O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə243/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Markaziy tekisliklar. Markaziy yoki Ichki tekisliklar o‘lkasi shimolda



Amazonka pasttekisligi, janubda Patagoniya YAssi tog‘ligi, g‘arbda And tog‘lari


va sharqda Braziiliya YAssi tog‘ligi bilan chegaralangan. Uning hududi Braziliya, 
Boliviya, Argentina, Paragvay va Urugvay mamlakatlariga qaraydi. Markaziy
tekisliklar morfologik tuzilishi va tabiiy geograf xususiyatlari jihatidan bir-biridan 
farq kiladigan ikkita yirik qismga-Gran-CHako tekisligi va La-Plata pasttekisligiga
bo‘linadi. 


Gran-CHako tekisligi Janubiy Amerikaning markaziy qismida joylashgan
tabiiy geografik oblast hisoblanadi. Uning er yuzasini qiyaligi g‘arbdan sharqqa 
qarab pasayib boradi. G‘arbda And tog‘lari etagida tekislikning okean sathidan
balandligi 500-700 m ni, sharqda La-Plata pasttekisligi bilan tutash joylarda 50 m 
ni tashkil etadi. Gran-CHakodan shimolda platformaning kristall poydevori er
yuzasiga ko‘tarilib balandligi 1425 m keladigan CHochi tepaligini hosil qilgan. Bu 
tepalik Amazonka va Paragvay daryolari o‘rtasida suvayirg‘ich vazifasini bajaradi.
Gran-CHako tekisligi meridional yo‘nalishda uzoq masofa 
cho‘zilganligi tufayli uning shimoliy katta qismi tropik iqlim mintaqasiga
va janubiy qismi subtropik iqlim mintaqasiga qaraydi. Har ikki mintaqaning iqlim 
sharoitida nam va quruq fasllar juda yaqkol ifodalangan. SHu bilan birga
tekislikning iqlim sharoiti kontinentallik xususiyati ham hukmronlik qiladi. 
Binobarin, haroratning keskin o‘zgarishi faqat yilning issiq va salqin oylari oralig‘i
uchun xarakterli bo‘lib qolmasdan, sutkalik harorat uchun ham xarakterlidir. 
Materikning boshqa tabiiy geografik o‘lkalariga nisbatan Gran-CHakoda
harorat juda yuqori. Bu Janubiy Amerikaning eng issiq joyi hisoblanadi. YOzning 
o‘rtacha harorati 27°S-30°S gacha boradi. Maksimal harorat 47°S gacha
ko‘tarilgan. Salqin oylarning harorati shimoldan janubga qarab 20°S dan 15°S 
gacha o‘zgaradi. Qish oylarida kunduz kunlari issiq bo‘lsa-da, kechalari harorat
0°S dan pasayadi. Janubdan sovuq 
shamollar esgan paytlarda kunduzlari ham 

harorat keskin pasayadi.


Gran-CHakoning katta qismida namlik balansi salbiy. Tekislnkning shimoli-
sharqida yillik yog‘in miqdori 1200 mm dan janubi-g‘arbida 500 mm gacha
kamayadi. YOg‘ingarchilik asosan yozda ikki-uch oygina davom etadi. 
Qurg‘oqchilik davr uzoq cho‘ziladi. SHuning uchun dehqonchilikda daryo
suvlaridan foydalanishni taqazo etadi. SHimolda Mamore va Beni daryolari 
havzalarida subekvatorial iqlim mintaqasiga o‘tish kengliklarida yilning
namgarchilik davri besh-olti oygacha cho‘ziladi. Yillik yog‘in mikdori 1500 mm 
gacha ortadi.
Gran-CHakoning ichki rayonlarida er usti suvlari juda kam uchraydi. 
Gidrografik to‘r tekislikning chekka qismlaridagina rivojlangan. Uning
shimolidagi Pilkomayo va Rio-Bermexo, janubidagi Rio-Salado daryolari 
Paragvay havzasiga mansub bo‘lib, ular yomg‘ir faslida toshib oqadi. Toshqin
paytida suv tekisliknig quyi qismlarini bosib botqok erlar hosil qiladi. YOmg‘ir 
faslida mavsumiy sho‘r ko‘llar xam vujudga keladi.
Tekislikning shimoliy va sharqiy namgarchilikka nisbatan boy qismlari
botqoqlangan erlar o‘simlik qoplamiga va hayvonot dunyoga boy. Daryo vodiylari
bo‘ylab bo‘yi 40-50 m ga etadigan palma o‘rmonlari o‘sadi. Vodiy o‘rmonlarida 
qushlardan flamingo, kaptar, o‘rmon tovug‘i, qar-qara to‘tilar yashaydi. Daryo



kirg‘oqlaridagi balchiklarda yirik suv kemiruvchisi-paka uchraydi.


Gran-CHakoning quruqroq rayonlarida kserofit tropik o‘rmonlar butazorlar, 
o‘t o‘simliklari va baland daraxtlar o‘sadigan savanna landshaftlari mavjud. Siyrak
o‘rmonlarda qimmatbaho yog‘och beradigan qizil kebracho va oq kebracholar 
o‘sadi. O‘rmonlar orasida qing‘ir-kiyshiq bo‘lib o‘sadigan algarrabo daraxti
uchraydi. Balandlik quruq joylarda monte deb ataluvchi butazorlar keng tarqalgan. 
Butazorlar tarkibida mimozalar, xilma-xil kaktuslar, tikanli qovullar ko‘pchilikni
tashkil etadi. Madaniy o‘simliklardan asosan paxta etishtiriladi. 



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin