barpo etilgan. Amerikadan keltirilgan kakao daraxti, kauchuk beradigan daraxt va
yog‘ beradigan palmalar ko‘p joylarda tabiy o‘rmonlar o‘rnini egallab olgan. Zona
hududida yashaydigan mahalliy aholi banan, maniok va batatlar ham yetishtiradi.
Yekvatordan shimolga va janubga qarab borishda nam tropik o‘rmonlar
savannalar bilan almashinadi. O‘rmonlar savannalarga o‘tish polosasida ancha
siyraklashadi, bargini to‘kadigan daraxtlar soni oshadi, o‘rmon massivlari
o‘rtalarida savannalar paydo bo‘la boshlaydi.
Yomg‘ir fasli 8-9 oy davom etadigan savannalarda bo‘yi 2-3
m gacha
yetadigan fil o‘ti, borodach va boshqa g‘allagulli o‘simliklar o‘sadi. Keng
maydonni egallab olgan va dengiz kabi mavj urib turgan boshoqli o‘tlar orasidan
yuqoriga bo‘y chuzib turgan daraxtlar baobablar, palmalar va akatsiyalar uchraydi.
Savannalar ekvatordan shimolda 12° sh.k. gacha boradi. Janubiy yarim sharda
savannalar zonasi keng polosa bo‘ylab cho‘zilib, Hind okeani sohillariga yaqin
joylarda tropikgacha davom etadi. Bu yerda boshoqli savannalar bilan bir qatorda
quruq faslda bargini to‘kuvchi siyrak o‘rmonlar ham keng tarqalgan.
Yomg‘ir fasli 5-6 oygacha davom etadigan va yog‘in miqdori kamaygan
joylarda kserofit o‘simliklardan tashkil topgan savannalar shakllangan.
Qurg‘okchil savannalarning o‘t o‘simliklari siyrak va past bo‘yli. O‘simliklari
orasida daraxtlardan ko‘pincha turli xil akatsiyalar uchrab turadi. Bu tipdagi
savannalar tipik yoki quruq savannalar deb ataladi.
Namgarchilik davri 3-5 oy davom etadigan
rayonlarda tipik savannalar
quruk va tikanli butazorlar bilan almashinadi. Bunday o‘simliklar bilan band
bo‘lgan joylar cho‘llashgan savannalr deb ataladi. Bu tipdagi savannalar shpmoliy
yarim sharda uncha keng bo‘lmagan polosa hosil qilib, tipik savannalardan
shimolda joylashgan. Cho‘llashgan savannalar materikning sharqida keng
tarqalgan bo‘lib, Somali yarim orolini to‘liq egallab olgan va ekvatordan
janubroqqacha cho‘zilib kelgan. Hozirgi paytda materikning 40%
xududi
savannalar va siyrak tropik o‘rmonlar bilan band.
Savanna o‘simliklar tipi o‘z navbatida chala cho‘l o‘simliklar tipi bilan
almashinadi. Chal cho‘l o‘simliklari shimoliy yarim sharda tor polosa hosil qilib,
g‘arbdan sharqqa qarab cho‘zilgan, janubda esa ularning areali chegaralangan
bo‘lib, materikning ichkari qismida uchraydi. Shimoliy chala cho‘lda tikanakli
butalar, past bo‘yli akatsiyalar, yulg‘unlar, ko‘pyillik dag‘al bargli boshoqlilar
o‘sadi. Janubiy Afrika chala cho‘l o‘simliklari shimoldagi chala cho‘llardan farq
qilib,
ular atoelar, sutlamadoshlar, sersuv mevali yovvoyi tarvuzlar va boshqa
sukkulentlardan tarkib topgan. Bulardan tashqari yostiqsimon tikanlar o‘simliklar,
turli xil o‘tlar-gulsafsarlar, nilufarlar, amarillislar ham o‘sadi.
Iqlim sharoiti kontinentallashgan sari chala cho‘l o‘simlik gipi cho‘l
o‘simliklari bilan almashinadi. Cho‘llar materikning shimoliy qismida keng
rivojlangan. Janubda cho‘llar Kalahari batig‘ining janubiy qismida va Afrikaning
janubi-g‘arbida Atlantika okeani sohillarida o‘chraydi. Shimoliy yarim sharning
cho‘l o‘simliklari Osiyo cho‘llarning o‘simliklariga bir muncha o‘xshab ketadi. Bu
yerda rivojlanish davri qisqa bo‘lsa ham efemerlar keng tarqalgan. Ular ahyon-
ahyonda yog‘adigan yomg‘irlardan keyingina yam-yashil maysalar hosil qiladi.
Qumli cho‘llarda yantoqlar va retamalar, sho‘rxok yerlarda shuvoqlar va sho‘ralar
uchraydi. Toshloq cho‘llar uchun lishayniklar harakterli. Shimoliy cho‘llarda
xurmoli palmalardan tashkil topgan vohalar ko‘p uchraydp.
Afrikaning janubi-
g‘arbidagi cho‘llarda endemik o‘simlik hisoblangan va bargining uzunligi 3 m
gacha yetadigan velvichiya o‘sadi.
Afrikaning eng janubi-sharqiy nam subtropikli qismida doimiy yashil
o‘rmonlar hukmronlik qiladi. Ular temir daraxtidan, sariq daraxtdan, daraxsimon
qirqquloqlardan, o‘tkir bargli kap daraxtidan va baland o‘tlardan tarkib topgan.
Qirg‘okdan uzoqlashgan sari yashil o‘rmonlar subtropik dasht boshoqli o‘t
o‘simliklari bilan almashinadi. Bu regaonda subtropik dashtlar ayniqsa kontinental
iqlimli yassi tog‘liklarda yaxshi rivojlangan. Materikning shimoli-g‘arbiy va
janubi-g‘arbiy soxillarida va tog‘ etaklarida dag‘al bargli doimiy yashil subtropik
butazorlar keng tarqalgan.
Afrikaga YYevropa O‘rta dengiz subtropigidan sitrus o‘simliklari, toq,
bug‘doy va boshqa don ekinlari keltirilgan. Savannalarning o‘zlashtirilgan
yerlarida paxta, yeryong‘oq, makkajo‘xori, tamaki, sholi,
sorgo va boshqa xil
madaniy ekinlar yetishtiriladi.
Dostları ilə paylaş: