O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə254/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

dukkaklilar o’sadi. Lianalar lomonos liana, qalampir va rotang palma-lianadan
iborat. Avstraliyaning nam tropik o’rmonlarida Osiyo va Avstraliya turlaridan 
tashqari Antarktika va Kap o’lkasi vakillari ham uchraydi. Bu o’rmonlar tagidagi
tuproqlarni botqoqlahsgan pasttekisliklardagi podzollashgan qizil tuproqlar va 
yonbag’ir hamda, suvayirg’ichlardagi podzollashgan laterit to’proqlar tiplariga
kiritish mumkin. 
Qalin tropik o’rmonlar Avstraliyaning butun sharqiy chekkasini ham qoplab,
Katta suvayirg’ich tizma yonbag’irlariga ko’tariladi. Bu o’rmonlar tipik nam tropik 
o’rmonlardan turlarga kambag’alligi, palmalar deyarli butunlay bo’lmagani holda
har xil evkalipt turlarining ko’pchilikni tashkil etishi bilan farq qiladi. Lekin bu 
o’rmonlarda daraxtlar juda baland bo’ladi, biroq lianalarning hamda epifitlarning
ko’pchiligi jihatidan nam tropik o’rmonlardan keyin turadi. Bu o’rmonlar tagida 
qizil-sariq ferralit tuproqlar hosil bo’lgan.
Avstraliyaning sharqidagi o’rmonlarda manzara hosil qiluvchi evkaliptlar 
tashqi qiyofasiga hamda katta-kichikligiga ko’ra juda xilma-xil. Ba’zi bir xil
evkaliptlarning bargi havo rang yoki kul rang tovlanadi, bu hol evkalipt 
o’rmonlariga o’ziga xos va jonsiz manzara baxsh etadi. Bu o’rmonlar uchun,
shuningdek, turli qirqquloqlar - daraxtsimon qirqquloqlar ham, o’tsimon 


qirqquloqlar ham xosdir. Epifit o’simliklar xilma-xil, ko’pchiligi rang-barang
chiroyli gullaydi. Epifitlar orasida orxideya oilasi vakillari alohida ajralib turadi. 
Avstraliyada tropik siyrak o’rmon va savannalar ancha katta maydonni
egallagan. Ular materikning shimolida, asosan 20° shim. kenglikdan shimolda 
katta maydonlarni qoplagan. Sharqda siyrak savanna o’rmonlari va tipik
savannalar ancha janubga tushib keladi. Ular Yangi Gvineya orolining janubida 
ham katta maydonlarni egallaydi.
Avstraliya savannalarini namgarchilik faslida ayiqtovongullilar, lolagullilar 
va arxideyagullilar oilasidan bo’lgan rang-barang gullovchi o’simliklar, turli xil

g’allagullilar qoplaydi. Savannalarning xarakterli daraxtlari - evkaliptlar, 

akatsiyalar, bargsiz shoxlari ipga o’xshagan kazuarinalar. Tanalari yo’g’on
daraxtlar ham keng tarqalgan, ularning tanalarida nam zapaslari to’planadi. Ular 


butilkasimon daraxtlar deb ataluvchi Stresu1aria avlodiga kiruvchi bir qancha
turlarga ega. Bu o’ziga xos daraxtlarning mavjudligi Avstraliya savannalarining 
boshqa materiklar savannalaridan birmuncha farq qilib turadi.
Savannalar asosan evkaliptlarning har xil turlaridan tashkil topgan siyrak 
o’rmonlar bilan almashinib keladi. Bunday o’rmonlarda daraxtlar siyrak o’sadi,
shu sababli tuproqni yilning quruq faslida qovjirab qolib, yog’ingarchilik davrida 
yam-yashil bo’ladigan qalin o’t qoplab yotadi. Evkalipt o’rmonlari Keyp-York
yarim orolining katta qismini va Avstraliyaning shimolidagi keng sohilni 
qoplagdn.
Mahalliy aholi haydab ekin ekish va tuproqda nam saqlash uchun 
savannalardagi daraxtlarni va evkalipt o’rmonlarini yoqadi. Evkaliptlar juda qo’p



miqdorda nam bug’latadi, shu sababli qurg’oqchil o’lkalarda ular qishloq xo’jaligi


uchun zarar keltiradi.
Avstraliya savannalarining tuproqlari qizil, ferralit, quruqroq joylarda
ishqori kuchli yuvilgan qizil-qo’ng’ir hamda ishqori kam yuvilgan qizil-jigar rang 
tuproqlar tipiga kiradi.
Avstraliyaning shimoliy va sharqiy eng nam o’lkalaridan asta sekin 
materikning markaziy va g’arbiy qurg’oqchil qismlariga o’tib boriladi. Sharqdan
g’arbga va shimoldan janubga borilgan sari o’rmonlar siyraklashadi hamda tobora 
kserofit qiyofaga kirib boradi. Ular asta-sekin o’ziga xos, Avstraliyada skreb deb
ataladigan butazorlar bilan almashinadi. Skreb - tikanli butalar o’sgan 



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin