O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə250/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Patagoniya Andi. Patagoniya Andi shimolda 42° j.k. dan boshlanib,
janubda materikning oxirgi nuqtasigacha davom etadi. Bu o‘lka xududida And 
tog‘lari shimoldan janubga qarab pasayib, kuchli parchalanib boradi va minglab
tog‘li orollarni, CHili arxipelagini hosil qiladi. CHilining Bo‘ylama tektonik 
vodiysi janub tomon pasayib, okean suvi tagida qolib ketadi. Eng janubdagi
qo‘ltiqlar va bo‘g‘ozlar uning davomi hisoblanib, CHili arxipelagini materikdan 
ajratib turadi.



Patagoniya Andining baland nuqtasi shimolda 3000 m dan oshsa,


janubda 2000 m ga ham etmaydi. Uning shimoliy qismida harakatdagi vulkanlar 
keng tarqalgan. Minchimavida (2470 m), Korkovado (2110 m) va Korkovado
(2300 m) YAte (2110 m) va Ueki (1050 m) vulkanlari shular jumlasidandir. 
Kordileraning o‘rtacha qismida Patagoniya Andining eng baland nuqtasi San-
Valentin (4058 m) tog‘i joylashgan. 
Patagoniya Andi tabiiy geografik o‘lkasi uchun nam, mo‘‘tadil okean iqlimi
xarakterli. Janubda joylashga bo‘lishiga qaramasdan qish va yoz oylarining 
o‘rtacha haroratida katta farqlar uncha sezilmaydi. O‘lka xududi doimo kuchli nam
g‘arbiy shamollar ta’sirida bo‘lib, ular Adn tog‘larining g‘arbiy yon bag‘rlariga 
katta miqdorda namgarchilik olib keladi. O‘rtacha yillik yog‘in miqdori 2000-3000
mm ni tashkil etadi. Bosh Kordileraning g‘arbiy yon bag‘rlarida yillik yog‘in 
miqdori 5000-7000 mm dan ham oshadi. Bu ekvatorial va subekvatorial iqlim
mintaqalarida joylashgan Amazoniya pasttekisligiga tushadigan yog‘in miqdoridan 
bir necha marta ko‘p. SHuning uchun bu erda gileyalarga o‘xshash qalin, baland
bo‘yli, o‘tib bo‘lmaydigan gemigeliya o‘rmonlari yaxshi rivojlangan. 
Patagoniya Andining iqlim xususiyatlaridan biri yil davomida
yomg‘irli, past bulutli, tumanli, kuchli shamolli kunlarning ko‘p bo‘lishi va havo
haroratining mo‘‘tadilligidir. Kuchli shamollarning va yomg‘irli kunlarning
takrorlanishi bir yilda 200 kundan oshadi. Qishnint o‘rtacha harorati 4°-7°S
atrofida bo‘ladi. YOzning o‘rtacha harorati 15°S dan oshmaydi, janubda esa
10°S gacha pasayadi. Baland tog‘larda yil davomida manfiy harorat hukmronlik 
qiladi. Tizmaning sharqiy yon bag‘rida harorat -30°S gacha pasayadigan
sovuqlar bo‘lib turadi. 
O‘lka iqlimining ikkinchi xususiyati Patagoniya Andida qor chizig‘ining
juda ham past bo‘lishiga va muzliklarning rivojlanishiga qulay sharoit 
yaratganligidir. Bosh Kordileraning shimolida qor chizig‘i 1500 m balandlikda
bo‘lsa, janubda 1000 m dan ham pasayadi. Markaziy Andda qor chizig‘i 
Patagoniya Andiga nisbatan juda yuqori bo‘lib, 5600-6100 m gacha Punada hatto
6300 m balandlikkacha ko‘tariladi. 
Patagoniya Andida hozirgi muzliklar keng tarqalgan bo‘lib ular asosan ikkita
markazda mujassamlashgan. Birinchi shimoliy markaz 46°-47°40 j.k. lar oralig‘ida 
va ikkinchi janubiy markaz 48°20 - 51°30 j.k. lar oralig‘ida vujudga kelgan. Bu
muzliklar Patagoniya muzlik qalqoni deb ataladi. SHimoliy muzlik San-Valentin 
tog‘ massivida joylashgan bo‘lib, uzunligi 700 km va eng keng joyi 70 km
masofaga cho‘zilgan. Umumiy maydoni 20 000 km
2
dan ziyod. Bu Kavkazning 

tog‘ muzliklaridan 10 xissa katta. Janubiy muzlik Piramide (3380 m) va Muralon


(3600 m) tog‘ massivlvrini qoplab olgan. Umumiy maydoni 14 000 km
2
ga teng. 

