antilopa, bug‘u, karkidon, yovvoyi ho‘kiz-gaur va boshqalar yashaydi.
Yirtqich hayvonlardan yo‘lbars, sirtlon, qoplon, bo‘ri, yovvoyi it, chiyabo‘ri, 
mangusta, viverlar ko‘p uchraydi. Sudralib yuruvchilardan zaxarli ilonlar, ayniqsa
kobralar ko‘p tarqalgan. Qushlardan kakku, to‘ti, kaptar, qarg‘a, turna, oddiy tovus, 
bankiv xo‘rozi va yirtqich qushlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Qalin o‘rmonlarda
hozir ham yovvoyi fillar uchraydi. 



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin