International scientific-online conference:
“INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM”
PART 17, 25.04.2022
1
XALQARO IQTISODIY TASHKILOTLARNING MOHIYATI VA ZARURIYATI
NIMALARDAN IBORAT?
https://doi.org/10.5281/zenodo.6482091
Yuldashev Zuxriddin Zayniddin o’g’li,
Toshkentdagi Britaniya Menejment Universitetining 2- kurs talabasi.
Annotatsiya: Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar
aslida nima uchun tashkil
etildi? Ularga rostan ham ehtiyoj bor edimi? Ushbu maqolada xalqaro
iqtisodiy tashkilotlarning tashkil topishi, ularning mohiyati, vazifa va
majburiyatlari, ularning tashkil topishi bilan davlatlar o’rtasidagi iqtisodiy
aloqalarning yaxshilanganligi va BMTning xalqaro iqtisodiy tashkilotlari
haqida so’z yuritiladi
Kalit so’zlar:
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, iqtisodiy munosabatlar,jahon
savdosi, iqtisodiy taraqqiyot, hamkorlik, globallashuv,inqiroz,
Kirish bo’limi:
Iqtisod taraqqiyotining muhim bir qismlaridan
biri bu mamlakatlar
orasida iqtisodiy munosabatlarni muvaffaqiyatli yo’lga qo’yishdir. Shu
sababli ikkinchi jahon urushidan keyin davlatlar o’rtasidagi tovar, mehnat,
ilmiy axborot, ishchi kuchi ayirboshlash maqsadida xalqaro iqtisodiy
tashkilotlarga ehtiyoj vujudga keldi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni
tartibga solib turuvchi tashkilotlarning ishlab chiqilgan
qoidalari va ularning
doimo kuzatuvlaridan iqtisodiy aloqalar yaxshilanib bordi.
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning tashkil topishining birinchi to’lqini XX
asrning boshlarida, ikkinchi bosqich esa 50-60 yillarga to’gri keladi. Uchinchi
to’lqin XX asrning so’ngida va XXI asrning boshida yuz berdi. Aynan shu
davrda ko’plab mamlakatlarning hukumatlari xalqaro aloqalardagi
muammolarni
hal eta olmaganliklari sababli, ularni birgalikda yechishning
zamonaviy usullari ustida ish olib bordilar.Olimlarning fikriga ko’ra hozirgi
kunda jahon iqtisodiy tizimida sezilarli ta’sir ko’rsata olayotgan 100 dan ziyod
jahon xalqaro tashkilotlari faoliyat olib bormoqda.
Davlatlar o’rtasidagi iqtisodiy aloqalarni nazoratga olish deganda aslida
nima tushuniladi? Xalqaro iqtisodiy tashkilotga a’zo
davlatlar orasida
bo’ladigan xo’jalik munosabatlar bir qancha qoida va majburiyatlarni
vujudga keltiradi. Xalqaro savdo uchun erkinligi uchun bojxona to’lovlarini
nazoratda o’shlash, global muammolarning ko’payib borishi, dunyo
iqtisodiyotining tobora
globallashib borayotganligi, davlatlar o’rtasidagi
aloqalarning mustahkamlanib borishi, XX asr oxirlaridagi neft yetkazib
beruvchi mamlakatlarning tutgan siyosati ortidan
yuzaga kelgan inqiroz
hamda mustaqil davlatlarning o’sishini ta’minlashdek majburiyatlarni keltirib
chiqardi.
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning asosiy faoliyati a’zo mamlakatlarning
davlatlar o’rtasidagi aloqalarda kelib chiqadigan muammolarni aniqlash,