Ikkita muzliklar markazi bir-biridan materik ichkarisiga ko‘ndalang yorib kirgan


chuqur Beyker flordi orqali ajralib turadi. Patogoniya Andining muzlik qoplami 
o‘zining shakliga ko‘ra xilma-xil bo‘lib, uni ayrim olimlar pleystotsen davridagi
qalin muzliklarning qoldig‘i (relikt muzlik) deb hisoblashadi. 
Patagoniya Andida ko‘llar ham keng tarqalgan. Bulardan eng yiriklari
Bueg‘os-Ayres, Pueyrredon, San-Martin, Vedma, Arxentino va boshqa 
ko‘llardir. Buenos-Ayres (maydoni 2400 km
2
) o‘lka hududida eng katta ko‘l 


hisoblanadi. Muzliklar va ko‘llar Tinch okeanga va qisman Atlantika okeaniga


quyiladigan daryolarni suv bilan ta’minlaydi. 
O‘lkaning o‘simlik qoplami nihoyatda xilma-xil. O‘rmonlar tarkibida
doimiy yashil daraxt turlari ko‘pchilikni tashkil etadi. Patagoniya Andidagi 
o‘rmonlarning qalinligi, turlarga boyligi, ko‘p yarusligi, chirmashib o‘sadigan
lianalar, moxlar va lishayniklarni keng tarqalganliga nam subtropik yoki tropik 
o‘rmonlarni eslatadi. Tuproq qoplami shimolda qo‘ng‘ir va janubda podzol
tuproqlardan iborat. Tekislik joylarda botqoq tuproqlar uchraydi. O‘lka flora 
kompleksining asosiy o‘simlik turlari doimiy yashil va bargini to‘kadigan janub
buklaridan, 
magnoliyalardan
igna

bargli
alerse

va
libotsedruslardan, 
bambuklardan, daraxtsimon qirqquloqlardan tarkib topgan. O‘rmonlarning
sernamligi tufayli daraxtlarning tanalarini mox va lishayniklar qoplab olgan. 
O‘rmonlar materikning janubiy qismiga borgan sari siyraklashib boradi. Eng
janubda ular tundra tipidagi o‘simliklar bilan almashinadi. 
Bosh Kordileraga ko‘tarilgan sari qalin o‘rmonlar tarkibi bir oz o‘zgarib,
siyrak va pastbo‘yli o‘rmonlar bilan almashinadi. Siyrak o‘rmonlar qariyb qor 
chizig‘igacha ko‘tarilib boradi. Tog‘ o‘tloqzorlar mintaqasi o‘lka hududida
uchramaydi. 
Tizmaning Patagoniya yassi tog‘ligiga qaragan sharqiy yon bag‘rida
yog‘ingarchilik g‘arbiy yon bag‘riga nisbatan kam bo‘ladi. Bu erdagi o‘rmonlar 
Tinch okean qirg‘oqlaridagi o‘rmonlarga nisbatan siyrakroq va o‘simlik turlariga
kambag‘alroq. Asosiy o‘simlik turlari buklardan va igna bargln daraxtlardan tarkib 
toptan. Tog‘ etaklaridagi o‘rmonlar o‘rnini quruk dasht landshaftlari va kserofit
butazorlar egallagan. 
Patagoniya Andining tabiiy landshaftlari inson xo‘jalik faoliyati ta’sirida
kam o‘zlashtirilgan. O‘lkaning shimolida o‘rmonlardan tozalangan erlarda em-
xashak beradigan o‘tlar ekiladi. Janubiy qismida haydalgan erlar juda kam
uchraydi. SHuning uchun tabiiy o‘simliklar ham tabiiy landshaft komplekslari ham 
o‘zining bokira holatini hozirga qadar yaxshi saqlab kelgan.


Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin