O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»


Okeaniyaning tabiiy geografik o‘lkalari



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə260/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Okeaniyaning tabiiy geografik o‘lkalari

Melaneziya (grekcha “qora orollar”) ga Yangi Gvineya, Bismark, Luiziada
arxipelaglari, Solomon orollari kiradi. 


Yangi Zelandiya - ikkita yirik orol - Shimoliy va Janubiy orollar bilan bir
qancha mayda orollardan iborat. 
Mikroneziyaga (grekcha «mayda orollar») Volkano, Bonin, Marianna,
Karolina, Marshall, Gilbert, Ellis arxipelaglari, Nauru, va Oshen orollari kiradi. 
Polineziya - (grekcha” Bir talay orollar”) ga umuman olganda 180
meridiandan sharq tomonda, 30
0
shimoliy kenglik bilan 30

0
janubiy kenglik 


o’rtasida joylashgan orollar, chunonchi Gavayi orollari, Layn atol va rif orollari,
Feniks va Tokelau marjon arxipelaglari, vulqonli Samoa arxipelagi, ikki qator 
Tonga vulqon orollari bilan marjon orollari, Kuk, Tubuai orollari, vulqonli Taiti
oroli bilan birga Jamiyat oroli, Tuamotu yoki Rossian atollari, Markiz orollari va 
nihoyat Pasxa oroli kiradi.



Regional landshaft tafovutlariga asoslanib, Okeaniyani to’rtta tabiiy


geografik o’lkaga: Melaneziya, Mikroneziya, Yangi Zelandiya va Polineziyaga 
ajratish mumkin.

Melaneziya (grekcha «Qora orollar» demakdir) ga Yangi Gvineya,
Bismark, Luyziada arxipelaglari, Solomon orollari, Santa-Krus, Yangi Gebrid 
orollari, Yangi Kaledoniya, Fidji, shuningdek bir qaincha mayda orollar kiradi.
Melaneziya orollari Alp geosinklinal zonasida bo’lib, neogen davridagi va 
to’rtlamchi davr boshlaridagi tog’ hosil bo’lish protsesslarida vujudga kelgan. Ular
asosan kristall intruzivlar va burmalangan cho’kindi yotqiziqlardan tarkib topgan. 
Kristall jinslar kompleksida rudali qazilmalar bor: Yangi Kaledoniyada nikel (bu
dunyodagi eng yirik nikel konlaridan biri), shuningdek, oltin, temir rudasi, 
xromitlar chiqadi. Yangi Gvineyadagi cho’kindi svitalarda neftli havzalar bor.
Orollar Tinch okean tubining geosinklinal chekkasidagi andezit lavalarning 
chuqur o’chog’ini Tinch okean tubidagi markaziy platforma oblastining bazalt
lavalaridan ajratib turgan «andezit chiziq»dan g’arb tomonda. 
Tog’ hosil bo’lishi bilan bir vaqtda ro’y bergan vulqon otilishi hanuz
to’xtagani yo’q; Melaneziyada o’chgan vulqonlardan tashqari, otilib turadigan 
vulqonlar ham bor (Bugenvil orolidagi Bagana vulqoni, Yangi Gebrid orollaridagi
vulqonlar va hokazo). Tez-tez bo’lib turadigan qattiq zilzilalar yer po’stining 
harakati davom etayotganligidan guvohlik beradi. Ko’p orollar marjon riflari bilan
o’ralgan yoki shunday riflardan tarkib topgan. Yangi Kaledoniyaning g’arbiy sohili 
bo’ylab 658 km masofada bar’er riflari polosasi davom etadi. Bu bar‘er riflari faqat
Avstraliyadagi Katta bar‘er rifidan kaltaroq, xolos. 
Orollarning rel‘efi geologik tuzilishiga yarasha, asosan, tog’li rel‘efdir.
Kichkina marjon orollari bilan vulqon orollarigina pastakroq. Orollar to’rtlamchi 
davrda hozirgi shaklini olgan, ilgari ular bir-biriga, shuningdek Avstraliyaga,
Malayya arxipelagiga va Yangi Zelandiyaga quruqlik yo’llari bilan bog’langan edi, 
flora va fauna ham shu yo’llardan ko’chib o’tgan. Shunga ko’ra, Melaneziyaning
o’simlik ha hayvonot dunyosida mahalliy endemik turlar bilan bir qatorda 
Avstraliya va Malayyadan o’tgan turlar ham ko’p. Bular ayniqsa Yargi Gvineya,
Bismark arxipelagi va Solomon orollari faunasida yaqqol ko’rinadi, Avstraliya 
yaqinidagi bu orollar Avstraliya oblastining Papuas zoogeografik oblastchasini
hosil qiladi. Bu oblastchada kenguruning ko’p turlari bor, kuskus, go’shtxo’r 
ko’rshapalaklar, shuningdek endemik proyexidna uchraydi. Uchadigan qushlardan
«besedka» parrandalari, uchmaydigan qushlardan kazuarlar (Avstraliya 
tuyaqushlariga qon-qardosh parrandalar) va «xashak tovuqlari» juda xarakterli.
Yangi Gvineya, Bismark arxipelagi va Solomon orollaridagi tog’larning 
dengiz sathidan balandligi 2000 va undan ham ortiq. Bu orollar morfostruktura
belgilariga, shuningdek landshaftlarining boshqa xususiyatlariga asoslanib ba’zan 



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin