hisobiga yog‘ingarchilik miqdori 400-600 mm gacha ortadi. Maksimum
yog‘ingarchilik hamma joyda qish fasliga to‘g‘ri keladi.
YOz oylari yassi tog‘likning shimolida issiq, janubida salqin SHimolda Rio-
Negro vodiysida yanvarning o‘rtacha harorati 20
0
-22
0
ga shimol-g‘arbda esa 34°S
gacha ko‘tariladi. Qish oylari juda salqin sovuq bo‘lganda harorat -30°, -35°S
gacha pasayadi. Iyulning o‘rtacha harorati shimolda +4°, +5°S ni, janubda -5°S ni
tashkil etadi.
Patagoniyaning quruq dasht va chala cho‘l iqlim sharoiti, qurg‘oqchilikni va
kuchli shamollarni uzoq davom etishi daraxtli o‘simliklarni o‘sishiga halaqit
beradi. YOg‘ingarchilik miqdori ko‘proq bulgan And tog‘ etaklaridagana
o‘rmonlar orollar tarzida uchraydi. O‘lkaning qoltai aksariyat qismida boshoklilar,
yostiqsimon va qattiq bargli butalar o‘sadi.
SHimolning quruq dasht
landshaftlarida kumushrang argentina qo‘ng‘irboshi, yovvoyi suli, chalov va
betagalarning bir necha turlari ko‘pchilikni tashkil etadi. YAssi tog‘likning chala
cho‘l landshaftlarida
doimiy yashil kaktuslar, opunsiyalar, er bag‘rlab o‘sadigan
yosti butalar uchraydi. Janubdagi tundra landshaftlarida mox va lishayniklar keng
tarqalgan.
O‘lka hududida aholi punktlari juda kam uchraydi. Borlari ham
shamollardan himoyalangan va suv bilan ta’minlangan Rio-Negro, CHubut. Rio-
Desrada, Rio-CHiko daryolarining vodiylarida o‘rnashgan.
Bu daryolar tranzit
daryolar bo‘lib, o‘z suvini And tog‘laridagi qorlardan, muzliklardan va ko‘llardan
oladi. Patagoniyaning quruq iqlim sharoitli qo‘ng‘ir, bo‘z va kashtan tuproqlarida
sun’iy sug‘orishni qo‘llamasdan dehqonchilik qilish mumkin emas. Aholining
asosiy kismi chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Kam o‘zlashtirilgan dasht va chala
cho‘llarda lama, magellan iti, sassiqqo‘zan pampa mushugi va zirhrlilar yashaydi.
Dostları ilə paylaş: