O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»


Avstraliya materigining tabiat zonalari



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə258/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Avstraliya materigining tabiat zonalari 

Mavzuning maqsadi: Ushbu mavzuda materikda tabiat zonalarini shakllanish
qonuniyatlari, tabiat zonalarini shakllanishida materik tabiatini shakllanish tarixi, 
relef hususiyatlari ta'siri, tabiat zonalaridagi tabiiy sharoit o‘rganiladi.
Plakorlar-suvi yaxshiroq shimiladigan va tuprog’i quruqroq bo’ladigan 

joylar.
Avstraliya o’simliklarning turlari juda kam (yuksak darajadagi o’simliklar 


turlari atigi 1200 tagacha boradi), Avstraliya florasida endemiklar g’oyat ko’p.
Shunga ko’ra Avstraliya bilan Tasmaniya mustaqil Avstraliya flora oblasti qilib 
ajratiladi. Avstraliya tabiat zonalari kartasini ko’rib chiqing. U yerda tarqalgan
tabiat zonalarini iqlim bilan qay darajada bog’langanligini tahlil qiling.
Afrikadagi kabi, Avstraliyada ham geografik zonalar yaqqol ko’rinadi, chunki
asosan tekislik relefi geografik zonalarining ro’yobga chiqishiga to’sqinlik 
qilmaydi. Materikning o’rta va eng keng qismi tropik mintaqada bo’lgani tufayli
Avstraliyada shu mintaqaning geografik zonalari ko’proq taraqqiy etgan. Bulardan 


tropik “spinifeks” cho’llari zonasi kengroq tarqalgan, bu zonada toshloq va soz
ibtidoiy tuproqlar va yirik qumli cho’l massivlari bor, ammo Avstraliya cho’llari 
Afrika va Janubiy Amerika cho’llaridan tafovut qilib, g’arbiy sohilga chiqmaydi.
G’arbiy sohil birmuncha ortiqroq nam olganidan u yerda butazor chala cho’llar 


zonasi bor.
Shimolda chala cho’llar kambar polosani egallaydi va subekvatorial 
mintaqada ularning o’rniga hademay savannalar, siyrak o’rmonlar va butalar 

zonalari paydo bo’ladi, bu zonalarning tuprog’i qizil-qo’ng’ir va qizil. Ichki
rayonlardagi savannalarda aridlik belgilari bor, ularda mulga-skrab formatsiyasi 


ko’proq rivojlangan (cho’lga aylangan savannalar kenja zonasida). Shimolroqda


o’rtacha kamroq nam oladigan polosada tipik savannalar kenja zonasi bor, unda 
g’alla gullilar qalin o’sadi va ayrim daraxtlar uchraydi. Arafur va Timor
dengizlarining sohilida yoz juda nam kelganidan namlik miqdori optimal 
normalarga yetadi, bu sohilda baland o’tli nam savannalar va savanna o’rmonlari 

kenja zonasi bor. Baland o’tli nam savannalar suvi yaxshiroq shimiladigan va
tuprog’i quruqroq bo’ladigan joylar - plakorlarni egallaydi, savanna o’rmonlari esa 
grunt suvlari yuzaroqdagi past joylarda ko’proq.
Tropik cho’llar zonasi janubda subtropik chala cho’llar zonasi bilan 
o’ralgan, bu zona ichki kontinental sektorda eng katta maydonni egallaydi. Mulga-
skrab chakalakzorlari va Nallarbor tekisligining ochiq karst landshaftlari subtropik 
chala cho’llar zonasiga harakterlidir.
Janubi-sharqda, Sharqiy tog’liklarga yaqinlashgan sari yozgi musson 
yomg’irlari hisobiga nam miqdori oshadi, shu tufayli dashtlar zonasi o’rniga
o’ziga hos evkalipt savannalar zonasi uchraydi, bu zonada o’tlar qalin bo’lib 
o’sadi, daryolarning vodiylarida esa siyrak evkalipt o’rmonlari bor. Sharqiy
Avstraliya tog’lari Avstraliyaning birdan-bir katta zonal orografik to’sig’idir. 
Tog’larning shamolga o’ng sharqiy yonbag’irlarida o’rmon zonalari davom etadi.
Bu zonalarning landshaftidagi tafovutlar ularning subekvatorial, tropik yoki 
subtropik mintaqalarda joylashganiganligiga bog’liq. Subekvatorial mintaqada
(190 janubiy kenglikdan shimol tomonda) doimiy nam o’rmonlar zonasi bor. Bu 
zonaning harakterli hususiyatlari shuki, yozda havo temperaturasi yuqori, yillik
yog’in–sochin miqdori anchagina, o’simlik turlari ko’proq va qirg’oq bo’yidagi 
polosada podzollashgan laterit tuproqlar bor. 190j.k. bilan 300 j.k. o’rtasida passat 

tropik o’rmonlar zonasi davom etadi, bu zonaning tuprog’i qizil va sariq tuproqdir.
Nihoyat Sharqiy Avstraliya tog’larining janubi-sharqiy yonbag’irlari nam 


suptropik o’rmonlar zonasida. Bu o’rmonlarda tog’ o’rmon qo’ng’ir tuproqlari
vujudga kelgan. Shamolga teskari g’arbiy yonbag’irlarda o’rmon zonalari faqat 
shimoliy qismda yaqqol ko’rinadi. Bu yerdagi tog’larning eni kattaroq odatda nam 

subekvatorial o’rmonlar aralash o’rmonlar zonasiga (bargini tohkadigon va 

doimiy yashil daraxtlardan tarkib topgan o’rmonlar zonasiga) aylanadi. Avstraliya
sharoitida aralash o’rmonlar siyrak evkalipt o’rmonlardan iborat.
Avstraliya o’simliklarning turlari juda kam (yuksak darajadagi o’simliklar
turlari atigi 1200 tagacha boradi), Avstraliya florasida endemiklar g’oyat ko’p. 
Shunga ko’ra Avstraliya bilan Tasmaniya mustaqil Avstraliya flora oblasti qilib
ajratiladi. 
Materikning endemik florasi bo’r davridayoq shakllangan. Unda evkaliptning 

600 turi, filloid akatsiyalarning 280 turi, banksiyalar, o’tsimon daraxtlar va
boshqalar mavjud. Shuningdek chimli ghallagullilardan spinifeks, triodiya 


cho’llarda o’sib yotadi.
Avstraliyaning shimolida tikanli akatsiyalar chakalakzorlari-mulga skrab
so’ngra soyabonsimon akatsiyalar, sukkulent Gregori «baobab» daraxtlari va

evkaliptlar o’sadigan savannalar paydo bo’ladi.
Janubda cho’l o’rnida mulga-skrab polosasi, namroq joylarda malli-skrab 


butazorlari-evkalipt butalari uchraydi.


Avstraliyada subekvatorial, tropik va subtropik mintaqalarga xos bo’lgan


hamma tuproq tiplari qonuniy tartibda ajralib turadi.
Ichki cho’l rayonlarida ibtidoiy toshloq va soz tuproqlar keng tarqalgan.
Iqlimi tobora nam bo’la borgan sayin bunday tuproqlar paydo bo’ladi. 
Avstraliyada yuqori darajadagi sut emizuchilardan endemik ko’rshapalak va
kemiruvchilar, shuningdek, yovvoyi dingo iti yashaydi. Dingo iti Avstraliya 
materigiga odam bilan birga borib qolgan. Shuningdek xaltalilardan kenguru,
vombat, kus-kuslar, yirtqich xaltalilardan bo’ri, shayton, koala ayiqlari ham 
Avstraliyaning endemiklari sanalib qadimdan rivojlanib kelgan. Shuningdek,
yexidna, o’rdakburunlar Avstraliyada saqlanib qolgan. 
Avstraliya qushlaridan endemik Emu tuyaqushlari, kazuarlar, kakadu
to’tiqushlar kenja oilasi, lira dum, jannat qushi, begona o’t talab tovuqlar va qora 
oqqushlar yashaydi. Bundan tashqari bu yerlarda zaharli ilonlar, kaltakesaklar,
daryolarda timsohlar uchraydi va yashaydi. Avstraliya bosib olinayotgan vaqtda 
unga qora mol, qohy, echki, quyon, tulki, ko’pgina Yevropa qushlari keltirilgan.





Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin