Tabiiy geografik o‘lkaning deyarli barcha hududi uchun nam va quruq fasl
xarakterli. Ammo bu fasllarning davomiyligi va atmosfera yog‘inlarining yillik
miqdori yassi tog‘likning xamma regionida bir xil emas. Masalan, tipik
subekvatorial iqlimli, nam va quruq fasllar yaqqol namayon bo‘lgan Braziliya
YAssi tog‘ligining markaziy qismida yillik yog‘in miqdori 1500-2000 mm ni
tashkil etadi. YOg‘ingarchilik asosan yozda to‘rt-besh oy davomida bo‘ladi.
Iqlimning kontinental o‘zgarishi sharqqa qarab borgan sari aniq kuzatiladi.
O‘lkaning shimoli-sharqiy qismida namgarchilik fasli atigi uch oy davom etib
yillik yog‘ingarchilik miqdori 200-400 mm gacha kamayadi.
Braziliya yassi
tog‘ligining nam subtropik iqlimli janubi-sharqiy baland ko‘tarilgan yon bagrida va
qirg‘oq bo‘ylarida Atlantika okeanidan keladigan nam havo massalarining ushlab
qolinishi sababli yillik yog‘in miqdori 1500 mm dan 4500 mm gacha ko‘payadi.
YOg‘ingarchilik deyarli yil bo‘yi tez-tez takrorlanib turadi. Nam va quruq faslning
yaqqol ifodalanganligi, davomiyligi, atmosfera yog‘inlarining notekis
taqsimlanganligi yassi tog‘likning o‘simlik qoplamida, madaniy landshaftlarning
qiyofasida, daryolarning rejimida va ularning xarakterli xususiyatlarida o‘zining
aksini topgan.
Braziliya yassi tog‘ligining barcha daryolari yomg‘irdan to‘yinadi. SHu
sababli daryolar rejimida qishda suvning kamayishi va yozda to‘lib oqishi keskin
aks etgan. Faqat janubiy va janubi-sharqiy hududlardagi daryolar yil bo‘yi to‘lib
oqadi. Oqim Amazonka, Parada, San-Fransisku va
boshqa daryolar havzalari
o‘rtasida taqsimlangan bo‘lib, ularning barchasi Atlantika okeaniga quyiladi.
Braziliya yassi tog‘ligining tuproq-o‘simlik qoplami iqlim sharoitiga
mutanosiblashgan holda o‘zgarib boradi. Ulkaning shimoli-g‘arbiy va shimoliy
rayonlarida podzollashgan laterit tuproqlar ustida sernam yashil tropik o‘rmonlar-
gileyalar rivojlangan. Undan janubrokda quruq faslda bargini to‘kuvchi o‘rmonlar
boshlanadi. YAssi tog‘likning markaziy qismida kserofit butazor savannalar, daryo
vodiylari bo‘ylab palma galereya o‘rmonlari cho‘zilgan. Qirg‘oqchil shimoli-
sharqiy platolardagi qizg‘ish-jigar rang, qizg‘ish-qo‘ng‘ir tuproqlar ustida chala
cho‘llarga xos kserofit sukkulent siyrak o‘rmonlar kaatingalar shakllangan. Janubi-
sharqdagi to‘siq vazifasini bajaruvchi tog‘lar podzollashgan laterit tuproqlar
qimmatbaho daraxtlar o‘sadigan qalin nam doimiy yashil tropik o‘rmonlar bilan
qoplangan. Subtropik iqlimli baland platolarda asosan
Braziliya araukariyasidan
tashkil topgan o‘rmonlar o‘sadi. Ularning birinchi yarusida doimiy yashil
o‘simliklar keng tarqalgan. Bu o‘simliklar orasida paragvay choyi alohida ajralib
turadi. Tuproq qoplamida kizil va sariq tuproqlar ko‘pchilikni tashkil etadi. YAssi
tog‘likning eng janubiy qizg‘ish-qora tuproqli qismi o‘rmonsiz savannalar-kampos
limposlar bilan qoplangan. Siyrak o‘rmonlar va savannalarda qizil tumshuq, yolli
bo‘ri, qizil butu, mayda mazama bug‘usi, qalqondor, jayra, Nandu tuyaqushi,
tapirlar yashaydi.
YAssi tog‘likning o‘rmonlardan tozalangan joylarida agrolandshaftlar barpo
etilgan. O‘zlashtirilgan maydonlarda kofe, kakao, paxta, shakar kamish, maniok,
makkajo‘xori, lo‘viya va boshqa xil tropik ekinlar etishtiriladi. Gidroenergiya
zahiralariga boy bo‘lgan daryolarda elektr stansiyalar qurilgan.
Dostları ilə paylaş: