O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə249/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Subtropik And. And tog‘ tizimining 27°-42° j.k. lar orilig‘idagi qismi
Subtropik And tog‘li o‘lkasini tashkil etadi. Bu o‘lka CHili Argentina Andi 
deb ham atalib, And tizimining eng toraygan va eng baland qismi hisoblanadi.
Subtropik And o‘zining quyidagi xususiyatlarp bilan And tizimining boshqa 
o‘lkalaridan farq qiladi. 1) relef Tuzilishining uchta meridional yo‘nalgan Bosh
Kordilera, Bo‘ylama tektonik vodiy va Qirg‘oq Kordilerasidan iborat ekanligi, 2) 
Bosh Kordileradan g‘arbda subtropik mintaqaning o‘rta dengiz iqlim tipini,
doimiy yashil o‘rmonlar va butazorlarning keng tarqalganligi, 3) alp tipidagi relef 
shakllarini, tog‘ o‘tloqzorlarini va muzliklarni yaxshi rivojlanganligi, 4) yiliga ikki
marta toshib oqadigan daryolarning mavjudligi va h.k. 
Subtropik Andning g‘arbiy qismida Tinch okean sohili bo‘ylab uncha baland
bo‘lmagan Kirg‘oq Kordilerasi cho‘zilgan. U Markaziy And Qirg‘oq 
Kordilerasining janubiy davomi bo‘lib, o‘rtacha balandligi 800 m dan ayrim
cho‘qqilari 2000 m gacha ko‘tariladi. Kirg‘oq tizmasi chuqur daryo
vodiylari bilan 

kesilib, bir necha yassi platolarga bo‘linib ketgan.


Qirg‘oq Kordilerasidan sharqda CHilining Markaziy yoki vodiysi deb 
ataladigan tektonik cho‘kma joylashgan. Bu vodiy orografik jihatdan Atakama
cho‘kmasining janubiy davomi hisoblanadi. Bo‘ylama vodiy And tizimining
ko‘ndalang tog‘lari bilan bir necha mustakil botiqlarga bo‘lingan. Botiqlar
yuzasining balandligi shimolda 100-200 m gacha pasayadi. Vodiylarda aholi juda 
zich joylashgan. CHilining poytaxti Sant-YAgo shahri ham Markaziy vodiyda
barpo etilgan. 
Markaziy vodiydan sharq tomonda Bosh Kordilera tizmasi
joylashgan. Uning asosiy suvayirg‘ich qismidan CHili va Argentinaning davlat
chegarasi o‘tadi. Bosh Kordilera kuchli burmalangan mezozoy
yotqiziklaridan va vulkanik jinslardan tarkib topgan. Bu tizmada o‘lkaning 
eng baland nuqtalari bo‘lgan Akonkagua (6960 m) va Mersedario (6770 m)
tog‘lari joylashgan. Bulardan tashqari balandligi 500 m dan oshadigan o‘nlab
cho‘qqilar va harakatdagi vulkanlar bor. Jumladan Tupungato (6800 m),
Maypo (5323 m) vulkanlari, Toro (6380 m), Tortolas (6354 m), Olivares (5926 m) 
tog‘lari va boshqalar. Balandliga 3000-4000 m atrofida bo‘lgan vulkanlar ham
ko‘p. Bular Domuyo (4708 m), Lyayma (3060 m), Lanin (3776 m), Antuko
(2990 m) kabi harakatdagi va so‘ngan vulkanlardir. O‘lka hududida kuchli
zilzilalar tez-tez sodir bo‘lib turadi. CHilida 10-12 balli zilzilalar bir necha marta 
takrorlangan.
O‘lka hududi subtropik kengliklarda joylashganligi sababli uning g‘arbiy
qismida yozi quruq va qishi nam bo‘lgan subtropik iqlim shakllangan.
Bu iqlim tipi okean sohillarini, Markaziy vodiyni va Bosh Kordileraning g‘arbiy 
yon bag‘rini pastki qismini qamrab olgan. Bosh Kordileraning tog‘ etagidan
yuqori qismida iqlimnish balandli zonalligi vujudga kelgan. Subtropik 
Andning iqlim sharoiti shimoldan janubga va g‘arbdan sharqqa qarab o‘zgarib
boradi. O‘lkaning shimoli uchun xarakterli bo‘lgan chala cho‘l subtropik iqlim tipi 
markazda o‘rtaar dengnz iqlim tipi bilan, janubda mu’tadil kengliklarda yaqin
joylarda nam o‘rmon iqlim tipi bilan almashinadi. Subtropik Andning sharqiy 
qismi uchun qurg‘oqchil iqlim tipi xarakterli.



O‘lka hududida havo harorati bir tekisda taqsimlanmagan. YOz bilan qish


oylarining harorati o‘rtasidagi tafovutlar ham aniq ifodalangan. Eng salqin oyning 
o‘rtacha harorati 11°S bo‘lsa, eng issiq oyniki 17°-18°S ni tashkil etadi. Sant-
YAgoda eng salqin oyning o‘rtacha harorati 7°-8°S ga va eng issiq oyniki 20°S ga 
teng. YOg‘ingarchilik miqdori ham shimoldan janubga va g‘arbdan sharqqa qarab
ko‘payib boradi. O‘lkaning shimolida yiliga o‘rtacha 100 mm, o‘rta qismida 350 
mm, janubida 750 mm yog‘in yog‘adi. Janubda atmosfera yog‘inlari yil davomida
deyarli bir xilda taqsimlangan. O‘lkaning eng janubiy qismida, 37°- 42° j.k. lar 
oralig‘ida yog‘ingarchilik miqdori 2000 mm dan oshadi. Brsh Kordileraning
g‘arbiy yon bag‘rida yog‘ingarchilik sharqiy yon bag‘riga nisbatan kup bo‘ladi. 
Dehqonchilik asosan sun’iy sug‘orish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Subtropik And tog‘li o‘lkasining tuproq-o‘simlik qoplami xilma-xil. Bu erda 
quruq subtorpiklar uchun xarakterli bo‘lgan tipik jigar rang tuproqlar keng
tarqalgan. Markaziy vodiyda qora tuproqlarga o‘xshash qoramtir rangli tuproqlar 
rivojlangan. CHilining markaziy qismida aholining juda ham zich joylashganligi
va ularni qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanganligi tufayli tabiiy holdagi tuproqlar 
va o‘simliklar qoplami kuchli o‘zlashtirilgan. Tabiiy landshaftlar o‘rnini seliteb
shahar va agrolandshaftlar egallagan. 
O‘lkaning tabiiy o‘simlik qoplamida doimiy yashil butalar ko‘pchiliksh
tashkil etadi. Janubda butazorlar asta-sekin past bo‘yli va seyrak o‘rmonlar 
bilan, keyin baland bo‘yli qalin o‘rmonlar bilan almashinadi. O‘rmonlarda
doimiy yashil janub buki, CHili arakuariysi relikt asal palmasi, tik (sovun
daraxti), persee dafnasi ko‘p uchraydi. Daryo vodiylarida evkaliptlar va
piramidal teraklar ekilgan. O‘rmonlar Bosh Kordgleraning g‘arbiy yon bag‘rlarida 
ham o‘sadi. Bu o‘rmonlarda janub buki keng tarqalgan bo‘lib, ular quruq
davrda bargini tukadi. O‘rmonlarning yuqori chegarasi Subtropik And 
tizmalarida 2000-2500 m gacha ko‘tariladi. Tog‘ o‘rmon mintaqasidan
yuqorida tog‘ o‘tloqzorlari joylashgan. Bu mintaqada alp o‘tloqlari uchun 
xarakterli bo‘lgan yoron gul, qimizak, primula, lyutik, kamnelomka (toshyorar)
kabi o‘t o‘simliklari o‘sadi. Buta o‘simliklaridan barbaris (qoraqand) va smorodina 
(qorag‘at) uchraydi. Tog‘ o‘tloqlari yaylov sifatida foydalaniladi.
Subtropik And o‘lkasining madaniy o‘simliklari ko‘proq SHimoliy Amerika 
va Yevropa subtropik iqlim mintaqalariga xos o‘simli o‘xshaydi. Ayniqsa
subtropik madaniy o‘simliklarning ko‘pchilik turlari Yevropaning O‘rta dengiz 
mamlakatlaridan keltirilgan. Bular toklar, zaytun daraxtlari, sitruslar va boshqa
mevali daraxtlardir. Qishloq xo‘jaligida asosan bug‘doy va makkajo‘xori 
etishtiriladi. Tog‘ yon bag‘rlarida mahalliy aholi kartoshka, no‘xat, yasmiq, loviya,
piyoz va qalampir ekishadi. 



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin