quyiladi.
Iqlimning sharkdan g‘arbga qarab o‘zgarishi tuproq-o‘simlik qoplamining
zonallik xususiyatlarida o‘z aksini toptan. Tuproq-o‘simlik qoplamining
meridional zonalar bo‘ylab tarqalishi yog‘ingarchilikni sharqdan g‘arbga
qarab
kamayib borishining natijasidir. Pasttekislikning janubiy Braziliya va Urugvayga
taalluqli qismini o‘simlik qoplamida o‘rmonlar etakchi rol o‘ynaydi. O‘rmonlar
asosan daryo vodiylari bo‘ylab keng tarqalgan. Ularning ko‘pchilik qismi doimiy
yashil daraxtlardan tarkib toptan. O‘rmonlar tarkibida araukariy va bambuklar
ko‘pchilikni tashkil etadi. Butazorlar orasida paragvay choyi ko‘p uchraydi. Daryo
oralig‘idagi, vodiylardagi botqokdangan va suv bosgan erlarda gidrofil o‘simliklar,
ayniqsa qamishzorlar yaxshi saqlangan.
Janubi-g‘arbga
qarab
iqlimning
kontinentallashib
daraxtzorlarning
kamayishiga va ularning o‘rnini boshoqli o‘simliklar
egallab olishiga sharoit
yaratadi. SHarqiy Pampada daraxt umuman uchramaydi. Bu qoratuproqli
tekisliklar chalov, selin kabi boshoqli o‘simliklar bilan qoplangan bo‘lib, ular
mo‘‘tadil mintaqaning dasht landshaftlarini eslatadi. Pampaning katta qismi
o‘zlashtirilgan qishloq xo‘jaligida bug‘doy, makkajo‘xori,
ozuqa beradigan
madaniy o‘tlar ekiladi.
Dostları ilə paylaş: