Avstraliya va Okeaniya faunasida tafovutlar ham borki, ular kichik
oblastlarni ajratishga imkon beradi. Bular: materik va Tasmaniyani o’z
ichiga
oluvchi Avstraliya, Yangi Gvineya, Yangi Zelandiya, Polineziya.
Avstraliya faunasining eng xarakterli xususiyati tuban sutemizuvchilarning
keng tarqalganligidir. Ulardan ikkita oila -
o’rdakburunlar bilan
exidnalar oilasi
mavjud, ular faqat materik va ba’zi bir orollarda saqlangan.
Qopchiqlilar
Avstraliyaga nisbatan yaqinda - antropogen boshlarida kirib kelgan.
Avstraliya
oblastida qopchiqlilarning 130 tagacha turi bor, bular oliy sutemizuvchilarning
turli biologik tiplariga mos bo’lgan turli gruppalardan iborat:
qopchiqli it,
yirtqichlar, kemiruvchilar, daraxtlarda yashovchilar, hasharotxo’rlar.
Kengurular
oilasi vakillari aynyqsa ko’p sonli va hayot tarziga ko’ra xilma-xildir. Shuningdek
ornitofauna, sudralib yuruvchilar va hasharotlar ham juda o’ziga xosdir. Masalan,
Avstraliyadagi 666 tur qushlardan 450 turi endemik.
Avstraliyaning turli qismlari faunasi hozirgi zamondagi tabiiy sharoitga
bog’liq ravishda o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bu ichki
har xillik yana tarixiy
taraqqiyot sharoitiga ham bog’liq. Masalan, Avstraliyaning uzoq vaqt mobaynida
dengiz orqali ajralib turgan g’arbiy va sharqiy qismlari o’rtasida katta tur ta-
fovutlari mavjud.
Avstraliyaning shimol va sharqidagi, shuningdek, Yangi Gvineya va ba’zi
bir boshqa orollardagi sernam tropik hamda subtropik o’rmonlar uchun daraxtlarda
yashovchi turli xil hayvonlar xarakterlidir. Ayniqsa
xaltali ayiq, ya’ni
koala ayig’i
diqqatga sazovor,
buni yana xaltali yalqov (lenivets) deb ham ataladi. U tunda
hayot kechiruvchi hayvon bo’lib, ko’p vaqtini daraxt ustida o’tkazadi, daraxt bargi
bilan oziqlanadi. Bundan tashqari, ko’pincha daraxt ustida yuruvchi
kuzu, shakar
Dostları ilə paylaş: